Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona


Turizmni tasniflashda anketa-so’rovnomalaridan foydalanish



Download 1,22 Mb.
bet8/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Turizmni tasniflashda anketa-so’rovnomalaridan foydalanish


T\r

Qo‘yilgan savollar

Javob (ko‘rsatib o‘tilgan javoblardan birini tanlang va qo‘shimcha savollarga aniqlik kiriting)

Natijalar

% hisobida




Kasbingiz

Tadbirkor

18

Pedagog

23

Boshqa soha vakillari

59




Sayyohlikkka bo‘lgan munosabatingiz

Ijobiy

63

Salbiy

18

Befarqman yoki o‘ylab ko‘rmadim

19




Qay bir sayyohlik turi

Tarixiy turizm

47




Sizga ma‘qul

Diniy turizm

30

Turizmning boshqa turlari

23




Siz ma‘lum bir turizm turini tanlashda nimani asos qilib oldingiz

Imkoniyatimni

17

Yuzaga kelgan sharoitni

10

Oldimga qo‘ygan maqsadni

73

Shunday qilib turizmni sinflashtirishda sayyohning nima maqsadda 24 soatdan 6 oygacha safar qilishi va mehnat vazifasiga kirmagan hayot faoliyati asosiy ko‘rsatgich ekanligi viloyatning turistik imkoniyatlarini jadval orqali ochib berishda qo‘l keldi.



Turizmning maqsadiga qarab tasniflanishi

T/r

Turizm turlari

Turizmning maqsadi




Tarixiy turizm

Joyning tarixini o‘rganish




Diniy

Diniy qadamjoylarni ziyorat qilish




Rekreatsiya

Dam olish va xordiq chiqarish




Nozo (tibbiyot) turizmi

Salomatlikni tiklash va reabilitatsiya qilish




Sport turizmi

Joyning sharoitidan jismoniy tarbiyaga erishish




Agro yoki qishloq turizmi

Agrar sohani o‘rganish orqali
aniqlash

qishloq

xo‘jaligini




Ekstremal turizm

An‘anaviy yoki noan‘anviy ekstremal holatda dam olish
va xordiq chiqarish




SHop turizmi

Joy sharoitidan tijorat bilan shug‘allanish




Ekologik turizm

Ekotizimlarga tashrif buyurish
muhitni muhofaza qilish

orqali

atrof tabiiy

.

va h.k.

Muayyaan maqsadlarni ko‘zlash

Yuqorida biz tarixiy turizm ta‘rifini misol tariqasida berdik. U jahon turizm industriyasida qadimdan eng ommalashgan turizm turi bo‘lib hisoblanadi. CHunki har bir davlat va millatning o‘z tarixi bor va uni tasdiqlovchi qadamjoylari mavjud. Har bir davlat yoki ma‘muriy birlik o‘zining tarixiy yodgorliklari, muzeylari va obidalari orqali keng jamoatchilik oldida milliy qadriyatlarni targ‘ib qiladi, ma‘naviyati va ma‘rifati namoyon etadi. Bunga O‘zbekistonning dunyoga mashhur bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, SHaxrisabz, Toshkent, Namangan kabi shaharlarida hanuzgacha saqlanib qolingan va respublikamiz mustaqilligi tufayli kundan kunga o‘z ko‘rkini hamda sayyohlik jozibadorligini oshirib borayotgan tarixiy obidalari va arxeologik manbalarini misol qilib olsak bo‘ladi. Tarixiy turizmning maqsadi: sayyohlik tashkil etilgan joyning yoki ob‘ektning tarixi bilan tanishtirish orqali milliy qadriyatlarni saqlash, ma‘rifatni targ‘ib qilish va ma‘naviyatni yuksaltirishga qaratilgan sayyohlik turidir.


Diniy turizm tarixiy turizm kabi eng qadimiy sayyohlik turlaridan biridir. Uning maqsadi asosan uchta vazifani o‘z tarkibiga qamrab oladi. Birinchisi, diniy aqida, farz va urf-odatlarni shaxs tomonidan ro‘yobga chiqarishga xizmat qilish. Bunga musulmonlar, ya‘ni islom dinini e‘tiqod qiluvchilarning 5 ta farzlaridan biri bo‘lib hisoblangan ―Xaj‖ va ―Umra‖ safarini ado etishlari uchun Saudiya Arabistonidagi Makka va Madina shaharlariga qiladigan sayyohatlari. Katoliklarni Italiya hududida joylashgan va alohida bir mamlakat tariqasida ro‘yxatga olingan hamda Rim papasi qarorgohi joylashgan Vatikanga qiladigan sayyohatlari. Iudey va Xristian dini provasavlarining Ierusalimga, buddizmdagilarni esa bir qator Osiyo qit‘asi mamlakatlarida joylashgan buddu obidalariga qilidagan sayyohatlarini misol tariqasida olish mumkin. Ikkinchisi, muayyan bir dinni yuzaga kelishi, rivojlanishi va ommalashuvida rol‘ o‘ynagan diniy shaxslar bilan bog‘liq bo‘lgan qadamjoylarga qilidagin sayyohatlar. Bularga O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridagi azim-avliyolar Al-Buxoriy, At-Termiziy, Zangiota,
Mullaoxun kabi shaxslarning ruxi poklari yotgan joylariga sayyohatlarni misol qilib keltirish mumkin. Uchinchisi, diniy qadamjoylar – maqbara, masjid, exromlar, haykal, budda, muzeylar kabi sayyohlik ob‘ektlari kiradi. SHunday qilib diniy turizmning maqsadi – diniy farz, odat, ko‘nikma va o‘ziga xos hususiyatlari bilan sayyohlikni tashkil etish, olib borish va hisobini yuritishdir.
Rekreatsiya so‘zi polyakcha ―rekrasiya‖ – dam olish, lotincha esa ―rekratio‖- sog‘liqni tiklash degan turli ma‘nolarni anglatadi. Zamonaviy turistik tasniflashda (Yu.P.Suprunenko, 2005) sog‘liqni tiklashga tegishli ijtimoiy munosabatlar ―nozoturizm‖ yoki ―medikoturizm‖ taksonomik birligi alohida tur sifatida ajratilib ko‘rsatilmoqda. SHuning uchun ham rekreatsiyani shaxsning dam olishi va hordiq chiqarishi maqsadida uyushtiriladigan alohida sayyohlik turi deb ajratish maqsadga muvofiqdir.
Nozoturizm yoki Medikoturizm‖, rekreatsiya turizmidan farqli ravishda, shaxsga ikki funktsional turistik vazifalarni, ya‘ni odamning sog‘lig‘ini saqlash va muhofaza qilish hamda ularni reabilitatsiya qilish yoki buzilgan salomatliklarini qayta tiklash yo‘naltirilgan boshqaruv, menejment va marketingdir. Bizningcha uning hududiylik ko‘rsatgichlariga qarab, to‘rt turga – lokal (mahalliy sharoit va imkoniyatlardan), milliy (davlatning sharoiti va ichki imkoniyatlaridan), regional (mintaqaviy sharoit va imkoniyatlar), global (jahondagi nozogeografik imkoniyatlardan) foydalangan tarzda uyushtirilgan sayyohlikdir. Ma‘lumki aksariyat kasalliklarni davolash uchun O‘zbekiston aholisining 14-17 mingga yaqini Germaniya, Hindiston, AQSH, Rossiya kabi davolanish maskanlarida xirurgiya operatsiyalarini o‘tkazib kelmoqdalar O‘zbekistondagi mavjud davolanish maskanlarida Markaziy Osiyo davlatlaridan yiliga 3000-4000 kishi Turkmaniston, Qozig‘iston va Qirg‘iziston respulikalaridan kelib o‘z salomatliklarini tiklab ketmoqdalar.
Aholining sog‘lom turmush darajasi va sportchilarga bo‘lgan jamiyat- davlat e‘tiborining oshib borishi,transport logistikasini tarmoqlashuvi, global miqyosda jahon urushlarining bartaraf etilganligi ―Sport turizmi‖ni ommalashib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Bunga turli miqyosdagi sport o‘yinlari va musobaqalarining doimiy ravishda o‘tkazilishi, unda barcha mamlakatlardan kelgan turli yoshlarning keng tarmoqlashgan sport turlariga bag‘ishlangan musobaqalarining muntazam ravishda yil bo‘yi o‘tkazilishi uning o‘ziga xos turizmi sifatida shakllanishiga olib keldi. SHunday qilib sport turizmining maqsadi – shaxsning sport bilan shug‘ullanishi, musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishi va ularni o‘tkazilishini tashkil etish, olib borish va hisobini yuritishiga doir pul to‘lanmaydigan sayohat turidir. Agarda ushbu musobaqalarda ishtirokchilarga pul to‘lanadigan bo‘lsa u sayyohlikka kirmaydi.
Agroturizm qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish uchun uning turistik imkoniyatlaridan keng foydalanish (A.Nigmatov, SH.Yakubjanova, 2010).Ushbu maqsadda nafaqat joyning qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, balki ma‘rifiy va ma‘naviy maqsadlarni ko‘zlagan xolda ham tashkil etilgan sayyohlik agroturizmga kiradi. Bunda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini o‘ziga xos ravishda joylashtirilish va yetishtirish texnologiyalari, yig‘ishtirib olish, saqlash va realizatsiya qilish usullari, ushbu jarayon bilan bog‘liq etnografik jarayonlar (urf-odatlar, marosimlar, bayramlar) ham kiradi. Agrofirma va uning tarmoq tarkibidagi majmualarning ish faoliyatini bilan yaqindan tanishtirish, ko‘rgazmalar o‘tkazish va muzeylar bilan tanishtirish ham agroturizm ob‘ekti bo‘la oladi.
O‘zbekistonda agroturizmni yo‘lga qo‘yishda Sh.T.Yakubjonovaning ko‘p yillik olib borgan tadqiqotlari (2008-2014 yy.) uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqishda katta xissa qo‘shdi. U agroturizm ob’ektlariga agromajmualar: ekin maydonlari (paxta, g‘alla, sholi maydonlari), chorvachilik (qorako‘lchilik, yilqichilik kabilar) komplekslari, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik, parrandachilik kabi xo‘jaliklarni kiritdi. Milliy an‘analar o‘zbek millatiga xos bo‘lgan bayram, tantana, urf-odat va marosimlardan (tabiat va uni muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan bahor bayramlari Navro‘z, Sumalak sayli, bahor va yoz fasllarining bir qator oylarida suv sayli bilan bog‘liq tadbirlar, mevalari pishib yetilgan vaqtlarda tut sayli, hosillarni yig‘im-terimiga bag‘ishlangan bayramlar sirasiga mehrjon, hosil, qovun, uzum, anjir va anor kabi sayllar asosan yilning kuz oylarida bo‘lib o‘tadi. Milliy urf-odat va marosimlarga
esa qadimdan nishonlanib kelinayotgan, ayrim hududlarda saqlanib qolgan urf-odatlar, (osmon- yomg‘ir suvlariga bag‘ishlangan – Sust xotin, Xorazm, Boysun, Forish, Zomin kabi tuman va shaxarlarida mazkur marosim turlarini bahor oylarida bo‘lib o‘tadi), tabiiy ravishda yuzaga kelgan geyzer buloqlari va hududdan oqib o‘tuvchi soylar bilan bog‘liq (SHohimardonda Ko‘li Qubbon, Namanganda Peshqo‘rg‘on, Boysunda Bibi seshanba, Urgutda suv chashmalari) tadbirlarni ham bo‘lishini inobatga olib, bu soha rivoji yo‘lida yangi metodlardan foydalangan holda takomillashtirish lozim.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish