83-rasm. Kaptaming ovqat hazm qilish sistemasi sxemasi:
A — umumiy ko'rinishi, В — yorilgan holdagi oshqozoni:
1-qizilo‘ngach, 2-jig‘ildon, 3-bezli oshqozon, 4-muskulli oshqozon, 5-o‘n ikki barmoqli ichak, froshqozon osti bezi, 7-jigar, 8-o‘t yo‘li, 9-taloq, 10-in-gichka ichak,
11-to‘g‘ri ichak, 12-kloaka, 13-ko‘richaklari, 14-muskulli oshqozon kutikulasi, 15- o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tish yo‘li.
Nafas olish sistemasi. Qushlarning nafas olish organlari sudralib yuruvchilamikiga nisbatan ancha murakkab tuzilgan.
U tashqi burun teshiklaridan boshlanib xoanalarga qo'shiladi.
Nafas olishdagi havo xoanalar orqali og'iz bo'shlig'iga, so'ngra toq (uchta) uzuksimon va bir juft cho'michsimon tog'aylardan tashkil topgan ustki hiqildoqqa, undan halqa tog'aylar bi lan o'ralgan traxeyaga o'tadi. Traxeya yurak yaqinida o'ng va chap o'pkalarga kiradigan bronxlarga bo'linadi (84-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |