Umurtqalilar



Download 15,32 Mb.
bet147/155
Sana18.02.2022
Hajmi15,32 Mb.
#453096
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   155
Bog'liq
26umurtqalilarzoologiyasi laboratoriya mashg\'uloti

Buyrakning oldingi uchlarida kichik qizil-sariq rangli buyrak usti tanachalari joylashgan. Har bir buyrakning botiq ichki yuzasidan bittadan siydik kanali boshlanadi, siydik kanali chanoq bo'limida siydik pufagiga quyiladi. Siydik pufagi
o'z navbatida siydik chiqaruv kanaliga ochiladi.
Jinsiy organlari. Voyaga yetgan erkak kalamushning urug'donlari tuxum shaklida bo'lib, qorin devori muskul
qatlamining bo'rtib chiqishidan hosil bo'lgan xaltacha - yorg‘oqda joylashgan. Yorg'oq tashqi tomondan teri bilan qo­ plangan. Mezonefrosning qoldig'i bo'lmish yog'simon tanacha shaklidagi urug(don ortiqlari shu urug'donga taqalib turadi. Urug'don ortiqlaridan juft urug* yo'llari chiqib, siydik chiqaruv kanalining boshlanish joyiga ochiladi. Urug' yo'llarining pastki qismi kengayib uzunchoq qayrilgan shoxsimon urug' pufak- chasiga aylangan. Urug' kanallarining siydik chiqarish kanali­ ga quyiladigan joyidagi chegarada prostata bezi bo'ladi va shu yerga kuper bezining yo'li ham ochilgan. Siydik-jinsiy kanali jinsiy olat ichidan o'tadi (107-rasm).


Urg‘ochisining jinsiy organlari boshqa barcha umurtqali hay- vonlardagidek juft tuxumdonlardan iborat. Uning shakli ya- paloq va usti notekis (g'adir-budur) bo‘lib buyraklarga yaqin yerda joylashgan. Juft ingichka tuxum yo'lining keng voron­ kasi har qaysi tuxumdonga yaqin yerda qorin bo‘shlig‘iga ochilgan. Ulaming qarama-qarshi uchlari kengayib, qalin bach­ adon shoxiga aylanadi. 0 ‘ng va chap bachadon shoxlari toq va
uzunchoq qinga ochiladigan bachadonga qo‘shiladi. Qinning
orqa uchi dahlizcha, ya’ni siydik-tanosil kanaliga aylanadi, chunki unga siydik pufagi ham pastki tomondan ochiladi. Nihoyat, qin dahlizi siydik-tanosil teshigi bilan tashqariga ochiladi.
Nerv sistemasi. Sutemizuvchilarning bosh miyasi nisba­ tan katta hajmda bo‘lishi va murakkab rivojlanganligi bilan boshqa sinflarga kiruvchi umurtqali hayvonlardan farq qiladi (108-rasm).
Bosh miya hajmining kattaUgi oldingi miya yarim sharlari- ning va miyachasining kattaUgi bilan bog‘liq. Oldingi miya ya­ rim sharlari bosh miyaning boshqa bo'limlarini, ya’ni oraliq, o‘rta va uzunchoq miyalami butunlay qoplab yaxshi rivojlan­ gan miyachaga tegib turadi. Miyacha ham uzunchoq miyani qoplab turadi. Quyon va kalamushning oldingi katta miya yar­ im sharlari po‘stlog‘i yuzasi silliq bo‘ladi. Lekin oliy darajada rivojlangan sutemizuvchilarning bosh miya yarim sharlari va miyachasi po'stlog'i yuzasi ilonizi burmalari, ya’ni egatchalari taraqqiy etganligi bilan murakkablashadi. Odatda primatlar turkumi vakillarida egatchalar soni ko‘p bo'ladi. Egatchalar katta yarim sharlaming yuza hajmini kengaytiradi.
Oraliq miyaning hajmi nisbatan kichkina bo'lib, uni oldin­ gi miya yarim sharlari to‘liq qoplagani uchun yuqoridan ko‘rinmaydi. Oraliq miyada unchalik katta bo'lmagan epifiz va gipofiz bezlari bo'ladi. O'rta miyaning hajmi ham unchalik katta emas. O'rta miya to'rtta do'nglikdan iborat bo'lib, bu bo'limda ko'rish va eshitish organlarining markazi joylashgan.


108-rasm. Quyonning bosh miyasi:
A - ustki tom ondan ko‘rinishi, В - ostki tom ondan ko'rinishi:
1-oldingi miya katta yarim sharlari, 2-oraliq miya, 3-o‘rta miya, 4-m iyacha, 5- uzunchoq miya, 6-yarim sharlar, 7-hidlov b o ‘lagi, 8-yangi qadoqsim on tana, 9- gipofiz, 10-epifiz, 11-varoliev ko‘prigi, 12-miyacha yarim sharlari, 13-miyacha
chuvalchangchasi, 14-piramidalar, II, III, V—VII bosh miya nervlari.


Sutemizuvchilarning miyachasi ham juda katta va yaxshi rivojlangan bo'lib, uch qismdan tashkil topgan: markaziy, ya’ni chuvalchangcha va ikkita yon yarim sharlardan, bu holat sut emizuvchilaming nihoyatda murakkab harakatlariga bog'liq. Miyachaning tagida uzunchoq miya joylashgan va uzunchoq miya orqa miyaga ulanadi. Uzunchoq miyada rombsimon egatcha ko'rinadi.


Topshiriqlar:
Quyon yoki kalamushning ichki organlari joylashishi bilan ta­ nishib, har bir organ tuzilishini o'rgangach, quyidagi rasmlami albomga chizib oling:
1. Ichki organlaming umumiy joylanishi;
2. Qon aylanish sistemasining sxemasi;
3. Siydik-tanosil organlari;
4. Bosh miya tuzilishi.


21-mashg'ulot. SUTEMIZUVCHILAR SKELETI
O b ’e k tn in g s i s t e m a t i k h o la t i Tip. Xordalilar Chordata
K enja tip. Umurtqalilar - Vertebrata yoki
B o sh skeletlila r — Craniata
K atta sinf. To‘rt oyoqlilar - Tetrapoda
S in f. Sutemizuvchilar — Mammalia
Turkum . Tovushqonsimonlar — Lagomorpha
Vakil. Tolay tovushqoni — Lepus tolai Pall.
Kerakli materiallar va jihozlar: quyon, kalamush yoki mushuk skeletlari, umurtqa pog'onasining turli bo'limlari umurtqalari, oldingi va orqa oyoq skeletlari hamda kamarlari, ayrim sutemizuvchilarning bosh skeletlari; preparoval ninalar, lupalar. Shuningdek, sutemizuvchilar skeleti, tanasining turli bo'limlaridagi umurtqalarning hamda bosh skeleti, oldingi va orqa oyoqlar skeleti kamarlarining tuzilishi aks ettirilgan jad- vallar.
Mashg'ulotning maqsadi: quyon yoki kalamush misoli­
da sutemizuvchilar sinfi vakillari skeletining tuzilishini o'rganish.


Ishning mazmuni: sut emizuvchilar skeleti tuzilishini o'rganish.
1. Sutemizuvchilar skeleti bo'limlari: bosh skeleti, umurtqa pog'onasi, oldingi va orqa oyoqlar skeleti va ularning kamar­ lari bilan tanishib chiqing.
2. Umurtqa pog'onasini ko'zdan kechiring. Umurtqa pog'onasining bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va dum bo'lim- larini aniqlang. Umurtqa pog'onasining har bir bo'limidagi umurtqalarning tuzilishini solishtirib, ulaming farqlarini aniq­ lang.
3. Ko'krak qafasi skeleti suyaklarini ko'zdan kechiring.


4. Bosh skeleti suyaklari bilan tanishib, miya qutisining kattaligiga e’tibor bering. Jag‘ suyaklarining tuzilishi va tishla- rining jag‘larda joylashishi bilan tanishib chiqing.
5. Yelka kamari suyaklari hamda oldingi oyoq uyaklarini aniqlang.
6. Chanoq kamari suyaklari hamda son, boldir, tovon, oyoq kafti va barmoqlari suyaklarini toping.
Quyida sutemizuvchilar skeleti tuzilish; lo'g'i’sida to'liq ma’lumotlar keltirilgan.
Sutemizuvchilar skeleti ham quruqlikda yashaydigan boshqa to‘rtoyoqli umurtqali hayvonlar skeletiga o‘xshash bosh ske­ leti, umurtqa pog'onasi, ko'krak qafasi, oldingi va orqa oyoq­ lari hamda ular kamarlari skeletidan iborat (109-rasm).


109-rasm. Quyon skeleti:
1-bo‘yin um urtqalari, 2-ko‘krak um urtqalari, 3-bel um urtqalari, 4-dum g‘aza um urtqalari, 5-dum um urtqalari, 6-qovurg‘alar, 7-to‘sh suyagi dastasi, 8-kurak, 9- kurakning akromial o ‘simtasi, 10-kurakning korakoid o'sim tasi, 11-nomsiz suyakn­ ing yonbosh bo ‘limi, 12-nomsiz suyakning quymich bo ‘limi, 13-nomsiz suyakning qov bo‘limi, 14-berkituvchi teshik, 15-yelka, 16-tirsak suyagi, 17-bilak suyagi, 18- bilaguzuk suyaklari, 19-kaft suyaklari, 20-son suyagi, 21-tizza qopqog‘i, 22-katta boldir suyagi, 23-kichik boldir suyagi, 24-tovon suyagi, 25-to‘piq suyagi, 26-oyoq kaft suyaklari.


Bosh skeleti —miya qutisi. Sutemizuvchilarning bosh skeleti to'la suyaklashgan. Ayrim suyaklar bir-biri bilan umr- bod saqlanib qoladigan choklar orqali birikadi. Ko‘p hollarda



Download 15,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish