Umurtqalilar


Quyonning gavdasi yunglar bilan qoplangan



Download 15,32 Mb.
bet143/155
Sana18.02.2022
Hajmi15,32 Mb.
#453096
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   155
Bog'liq
26umurtqalilarzoologiyasi laboratoriya mashg\'uloti

Quyonning gavdasi yunglar bilan qoplangan. Mo'yna ikki xil yungdan: yo'g'on va uzun qildan va shu qillar tagiga o'rnashgan kalta va yumshoq tivitdan iborat. Tumushug'ining uchida siyrak, uzun va juda qattiq tuklar — vibrissalari bor. Bunday tuklar ko'z usti va oralig'ida, ustki va pastki lablarda hamda quloqlarining oralig'ida ham bo'ladi. Urg'ochi quyon­ ning qornida sut bezlari va 5 juft so'rg'ichlari bor.
Boshqa umurtqali hayvonlarga o'xshab sutemizuvchilar- ning terisi ham ikki qavatdan iborat, ya’ni tashqi — epider­ mis va ichki kutis qavati bor ( 102-rasm).
102-rasm. Sutemizuvchilar terisining tuzilishi:
l- ep id ciiiiib iiiiig sirtqi (yuza) sh ox qatlam i (hujayralari vaqt-vaqti bilan tushib turadi), 2-tirik hujayrali epiderm isning chuqur qatlam i (m alpigiy qatlam i), 3 -chin teri qatlami (kutis), 4 -yung, 5 - ter bezi, 6 -ter bezi yoMining teshiklari, 7 - y o g ‘ bezi, 8 -yung muskQllari, 9-terining biriktiruvchi to ‘qima tolalari, 10-qon tomirlari, 11 -yung asosi­ dagi so ‘rg‘ichchasi.


Yuzaga yaqin joylashgan yassi hujayralarda keratogial birik­ malar to'planib, ulaming sekin-asta nobud bo'lishidan shox qavat hosil bo'lishiga olib keladi. Yuzada joylashgan hujayralar


batamom shox moddaga aylanib, sekin-asta qazg‘oq yoki yirik bo'laklar (tyulenlarda) shaklida to'kilib turadi. Malpigiy qa­ vat hujayralarining bo'linib turishi hisobiga ulaming o'mi to'lib boradi.
Sutemizuvchilarning epidermis teri qavati har xil teri hosila­ larini —soch, tirnoq, tuyoq, kovak shox (bug1ulardan tashqari), tangacha va turli bezlarni beradi.
Haqiqiy (chin) teri, ya’ni kutis qavati sutemizuvchilarda juda yaxshi rivojlangan. Chin teri qavati juda murakkab to'r hosil qiluvchi tolali biriktiruvchi to'qimadan iborat bo'lib, bu yerda yog' to'planadi. Bu qavat teri osti yog' kletchatkasi deb ataladi. U kitlarda va tyulenlarda yaxshi rivojlangan. Quruq­ likda yashovchi ayrim sutemizuvchilarda (yumronqoziq, bo'rsiq, sug'ur, ayiq) ham bu qavat yaxshi rivojlangan.
Sutemizuvchilar uchun yung qoplami reptiliyalarda tan­ gachalar, qushlarda pat-parlar singari xarakterlidir. Ko'pchilik sutemizuvchilarning terisi yung bilan qoplangan. Yunglar te­ rida joylashgan ildizchalardan o'sib chiqadi, ya’ni teri ustiga chiqib turgan yung o'qi va teri ostida joylashgan ildizni ko'rish mumkin.
Yung o'qi o'zak, qobiq qismi va teridan iborat. O'zak g'ovak to'qimadan iborat bo'lib, uning hujayralari orasida havo bo'ladi. Qobiq qismi aksincha juda zich bo'lib, yungning qattiqligini ta’minlaydi. Yupqa tashqi teri uni kimyoviy va fizik ta’sirlardan muhofaza qiladi. Yunglarning ildizchasi maxsus yung (soch) xaltasida joylashgan. Xaltachaga yog' bezlarining yo'llari ochilgan bo'lib, bezlar ajratgan sekret teri va junni moylab, qayishqoq qiladi, ularga suv yuqtirmaydi.
Sutemizuvchilar terisidagi bezlar tuzilishi va funksiyasiga ko'ra qushlarnikidan farq qiladi. Ular terisida asosan ter, yog', hid va sut bezlari bor.
Ter bezlari naychasimon va ularning ichki qismi tugunak- simon. Ular bevosita teri yuzasiga yoki yung xaltachasiga ochi-


ladi. Ter bezlari suv va parchalanish mahsulotlarini tashqariga chiqarish va tana yuzasini sovitish vazifasini bajaradi.
Yog‘ bezlari uzum boshi shaklida bo‘lib, deyarli hamma vaqt yung xaltachasining voronkasiga ochiladi. Yog4sekreti te­ rini va yungni moylab, ulami qurib qolishdan va ho‘l bo‘lishdan saqlaydi. Yog‘ bezlari ayniqsa kitsimonlarda, kurak oyoqli- larda, sovuq iqlimda yashovchi darrandalarda va qishki uyquga ketuvchi sutemizuvchilarda yaxshi rivojlangan.
Hid bezlari o'zgargan ter va yog' bezlaridan hosil bo'ladi. Hid bezlari Amerika skunslari va susarlarda kuchli rivojlan­ gan. Muskus bezlari kabarga, vixuxol, qunduz va ondatra- larda ham bo'ladi. Bu bezlar hayvonlami bir-birini topishida va o'zlarini himoya qilishida muhim ahamiyatga ega.
Sut bezlari ham shakii o'zgargan oddiy naysimon ter bez- laridir. Sutemizuvchilarda sut bezlarining joylashishi va ular- dagi so'rg'ichlari soni har xil bo'ladi.


Topshiriqlar:
Quyonni va boshqa ekologik guruhlarga kiruvchi sutemizuvchi­ lar vakillari tulumlarini tashqi tuzilishini ko‘zdan kechirgach quyi­ dagi rasmlami albomga chizib oling:
1. Turli ekologik guruhlarga kiruvchi sutemizuvchilar vakillari tashqi ko'rinishi;
2. Quyonning tashqi ko'rinishi,
3. Sutemizuvchilar terisining tuzilishi.


20-mashgkulot. SUTEMIZUVCHILARNING ICHKI TUZILISHI
O b ’e k tn in g s i s t e m a t ik h o la t i Tip. Xordalilar - Chordata
K enja tip. Umurtqalilar - Vertebrata yoki
B o sh skeletlila r — Craniata
K a tta sinf. To'rt oyoqlilar — Tetrapoda
S in f. Sutemizuvchilar - Mammalia
T urkum . Tovushqonsimonlar — Lagomorpha
Vakil. Tolay tovushqoni — Lepus tolai Pall.
Kerakli materiallar va jihozlar: yangi o'ldirilgan quyon yoki kalamush, vannacha, jarrohlik asboblari (qaychi, pinset, skalpel, mayda tishli arracha), to'g'nog'ich ninalar, preparo- val ninalar, lupa, paxta, doka ro'molchalar. Shuningdek, sut emizuvchilar vakilining ichki tuzilishi, qon aylanish sistemasi sxemasi, erkak va urg'ochi sutemizuvchilarning siydik-tanosil sitemasi va bosh miyasining tuzilishi aks ettirilgan jadvallar.
Mashg'ulotning maqsadi: quyon yoki kalamush misoli­
da sutemizuvchilar sinfi vakillarining ichki tuzilishini o'rganish.


Ishning mazmuni: quyon yoki kalamushni yorish. Jonsiz- lantirilgan quyon yoki kalamushning oyog'ini to'g'rilab va yon tomonga tortib, vannachaga chalqancha qomini osmonga qilib yotqizish lozim. So'ngra qomidagi terini pinset bilan qisib, yuqoriga ko'tarib anal teshigidan boshlab to engak osti- gacha o'rta chiziq bo'ylab qaychi bilan terisi bo'yiga kesiladi (teri ostidagi muskul qatlam kesilmasin). Shundan so'ng terini tana muskulidan ajratib, yon tomonlarga ag'darib nina yoki to'g'nog'ich bilan vannachaga qadaladi. Tana bo'shlig'ini ochish uchun ichki organlarga zarar yetkazmasdan qorinning muskul devorini bo'yiga to ko'krak qafasigacha o'rta chiziq bo'ylab qaychi bilan kesish kerak. So'ngra oxirgi qovurg'alarining tashqi


qirralari bo'ylab yon tomonlarga ko'ndalang kesim hosil qi­ linadi. Hosil bo'lgan muskul parchalarini yon tomonlarga qayi- rib, vannachaga qadaladi.
Ko'krak qafasini ochish uchun pinset bilan to'sh suyagi­ ning qilichsimon o'simtasini ko'tarib qaychida diafragma ke- siladi, shuningdek, o'ng va chap tomondagi qovurg'alari tog'ay hamda suyak qismlari chegarasi bo'ylab yon tomonlari bilan kesilib, ko'krak qafasining o'rta qismida hosil bo'lgan kesim parchani chetga olib qo'yiladi. So'ngra ko'krak bo'shlig'i or­ ganlari o'rganiladi. Bunda bosh tomonidan ko'krak bo'shlig'iga traxeya o'tganligini ko'rish mumkin. Uni pinset bilan oldingi tomonga tortib traxeyaning ikkita bronxga ajralganjoyini ko'rish mumkin. O'pkasi och pushti rangda bo'lib, ko'krak qafasi­ ning o'ng va chap tomonida joylashgan. Pinset bilan yurak oldi xaltasini — perikardiyni ko'tarib, uni kesib, yurakni bo'shatish lozim. Yurak o'zining baland tomoni bilan orqaga qaragan bo'ladi. Yurak bo'lmasi va qorinchasini ko'zdan kechi­ ring. Bular rangi va joylashishi bilan bir-biridan keskin farq qiladi, ya’ni yurak bo'lmasi to'q qizil rangda bo'lib, och push­ ti rangli yurak qorinchasining oldida joylashgan. Yurakdan chiqadigan tomirlami qarab tekshiring. Aorta yoyini va undan chiqadigan arteriyalami toping. So'ngra qorin bo'shlig'i or- ganlarini tabiiy joylashgan holatida ko'zdan kechiring. Gum- bazsimon diafragma ostida qo'ng'ir rangli katta jigar joylash­ gan. Jigar ostida tananing o'rta yo'lidan sal chaproqda oshqo­ zon va qorin bo'shlig'ining chap qismida esa unchalik katta bo'lmagan qizil rangli taloq joylashganligini toping. Qorin bo'shlig'ining qolgan qismini esa asosan ichaklar egallagan- ligini ko'rish mumkin. Qorin bo'shlig'idan ichaklami kesib, tashqariga chiqarib qo'ygach, qorin bo'shlig'ining orqa tomo­ nida umurtqa pog'onasining ikki yonida loviya shakliga o'xshash to'q qizil rangli buyraklami toping. Jinsiy organlarini ko'zdan kechiring.



Download 15,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish