Emas: ® kompyuter xonasiga



Download 2,38 Mb.
Sana30.12.2021
Hajmi2,38 Mb.
#98499
Bog'liq
informatika


Xavfsizlik texnikasi qoidalari

Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas:

® kompyuter xonasiga ustki (palto, kurtka) kiyimda kirish;

® kompyuter va uning qurilmalarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki o'chirish;
® qurilmalardagi murvatlarni burash;

® monitorga qo'l va boshqa narsalarni tek-kazish, himoya qopqoqlarini ochish;

® qurilmalarning ulanish joylariga tegish;

® kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish;

® qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish;

® xonaga qurilmaning ichki elementlariga salbiy ta'sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor bo'lgan)



moddalarni olib kirish, xonani changitish;
® kompyuter va qurilmalar ustiga turli buyumlarni qo'yish;

® kompyuterlar elektr manbaga ulangan holda tozalash ishlarini olib borish;

® qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatish;

® ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish.

Sanitariya-gigiyena talablari



Kompyuterda ko'p ishlash, ya'ni uning oldida ko'p o'tirish insonning ko'zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shun-ga ko'ra, kompyuterdan foy-dalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.

♦ O'quvchining ish joyiga tushayotgan yorug'lik tepadan va hapdan tushishi, display ekrani va klavishlar ko'zni qamashtirmaydigan bo'lishi kerak.

♦ Xonadagi havo harorati
o'rtacha 20—24 daraja oralig'ida bo'lishi lozim.


  • V—IX sinf o'quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 25—30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak.

  • O'quvchi kompyuterdan eng kamida 50—60 sm narida o'tirishi kerak.

  • Kompyuter xonasida o'tkazilayotgan dars jarayonida o'quvchi-larning tana mushaklarida va ko'zlarida zo'riqish hosil bo'lmasligi uchun 2—3 minutdan iborat dam berish lozim. Shu lahzalarda o'quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o'tirgan holda qo'l va bo'yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.

Ko'z va tana uchun jismoniy mashqlar

Ko'z uchun:

Mashqlar o'tirgan yoki turgan holda kompyuter ekraniga qara-masdan bajariladi.



  1. 1—4 hisobda ko'z mushak-larini tarang tortib, ko'zni yuming, 1—6 hisobda ko'z mushaklarini bo'sh qo'ying, ko'zni oching (4—5 marta takrorlanadi).

  2. 1—4 hisobda burun uchiga qarab turing. Bunda ko'zni char chashgacha olib kelmang, ko'zni yuming. So'ngra 1—6 hisobda ko'zni ochib, uzoqqa tikiling (4—5 marta takrorlanadi).

  3. 1—4 hisobda boshni burmasdan o'ngga qarab turing. 1—6 hisobda to'g'riga uzoq masofaga qarang. Bu mashq ko'zni yuqoriga, pastga va chapga qaragan holda takrorlanadi. 1—6 hisobda qarashni diagonal bo'yicha o'ng yuqori burchakka, o'ng past burchakka, so'ngra 1—6 hisobda chap yuqori burchakka, chap past burchakka o'tkazib, so'ngra uzoqqa qarang (3—4 marta takrorlanadi).

Tana uchun:

Jismoniy mashqlar harakatlanish qobiliyatida, asab, yurak, qon-tomir, nafas olish va mushak sistemalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, umumiy charchoqni bartaraf etadi, aqliy mehnat qobiliyatini yaxshilaydi.

1) 20—30 sekund turgan joyda o'rta sur'atda yurish.



  1. Dastlabki holat — qo'llar yonda, oyoqlar yelka kengligida tik turiladi. 1- hisobda qo'llar oldinda, kaftlar pastga qaratiladi. 2- hi-sobda qo'llar yonga, kaftlar yuqoriga qaratiladi. 3- hisobda oyoq uchida turiladi, qo'llarini yuqoriga qilib engashiladi. 4- hisobda dastlabki holatga qaytiladi (sekin sur'atda 4—6 marta takrorlanadi).

  2. Dastlabki holat — qo'llar orqaga, oyoqlar yelka kengligida tik turiladi. 1- hisobda tana o'ngga buriladi. 2- hisobda dastlabki holatga qaytiladi. 3- hisobda qo'llarni atrofga yoyib oldinga egilinadi, bosh orqaga ko'tariladi. 4- hisobda dastlabki holatga qaytiladi. 5—8 hisobda xuddi shuning o'zi boshqa yo'nalishda bajariladi (sekin sur'atda 4—6 marta takrorlanadi).

  3. Kompyuter qanday tuzilgan?

  4. Kompyuter ko'rinishidan uch asosiy bo'lakdan iborat:



  5. Monitor deb ataluvchi qurilma televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi, ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan film unda namoyon bo'ladi.

  6. Monitor har xil ko'rinishlarda bo'lishi mumkin:



  7. Klaviatura ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan. Uning yordamida kompyuterga turli

  8. ma'lumot va buyruqlar kiritiladi. Sistema bloki himoya g'ilofiga o'ralgan

  9. elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. Elektron sxemalar yaxlit asosga yig'ilgan bo'lib,

  10. asosiy plata deyiladi. Asosiy plataga kompyu terning boshqa qurilmalarini ulash mumkin.



  1. Kompyuterning eng asosiy xususiyatini asosiy platada joylashgan protsessor deb ataluvchi elektron sxema belgilaydi. U kompyuterning barcha qurilmalari ishini boshqaradi. Protsessorning turiga qarab kompyuterga baho beriladi. Masalan, Intel Pentium 4 protsessori hozircha eng kuchli protsessor hisoblanadi.

  2. Ma'lumotlar qanday saqlanadi?

  3. Biz ma'lumotlarni (kino, klip, qo'shiq, musiqa, rasmlar, hikoyalar, referatlar) daftarlar, kitoblar, magnit tasmalar va boshqa vositalar yordamida uzoq vaqt saqlay olamiz. Kompyuterda ham ma'lumotlarni uzoq vaqt saqlab qo'yish imkoniyati bor. Buning uchun asosan magnit disklar va kompakt disklar ishlatiladi. Magnit disklarning qattiq va egiluvchan turlari bor. Qattiq disklar vinchester deb atalib, odatda u sistema blokida joylashtiriladi. Egiluv­chan disklar disket deb atalib, asosan bir kompyuterdan boshqasiga ma'lumotlarni ko'chirish uchun ishlatiladi. Disketlarga ma'lumot yozish va undagi ma'lumotni o'qish diskyuritgich (diskovod) qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.

  4. Vinchesterlarda disketlarga nisbatan bir necha ming marta ko'p ma'lumot Kompakt

  5. disklardagi ma'lumotlarni o'qish uchunCD-ROM qurilmasi ishlatiladi.



  6. Vinchester, kompakt disk va disketlardagi ma'lumotlar kompyuter elektr manbasidan uzilgan holda ham saqlanib qoladi. Shu sababli ularni umumiy nom bilan kompyuterning tashqi xotirasi deb ataymiz.

  7. Kompyuterning yana qanday qurilmalari bor?

  8. Kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba'zi ishlarni osongina bajarish uchun «sichqoncha» deb ataluvchi qurilmani qo'llash mumkin. Odatda, sichqonchadagi chap tugma tanlash yoki buyruq berish, o'ng tugma yordamchi amallar ro'yxatini ochish uchun ishlatiladi. Bu ro'yxat kontekst-menyu deb ataladi.

  9. Kompyuterda tayyorlangan rasmlar va matnlar (hikoya, referat va boshqalar)ni «printer» deb ataluvchi qurilma yordamida qog'ozga chop etish mumkin.

  10. Kino, klip, qo'shiq, musiqalardagi tovushlarni tovush chiqarish qurilmalari deb ataluvchi kamay (kolonka) va quloqchin (naushnik)lar orqali eshitish mumkin.



  11. Kompyuter qanday ishga tushiriladi?

  12. Odatda kompyuterni ishga tushirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  13. ® kompyuter elektr manbayiga ulanadi;

  14. ® kompyuterning sistema blokidagi «Power» (© rasmli) tugmachasi bosiladi;

  15. ® monitor alohida ishga tushiriladigan bo'lsa, © uning rasmli tugmachasi bosiladi.

  16. Esda tuting! Kompyuterlarni ishga tushira-yotganingizda elektr tokidan nihoyatda ehtiyot bo'ling.



  17. Kompyuterni nima boshqaradi?

  18. Kompyuter ishlashi uchun faqat elektr tokining o'zi yetarli emas. U inson tomonidan beriladigan buyruqlar asosida ishlaydi. Ma'lum bir vazifani bajarish uchun kompyuterga beriladigan buyruqlarning tartibli ketma-ketligi, odatda dastur deb ataladi. Ular kompyuterning tashqi xotirasida saqlanadi.

  19. Kompyuterning qurilmalari qattiq qism (Hardware) deb, dasturlar yumshoq qism (Software) deb ataladi. Dasturlar. yumshoq qism deb atalishining asosiy sababi shundaki, ularni osongina o'chirish yoki boshqasiga almashtirish imkoniyati bor.

  20. Kompyuterdan samarali foydalana olishimiz uning faqat texnik imkoniyatlarigagina emas, balki ko'proq undagi dasturlarga ham bog'liq bo'ladi. Chunki, kompyuterdagi dasturlargina kerakli qurilmalarni ishga tushiradi va bizga matn yozish, rasm chizish, musiqa eshitish, kino ko'rish kabi imkoniyatlarni beradi.

  21. Kompyuterlar uchun hilma-xil dasturlar ishlab chiqarilgan. Ular ichida eng asosiy dastur operatsion sistema hisoblanadi. Kompyuter ishga tushirilganda awalo operatsion sistema ishga tushadi.

  22. U kompyuter qurilmalari va dasturlarning mutanosib ishlashini ta'minlab, kompyuterda ishlashimizni osonlashtiradi. Operatsion sistemalar juda ko'p bo'lib, WINDOWS 98, WINDOWS XP, LINUX, UNIX, MACHINTOSH shular jumlasidandir.



  23. Fayl yoki papka nima?

  24. Awalgi darsda ma'lumotlar kompyuterning tashqi xotirasida saq-lanishini bilib oldingiz. Tashqi xotirada saqlanayotgan har qanday ma'lumot o'z nomiga ega bo'ladi. Tashqi hotirada biror nom bilan saqlab qo'yilgan har qanday ma'lumot fayl deb ataladi.



  25. Fayllarga misollar:



  26. Kompyuterda saqlanayotgan fayllar juda ko'p bo'lishi mumkin. Ularning ichidan keraklisini izlab topish oson bo'lishi uchun fayllarni guruhlarga ajratib tashqi xotiraning alohida qismlarida saqlash qulay.

  27. Bu qismlar nomlanib papka (katalog) deb ataladi. Fayllarni guruhlarga ajratishda, ularning musiqaga, kinoga, o'yinga, kimga yoki qaysidir sohaga tegishliligiga yoki yana boshqa hususiyatlariga qaraladi. Bir nechta fayl biror nomli papkaga joylanishi mumkin. Lozim bo'lsa papka ichiga papka ham joylashtirilishi mumkin.



  28. Papkalarni nomlanishiga misollar:





  29. Windows nima?

  30. Windows inglizcha so'z bo'lib, derazalar, oynalar degan ma'noni anglatadi. Biz o'rganmoqchi bo'lgan WINDOWS XP operatsion sistemasi ishga tushganda monitorda quyidagi ko'rinish aks etadi:

  31. Bu ko'rinish Windowsning ish stoli yoki qisqacha ish stoli {Рабочий стол) deb ataladi.

  32. Ish stolida, asosan, Pusk {Пуск) tugmasi, Masalalar paneli (Панел задач), Mening kompyuterim (Мой компьютер) papkasi, Mening hujjatlarim (Мои документы) papkasi, Savatcha (Корзина), Fayl belgisi,

  33. Yorliqlar (burchagida strelka belgisi bor rasmlar) joylashgan bo'ladi. Ularning hammasi rasmchalar shaklida berilgan. Bu rasmchalar piktogrammalar deyiladi.







  34. Ish stolida, asosan, Pusk {Пуск) tugmasi, Masalalar paneli (Панел задач), Mening kompyuterim (Мой компьютер) papkasi, Mening hujjatlarim (Мои документы) papkasi, Savatcha (Корзина), Fayl belgisi,

  35. Yorliqlar (burchagida strelka belgisi bor rasmlar) joylashgan bo'ladi. Ularning hammasi rasmchalar shaklida berilgan. Bu rasmchalar piktogrammalar deyiladi.

  36. Pusk tugmasi bosilganda ekranda Pusk menyusi hosil bo'ladi. Pusk menyusida Windowsda ish boshlash bilan bog'liq bo'lgan barcha imkoniyatlar mujassamlangan.

  37. Savatcha o'chirilgan ma'lumotlarni vaqtincha saqlab turish uchun hizmat qiladi.

  38. Fayl belgisida fayl nomi va bu fayl hosil qilingan dasturga mos belgi ko'rsatilgan bo'ladi. Har bir yorliq esa biror fayl yoki papkaga mos keladi. Yorliqlar yordamida kerakli papka yoki fayl osongina ochiladi.

  39. Klaviatura qanday tashkil etilgan?

  40. Klaviatura, odatda, quyidagicha tashkil etilgan bo'ladi:



  41. 6. Yonib yoki o'chib turgan indikatorlar.



  42. Klaviaturadagi harflarni kiritish holatlari qanday o'zgartiriladi?

  43. Lotin yoki kirill harflarini kiritish holatiga o'tish, odatda, ikki xil usulda amalga oshiriladi.

  44. 1- usul. Sichqoncha yordamida. Masalalar panelidagi piktogrammani piktogrammaga va aksincha o'tkaziladi. Buning uchun sichqoncha strelkasini shu piktogrammaga yo'naltirib chap tugmasi bosiladi. Hosil bo'lgan (o'ngdagi) tanlov lavhasidan kerakli piktogramma tanlanadi. 2- usul. Klavishlar yordamida. Buning uchun maxsus klavishlardan Alt (ba'zi hollarda Ctrl) bilan Shift birgalikda bosiladi.



  45. Klaviatura yordamida harf, raqam yoki belgi qanday yoziladi?

  46. Windows ish stolining masalalar panelida piktogrammasi turgan bo'lsin. Kichik lotin harflari yoki raqamlar shu harf yoki raqam yozilgan klavishlarni bir marta bosish orqali kiritiladi.

  47. Masalan, «2006 yil» so'zini yozish kerak bo'lsa, bu so'zdagi har bir raqam va harfga mos (yuqoridagi rasmga qarang) klavishlar birma-bir bosib chiqiladi.

  48. Bir harf sig'adigan bo'sh joy (probel) qoldirish uchun esa «probeh klavishi bir marta bosiladi.

  49. Bosh (katta) lotin harflari yoki raqamlarning yuqorisidagi (umu-man, klavishlarni yuqori qismida joylashgan) belgilarni yozish uchun «Shift» klavishini bosib turilgan holda harf yoki belgilarga mos klavishlar birma-bir bosib chiqiladi. Bunday yozish usuli klavishlarni birgalikda bosish deyiladi.

  50. Masalan: «2006 yil» ga mos klavishlarni Shift bilan birga bosilsa «@))A YIL» yoziladi.

  51. Endi Windows ish stolining masalalar panelida piktogrammasi turgan bo'lsin. Bu holda kichik kirill harfi va ba'zi mahsus belgilarni yozish mumkin bo'ladi. Odatda, klavish ustidagi kirill harfi lotin harfiga nisbatan boshqa (ko'pincha qizil) rangda yozilgan bo'ladi.

  52. Masalan:





  53. Klaviaturadagi maxsus klavishlar nimaga kerak?

  54. Maxsus klavishlardan Shift klavishining vazifasini bilib oldingiz, ya'ni klavishlarni birgalikda bosish orqali bosh harflarni yozish mumkinligini ko'rdik. Ikkinchi usulda Caps Lock klavishi bosiladi. Natijada Caps indikatori yonadi hamda klavishlar orqali faqat bosh harflarni yozish mumkin bo'ladi.

  55. Bu holda Shift klavishini bosib turib harflar yozilsa, kichik harflar yoziladi. Faqat kichik harflarni yozish uchun yana Caps Lock klavishi bosiladi.

  56. Boshqa maxsus klavishlarning vazifasini quyidagi jadvaldan bilib olasiz.





  57. Kursorni qanday boshqarish mumkin?

  58. Awalgi darslarda klaviaturadagi harf, raqam va belgilar yordamida matnlar (hikoyalar, referatlar, maqolalar va kitoblar) yozish mumkinligi aytib o'tilgan edi. Ma'lumki, matnlar satrlardan tashkil topgan bir necha sahifadan iborat bo'ladi. Kursorni satrlar yoki sahifalar ichida boshqarish uchun klaviaturada alohida klavishlar joylashtirilgan. Ularning vazifalari quyidagi jadvalda keltirilgan.



  59. Home

    Kursorni satr boshiga o'tkazadi

    Kursorni bir belgi oldinga o'tkazadi

    End

    Kursorni satr oxiriga o'tkazadi

    Kursorni yuqoridagi satrga o'tkazadi

    PgUp

    Kursorni awalgi sahifaga o'tkazadi

    Kursorni bir belgi keyinga o'tkazadi

    PgDn

    Kursorni keyingi sahifaga o'tkazadi

    Kursorni quyidagi satrga o'tkazadi



  60. Yordamchi klavishlar majmui yordamida kursorni boshqarish (Num Lock indikatori o'chiq holda) yoki raqamlar va arifmetik amal bel-gilarini kiritish (Num Lock indikatori yongan holda) mumkin. Num Lock indikatorini yoqish yoki o'chirish uchun Num Lock klavishi bosiladi.

  61. Funksional klavishlar nega kerak?

  62. Fl, F2,..., F12 funksional klavishlar maxsus amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Odatda, bu klavishlar vazifasini ishlayotgan dastur belgilaydi. Masalan Windows ish stolida:



Fl

«Yordam» klavishasi ishlayotgan dastur haqida ma'lumot beradi

F2

Oxirgi belgilangan fayl, papka yoki yorliq nomi o'zgartirish holatiga o'tadi

F3

Fayl yoki papkani izlash holatiga o'tadi

F4

Alt klavishi bilan birgalikda oynani yopadi

Paintda chizilgan har qanday shakl yoki rasm piksellarning (nuqtalarning) to'plamidan iborat bo'ladi.

Paint uskunalar panelida qanday uskunalar bor?

Uskunalar paneli quyidagi uskunalar to'plamidan iborat:

+


Paintning Ellips uskunasi yordamida aylana, To'g'ri to'rtburchak

uskunasi yordamida kvadrat ham chizish mumkin. Dunyoni o’zgartirgan olimlar






Nomi

Yili

Ixtirochisi

1

Batareyka

1800

Aleksandr Volta

2

Fatoparat

1816

Jozef Nisefar Nyeps

3

Telfon

1876

Aleksandr Bell

4

Chiroq

1880

Tomas Edison

5

Radio

1895

Aleksandr Popov

6

Video kamera

1896

Birt Acres

7

Magnitafon

1896

Valdemar Poulsen

8

Telivezor

1933

Vladimir Zvorikin

9

Kseroks

1938

Chester Karlson

10

Lazerli disk

1971

Jeyms Rassel

11

Mobil telfon

1973

Martin Kuper

12

Sh. Kompyuter

1974

Steve Jobs

13

Notebook

1979

Magridj Uilliam

14

Flesh xotira

1984

Fudzio Masuoka

15

IPod

2001

Steve Jobs

16

IPhone

2007

Steve Jobs

17

IPad

2010

Steve Jobs

Rostlik Jadvali.



A

B

D

0

1

0

0

1

1

0

1

0

0

1

1

1

0

0

1

0

1

1

0

0

1

0

1

Dunyoni o’zgartirgan olimlar






Nomi

Yili

Ixtirochisi

1

Batareyka

1800

Aleksandr Volta

2

Fatoparat

1816

Jozef Nisefar Nyeps

3

Telfon

1876

Aleksandr Bell

4

Chiroq

1880

Tomas Edison

5

Radio

1895

Aleksandr Popov

6

Video kamera

1896

Birt Acres

7

Magnitafon

1896

Valdemar Poulsen

8

Telivezor

1933

Vladimir Zvorikin

9

Kseroks

1938

Chester Karlson

10

Lazerli disk

1971

Jeyms Rassel

11

Mobil telfon

1973

Martin Kuper

12

Sh. Kompyuter

1974

Steve Jobs

13

Notebook

1979

Magridj Uilliam

14

Flesh xotira

1984

Fudzio Masuoka

15

IPod

2001

Steve Jobs

16

IPhone

2007

Steve Jobs

17

IPad

2010

Steve Jobs

Tetrada



0

0000


1

0001


2

0010


3

0011


4

0100


5

0101


6

0110


7

0111


8

1000


9

1001


A

1010


B

1011


C

1100


D

1101


E

1110


F

1111














Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish