Markaziy nerv sistemasi. Qushlarning markaziy nerv sistemasi sudralib yuruvchilamikiga nisbatan kuchli taraqqiy etgan va bosh miyasining hajmi katta. Ulardagi oldingi miya yarim sharlari, ko'ruv bo'laklari, miyachasining juda katta va hidlov bo'laklarining juda kichkina bo'lishi xar- akte r lid ir (89- rasm).
Miya burmalari aniq ko‘rinadi. Oraliq miya kichkina, sust rivojlangan epifizi kam taraqqiy etgan, gipofizi yaxshi bilinib turadi. Miyacha bilan oldingi miya yarim sharlari yax shi taraqqiy etganligi uchun ko'ruv bo'laklari yon tomonga surilgan. Qushlar miyachasining kuchli rivojlanganligi, miya po'stlog'ida burmalaming ko‘p bo'lishi, uchishi, ko'ruv bo'lak larining takomil etganligi ko'zning katta bo'lishi, hidlov bo'lak-
larining kichikligi esa hidlov organlarining yaxshi rivojlanma- ganligi bilan bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |