Universitutining jizzax filiali


Ish haqi tizimi va ularni tavsiflash



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana12.04.2022
Hajmi0,59 Mb.
#545973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini hisoblash va to’lash.

Ish haqi tizimi va ularni tavsiflash. 
Ish haqining barcha tizimlarini ish haqining shakllari deb ataluvchi ikki katta guruhga bo’lish qabul 
qilingan.Agar mehnat natijalarining asosiy o’lchovi sifatida tayyorlangan mahsulot (ko’rsatilgan 
xizmat) dan foydalaniladigan bo’lsa, u holda mehnatga haq to’lashning ishbay shakli 
tushuniladi.Agar bunday o’lchov sifatida ishlangan vaqt miqdoridan foydalanilsa, bunday 
holdavaqtbay ish haqitushuniladi. 
Vaqtbay haq to’lashda mehnatning asosiy normasi qonun tomonidan yagona tarzda belgilangan ish 
vaqti muddati bo’lib, bunda xodimning mehnat vazifalari ko’rsatiladi, u ish vaqti mobaynida 
xodimlar o’rtasidagi mehnat taqsimotiga asosan, ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy shart-
sharoitlari bilan belgilangan ana shu vazifalari ado etishi lozim.Belgilangan normani bajarganlik 
uchun haq to’lasho’lchovi-tarif stavkasidir.Agar xodim normada nazarda tuilgan vaqtda kamroq 
ishlagan bo’lsa, unga tarif stavkasida kamroq haq to’lanadi. Bordi-yu, xodim ishlagan va muayyan 
mehnat vazifalariga ega bo’lgan vaqt belgilangan normadan ortib ketsa (bunga ish beruvchining 
roziligi kerak), uning mehnatiga to’lanadigan haq tarif stavkasidan yuqori bo’ladi.
Ishbay haq to’lashda asosiy mehnat normasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish normasi namoyon 
bo’ladi. Bu norma ham qonun bilan belgilangan ish vaqti muddatidan kelib chiqib hisoblanadi. 
Xodimning asosiy mehnat vazifasini-normani bajarganligi uchun u tarif stavkasi miqdorida ish haqi 
oladi. Agar bu norma bajarilmasa yoki oshirib bajarilsa, xodimga to’lanadigan haq tegishli ravishda 
tarif stavkasidan kam yoki yuqori bo’ladi.
Iqtisodiy mohiyat nuqtai nazaridan, ish haqining ishbay va vaqtbay shakllari o’rtasida unchalik katta 
farq yo’qday tuyuladi: ularning har ikkalasi ham mehnat bozori tomonidan belgilangan ish kuchi 
(mehnat xizmati) bahosi va qonun bilan belgilangan ish vaqti muddatiga asoslanadi. Biroq, iqtisodiy 
adabiyotlarda vaqtbay haq to’lash shakli birlamchi, ishbay haq to’lash shakli undan paydo bo’lgan 
hosila haq to’lash shakldir, degan fikrni uchratish mumkin. 
Mehnatga ishbay haq to’lash mehnat unumdorligining o’sishini va mahsulot miqdorini 
ko’paytirishni rag’batlantiradigan tizim hisoblanadi. Lekin, mahsulot ishlab chiqarishni 
ko’paytirishni rag’batlantirish ish beruvchida mahsulot ishlab chiqarishni belgilangan me’yorlarini 


ko’paytirish, mazkur texnika darajasi va qo’llanilayotgan texnologiya sharoitida topshiriq yoki rejani 
oshirish real zarurati bo’lgandagina ijobiy natijalar berishi mumkin. Agar erishilgan natijaga nisbatan 
ish sifatining ortishi va mahsulot ishlab chiqarishning ko’paytirilishi ishlab chiqarish jarayoniga jiddiy 
texnikaviy va texnologik o’zgarishlar kiritgandagina mumkin bo’lsa, u holda mahsulot ishlab 
chiqarishni ko’paytirish uchun ishbay haq to’lash tizimini qo’llanish oqilona hisoblanmaydi.
Bildirilgan fikrlarga ko’ra, ko’pincha ayrim ishlarda mehnatga haq to’lashning ishbay usulini tatbiq 
etish mahsulot sifatining pasayishi, texnologik rejimlar va xavfsizlik texnikasi talablari buzilishiga 
yo’l qo’yiladi, shuningdek, xom-ashyo materiallar va energiya sarflashda ortiqchalik hollari sodir 
bo’ladi. Bu hol ko’pincha ishchilar har turli mahsulot ishlab chiqarganda, ishlab chiqarish 
uchastkasida muayyan miqdorda yaroqsiz mahsulot to’planib qolganda, sifatning yomonlashganligi 
yoki yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilganligi aniqlanmaganda ro’y beradi. 
Oddiy vaqtbay tizim xodimning ish haqini uning tarif stavkasiga yoki haqiqatda ishlangan vaqtiga 
qarab belgilaydi. Ana shunga muvofiq, tarif stavkalari: soatbay, kunbay, hamda, oylik stavkalar 
tatbiq etiladi.
Soatbay va kunbay tarif stavkalarini tatbiq etishda xodimning ish haqi miqdori quyidagi formula 
bilan belgilanadi:
q
t
b
T
C
U



bunda, 
b
U
-vaqtbay haq to’lanadigan xodimning ish haqi (so’m); 
t
C
-xodimning vaqt birligidagi 
tarif stavkasi (so’m); 
q
T
-ishchining haqiqatda ishlagan vaqti (kun va soatlarda). 
Oylik tarif stavkasini tatbiq etganda xodimning ish haqi quyidagi formula bo’yicha 
aniqlanadi:
,
n
q
t
b
T
T
C
U




bunda, 
t
C
-oylik tarif stavki
q
T
-bir oy ichidagi haqiqatda ishlangan kunlar miqdori
n
T
-bir oy 
ichidagi hisoblangan ish kunlari soni (taqdim fondidan dam olish va bayram kunlari chegirib 
tashalandi).
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish