Dumg'aza umurtqalari. D um g 'a za qis m i ikkita
umurtqadan iborat. Bu umurtqalarning ko'ndalang o'simtalari serbar bo'lib, chanoq suyagi shu o'simtalarga birikadi.
Dum umurtqalari. D um qism i b ir necha o 'n ta
um urtqalardan iborat. U larning olding ila r i dum g'aza umurtqalariga o'xshash, biroq tanalari uzun, ko'ndalang o'simtalari ingichkaroq, ostist o'simtalari esa uzunroq bo'ladi. Orqadagi dum umurtqalari sekin- asta kichrayadi, ostist o'simtalari yo'qoladi va kalta-kalta suyakchalarga aylanadi.
Bosh skeleti. Suvda ham quruqlikda yashovchilarga qarshi
o'laroq sudralib yuruvchilaming bosh skeleti suyaklardan (faqat hidlov va qisman eshituv bo'limidagina tog'ay saqlanib qol gan) iborat bo'lib, suyaklarning soni juda ko'pdir. Bosh ske
le tin ing miya qutisi (neurokranium) va yuz-visseral
bo'limlari embrional rivojlanishda mustaqil taraqqiy etsa-da, voyaga yetgan hayvonlarda ular birikib ketadi. Bosh skeletning tarkibiga birlamchi almashinuvchi va ko'p sondagi ikkilam chi — qoplovchi suyaklar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |