163
missi Binglining mendan qo‘rqishi hayron qoldirayap-
ti, chunki hali ham akasining yodida bo‘lganimda biz
allaqachon uchrashgan bo‘lardik. U mening Londonga
kelganimni biladi, mening bunga ishonchim komil – miss
Binglining o‘zi bir aytgandi. Shunday bo‘lsa-da, uning
gap ohangidan, akasi miss Darsini sevadi deb xuddi
o‘z-o‘zini ishontirishga urinayotganga o‘xshaydi. Men
ana shu narsani tushunmayapman. Lekin men ham-
ma yomon fikrlarni o‘zimdan haydashga urinayapman
va faqat yoqimli narsalar to‘g‘risida – sen bilan ikka-
lamizning do‘stligimiz, amakim va xolamizning menga
nisbatan g‘amxo‘rliklari to‘g‘risida o‘ylashga harakat
qilayapman. Iloji bo‘lishi bilan menga tezroq xat yozib
yubor. Miss Bingli, juda isho narli bo‘lmasa-da, akasi
endi Nezerfildga bormasligini va ijara uydan voz kechi
shini aytdi. Bu gaplarni uyda yaxshisi aytib o‘tirmay
qo‘ya qol. Xans
fordlik do‘stlarimiz haqidagi yaxshi
xabarlardan xursand bo‘ldim. Ser Uilyam va Mariya
bilan ularnikiga albatta borgin. U yerlar senga yoqadi
deb ishonaman.
Sening Jeyning»
Bu xatdan Elizabetning ko‘ngli og‘ridi. Lekin opa-
sining endi juda bo‘lmaganda miss Bingliga alda-
nib qolmasligini o‘ylab, ruhi biroz ko‘tarildi. Mister
Bingliga nisbatan esa endi tamoman umid yo‘q edi.
Elizabet endi hatto yigit opasining ketidan yurishini
xohlamay ham qoldi –
qizning oldida uning shun-
chalik obro‘si qolmagandi. Va qiz Binglining miss
Darsi bilan to‘yi tezroq bo‘lib o‘tishini chin dildan
tiladi, bu narsa Jeynga osoyishtalik, yigitning o‘zi-
ga esa jazo bo‘lgan bo‘lardi, chunki Uikxemning
ayt ganlari rost bo‘lsa, Jorjiana o‘z
tabiati bilan tez
kunda Binglini tavbasiga tayantirgan bo‘lardi.
Shu kunlarda Elizabet missis Gardinerdan ham xat
oldi. U xatida qizga Uikxem haqidagi va’dasini esiga
164
solib, yangiliklarni yozib yuborishni so‘ragan edi. Eli-
zabetning bu haqda yozgan narsasi o‘zidan ham ko‘ra
xolasiga yoqimliroq edi: Uikxemning o‘ziga nisbatan
bo‘lgan qiziqishi so‘nib, hozirda u boshqa qizga qa rab
ketgan edi. Elizabet
buni vaqtida sezib qolib, ushbu
voqeani sovuqqonlik bilan qarshi oldi va xolasiga ham
bularni tinchgina yozib yubordi. Agar o‘zi yetarli dara-
jada mol-mulkka ega bo‘lganda, yigit bunday qilma-
gan bo‘lardi, degan fikr ham uning yuragiga tegmadi.
Yigit hozir ko‘nglini olishga harakat qilayotgan qizning
undan
yuqoriligi shunda ediki, u birdaniga o‘n ming
funtga ega bo‘lib qolgandi. Elizabet Sharlotta bilan
bo‘lgan voqeadagidan farqli o‘laroq, Uikxemning mus
-
taqillikka intilishi uchun ta’na qilmadi. Qaytaga ham-
ma narsa tabiiy bo‘ldi-ku! O‘z xohishidan voz kechish
baribir yigitga biroz og‘ir bo‘lgan, degan fikrni xayoli
-
ga ham keltirmaslikka urinib, uning bu qarori o‘ylab
qilin ganiga va bu ikkalasi uchun ham to‘g‘ri bo‘lgani-
ga o‘zini ishontira bildi
va chin yurakdan Uik xemga
baxt tiladi.
O‘ylaganlarining hammasini missis Gardinerga
yozar ekan, davom etdi:
«Xolajon, men chinakamiga sevib qolmaganimga
amin bo‘ldim. Chunki agar men bunday samoviy va
toza tuyg‘ularni his qilganimda edi, hozir uning nomi-
Do'stlaringiz bilan baham: