Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona


Ma’ruza 2: Turizmni rivojlantirish omillari Reja



Download 1,22 Mb.
bet6/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Ma’ruza 2: Turizmni rivojlantirish omillari Reja


  1. Turistik qadamjoylar yoki ob‘ektlar

  2. Turizmni rivojlantirish omillari

  3. Turizmning maqsadiga qarab tasniflanishi

  4. Respublikamizda turizmni rivojlantirishda qabul qilinayotgan farmon va qarorlar

Tayanch tushunchalar (kalit so’zlar): Turizmni rivojlantirish omillari, Butunjahon turistik tashkilot, turizm, sayoxat, sayoxatchi, sayoxat tashkilotlari, sayoxat motevatsiyasi, sayoxat bosqich, kapital, region, arxitektura, ekologiya, statsional turizm
Butunjahon turistik tashkilotining hisobotida turizmni barqaror rivojlantirishning 10 ta dasturi bayon etilgan bo‘lib, unda «ekoturizmni rivojlantirish uchun iqlim o‘zgarishi, chiqindilarni nazorat qilish, yerlardan barqaror foydalanish, bioxilma-xillikni va alohida muhofaza etiladigan hududlarni saqlash masalalariga alohida e‘tibor berish»1 lozimligi ta‘kidlangan. Shu bois ekoturizmni rivojlantirishda ekotizimlarning barqarorligini saqlash, bioxilma-xillikni va tabiat yodgorliklarini asrashni ilmiy asosda tashkil etish, ekoturizmni barqaror rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Jahon amaliyotida ekoturizmni rivojlantirishda tabiat yodgorliklari, alohida muhofaza etiladigan hududlar, ekotizimlarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. SHuningdek, ekoturizmning davriyligini uzaytirish, hududiy tarkibini takomillashtirish, komplekslik imkoniyatlarini aniqlash hamda samaradorligini oshirishga alohida e‘tibor berilmoqda.
Respublikamizda turizm va uning (eko, agro, tarixiy, diniy, ekstremal, shop) tarmoqlarida xizmat turlarini shakllantirish, hududlarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda, turfirmalar sonini ko‘paytirish va ularning ixtisoslashuvi hamda hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish» hamda «odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta‘minlash»2 yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada, jumladan, tabiiy sharoiti va ekotizimlari turlicha bo‘lgan Namangan viloyatida ekoturizmning hududiylik, davriylik va komplekslik hususiyatlarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-son «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni, 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-son «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni, 2018 yil 6 fevraldagi PQ-3509-son «Kirish turizmini rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-son «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Turizmni samarali tashkil etish va olib borish uchun turistik ob‘ektlar, unda faoliyat olib boruvchi mutaxassilar va sayyohlarga qo‘yiladigan bir qator minimal va maksimal talablar mavjud (M.B. Birjakov 2005). Ilmiy, amaliy adabiyotlar va internet veb-saytlaridan keng foydalangan va ularni tahlil qilgan tarzda biz turistik qadamjoy yoki ob’ektlarga qo’yiladigan umumiy talablar:

  • aniq bir maqsad va vazifalarni bajarish imkoniyatiga egaligi;

  • sayyohlarni 24 soatdan ortiq yashashi uchun sharoitning mavjudligi;

  • turistik xavfsizlikni ta‘minlanganligi;

  • transport logistikasining yo‘lga qo‘yilganligi;

  • turistik marshrutlarning ishlab chiqilganligi;

  • turistik servis va xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yilganligi;

  • turistik ob‘ektlar bo‘yicha sayyohlarni qiziqtiruvchi ma‘mulotlarni yetarli darjada egaligi;

  • turlarni turistik ob‘ektlar bo‘yicha gidlar bilan ta‘minlanganligi;

  • sayohatbob axborot-kartografik kabi ma‘lumotlar bilan ta‘minlangan va h.k.





1https://www.e-unwto.org. UNWTO Annual report. 2017
2Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сон «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони

Turistik qadamjoylar yoki ob’ektlarda faoliyat olib boruvchi mutaxassislar bilan ta’minlash talablari quyidagilardan iborat:


  • turizmni tashkil etish va uni samarali olib borishda zarur bo‘lgan tegishli ixtisoslik va mutaxassislarning mavjudligi;

  • ularni doimiy ravishda malakasini oshirish va qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yilganligi;

  • innovatsion va tadbirkorlik xarkaterga egaligi;

  • chet tillarni yaxshi bilishi va axborot kommunikatsiya tizimlaridan atroflicha foydalana olishi;

  • ijtimoiy-psixologik jihatdan maqbulligi;

  • turistik ob‘ektlar bo‘yicha atroflicha bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi va yuqori darajdagi kasbiy kompetentligi va h.k.;

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish