Ayrim turkiy tillarda unlilarning labial garmoniyasi ham ancha kuchli rivojlangan. Birinchi boginda lab uygunligi mavjud bolsa, affiksal boginlarda ham labial unlilar bolishi kerak: qirg. Köllördö (kollarda), olt. köldö, yoq. köröbün (koraman), turuoxput (turamiz), ogolor (bolalar) va hokazo. Turkiy bobotilda lab attraksiyasining bunday tipi, ehtimol, bolmagandir. Ammo qadimgi turkiy tilda bunga oxshagan lab garmoniyasiga uchragan sozlarga duch kelinadi. Ammo qadimgi turkiy tilda ham lab garmoniyasining buzilish holatlari uchraydi. Buni hozirgi kopchilik turkiy tillarda kuzatish mumkin. Biroq bazi holatlarda sozlashuv nutqida bunga duch kelinadi: or.tat. tölke (tulki) va tölkö (og‘zaki nutqda).
Do'stlaringiz bilan baham: |