1 (2) Iligining ustki qismi son patlari bilan qoplangan. Rul patlarining uchi qoramtir bo'lib, orqa qirrasi deyarli tekis.
Kaptarlar - Columba L.
2 (1) Iligining ustki qismi son patlari bilan yopilmagan, ochiq. Rul patlarining uchi oqish. Dumining orqa cheti po nasimon, bo‘rtib chiqqan.
Qurraklar - Streptopelia Brandt
K a p ta r la r u ru g ‘i n in g a y r im tu r la r in i a n iq la sh ja d v a l i
1 (2) Qanotlarida oq dog'lar bor, lekin qora ko'ndalang - targ'il chiziq yoki dog'lar bo'lmaydi. Bo'ynining yon tomon larida oqchil dog'lari bor.
Gov kaptar — Columba palimbus L.
O'zbekistonning faqat tog' o'rmonlarida uya quradi.
2 (1 ) Qanotlarida va bo'ynida oq dog'lar bo'lmaydi. Qanot larida qora ko'ndalang chiziqlar yoki qora dog'lar bo'ladi.
3 (4) Dumining uchi oldida serbar ko'ndalang oq chiziq bor. Tog‘ kaptari — Columba rupestris Pallas Respublikamiz tog'li tumanlarining sharqiy qismida uchray
di.
4 (3) Dumining uchi oldida serbar ko'ndalang oq chiziq yo'q.
5 (6) Jig'ildon va bo'yin patlarida metallsimon yaltiroq rang bor. Qanotlarida 2 ta qoramtir chiziq bor. Tumshug'i qora.
Ko‘k kaptar — Columba livia L.
Respublikamizda keng tarqalgan.
G ‘u rra k la r u r u g ‘i n in g a y r im tu r la r in i a n iq la sh j a d v a l i
1 (2) Tanasining orqa tomoni bir xil rangda, chetida tanga
chasimon oq rangli patlar bo'lmaydi. Bo'ynining orqasida qora rangli yarim halqa bor.
Musicha — Streptopelia senegalensis L.
Respublikamizda keng tarqalgan.
2(1 ) Tanasining orqa tomoni bir xil rangda bo'lmay, o'rtasi qoramtir, chetlarida oqish tangachasimon patlari bor.
3 (4) Iligi 25 mm dan kalta. Birinchi katta qoquv patining tashqi yelpig'ichi oq rangda.
Qurrak — Streptopelia turtur L.
O'zbekistonda keng tarqalgan. Qizilishtonsimonlar (Piciformes) turkumi
Kichik va o'rtacha kattalikdagi qushlar bo'lib, asosan darax- tda yashashga moslashgan. Ikkita barmog'i oldinga, ikkita yoki bitta barmog'i orqaga qaragan. Keyingi barmoqlarining bittasi yon tomonga burilishi mumkin. Tumshug'i uzun, to'g'ri va o'tkir iskanaga o'xshash. Rul patlari qattiq. O'zbekiston faunasida bitta —qizilishtonlar (Picidae) oilasining turlari tar qalgan.
Q i z i l i s h to n la r o i la s in in g u r u g ‘la r in i a n iq la sh ja d v a l i
1 (2) O'rtadagi rul patlari uzun, uchi qattiq va o'tkirlashgan.
Burun teshiklari qilsimon pat bilan qoplangan.
Ola qizilishtonlar — Dendrocopos Koch.
Turi oq qanotli qizilishton — Dendrocopos leucopterus Salvad. O'zbekistondagi hamma daraxtzorlarda uya quradi.
2 (1) O'rtadagi rul patlari uzun emas, uchi yumshoq, tekis.
Burun teshiklari pat bilan qoplanmagan.
Burmabo'yinlar — Junx L.
Turi burmabo'yin — Junx torquilla L. O'zbekistonda bu qush uchib o'tishi davrida uchraydi.
Topshiriqlar:
Qushlar sinfidan Respublikamizda keng tarqalgan chumchuqsi monlar, tovuqsimonlar, kaptarsimonlar va qizilishtonsimonlar tur- kumlarining ayrim oilalari, urug'lari va turlarini kolleksiyalardan foydalangan holda aniqlagichlar asosida o'rganib, sistematik holati ni albomingizga yozib oling.
19-mashg‘ulot.
SUTEMIZUVCHILARNING TASHQI TUZILISHI VA TERI QOPLAMI
O b ’e k tn in g s is t e m a t ik h o la t i Tip. Xordalilar — Chordata
K enja tip. Umurtqalilar — Vertebrata yoki
B o sh sk e le tlila r — Craniata
K a tta sin f. T o ‘rt oyoqlilar — Tetrapoda
S in f. Sutemizuvchilar — Mammalia
T u rkum . Tovushqonsimonlar — Lagomorpha
Vakil. Tolay tovushqoni — Lepus tolai Pall.
Kerakli materiallar va jihozlar: tirik quyon, endigina o'ldirilgan quyon yoki oq kalamush, turli ekologik guruhlarga kiruvchi sutemizuvchilar vakillarining tulumlari, qo'l lupasi, mikroskop, buyum oynachalari, preparoval ninalar, pinset, qaychi, sut emizuvchUar tashqi ko'rinishi va terisining tuzili shi aks ettirilgan jadvallar.
Mashg'ulotning maqsadi: quyon yoki kalamush misoli da sutemizuvchilar sinfi vakillarining tashqi tuzilishi va teri qoplamini o'rganish.
Ishning mazmuni: sutemizuvchilar umurtqali hayvonlar ichida eng yuksak darajada rivojlangan bo'lib, xilma-xil sha- roitlarda yashashga moslashgan. Ulaming boshqa umurtqali hayvonlarga nisbatan asosiy progressiv belgilari quyidagilardir:
1. Markaziy nerv sistemasi, ayniqsa oldingi miya katta ya rim sharlarining kulrang moddasi — oliy nerv faoliyatining markazi yuksak darajada takomillashgan. Markaziy nerv siste masining murakkab tuzilganligi bu hayvonlarga o'zgarib tura digan yashash muhiti ta’sirida yangi ko'nikmalarni oson va tez hosil qilish, ya’ni o'zgaruvchan sharoitga tez moslashuv im konini beradi.
2. Tirik tug'adi va bolalarini sut bilan boqadi.
179
3. Termoregulyatsiyaning juda takomillashganligi tana tem- peraturasining doimiyligini ta’minlaydi.
Yuqorida ko'rsatilgan progressiv belgilaridan tashqari, sut- emizuvchilarda yana o'ziga xos tuzilish belgilari bor, ya’ni sutemizuvchilaming tanasi yung bilan qoplangan va ulaming terisi turli bezlarga juda boy. Yuragi to'rt kamerali bo'lib, chap aorta yoyi saqlangan. Tishlari differensiallangan bo'lib, kurak, qoziq, kichik oziq va katta oziq tishlarga bo'lingan. Eshitish organi uch bo'limdan iborat bo'lib, o'rta qulog'ida uchta eshitish suyakchalari (uzangi, sandon va bolg'acha) bor. Sutemizuvchilarda ana shunday tuzilishdagi progressiv belgi lari asosida ular turli sharoitlarda yashashga yaxshi moslash gan. Geografik nuqtai nazardan sutemizuvchilar Antarktida- ning markaziy qismidan tashqari dunyoning barcha qit’alarida tarqalgan. Ular hamma muhitda, ya’ni suvda, yer ostida, yer ustida va daraxtlarda yashaydi. Ayrim turlari uchishga ham
moslashgan (99-100-rasmlar).
Quyonning tashqi tuzilishini o'rganish
1. Quyonni oldimizga qo'yib, gavdasining tashqi tuzilishi bilan tanishamiz. Uni bo'ynining ustidagi terisidan ushlab, gavda qismlarini qarab chiqamiz. Gavdasi bosh, bo'yin, tana, dum va ikki juft oyoqlarga bo'linishini ko'zdan kechiramiz.
2. Quyonning harakat qilishini, qaysi oyoqlari qisqa va qaysi oyoqlari uzun ekanligini qarab chiqamiz.
3. Bir burda non yoki sabzini quyon og'ziga yaqin keltirib, unga bermasdan, ovqatni asta — sekin yuqoriga ko'tarib qu yonni o'tirishga majbur qilamiz. Bunday holatda quyon nima qiladi, qanday o'tiradi va oyoqlarining qaysi qismlariga ta- yanishini aniqlaymiz.
4. Quyon bumining uchi va lablaridan tashqari, gavdasi ning hamma joyi yung bilan qoplanganligi, yungini puflasak to'garak girdob hosil bo'lishini, shu girdobga qarab quyonda
ikki xil yung, ya’ni uzun va qayishqoq yunglar, ulaming ora sida esa ingichka, kalta va mayin yunglar borligini ko'zdan kechiramiz.
5. Quyon boshining tuzilishi bilan yaxshiroq tanishamiz. Boshining oldingi qismida ustki va ostki lablar bilan o'ralgan og'iz teshigi borligi, ustki labida sezgi, tuyg'u vazifasini ba- jaruvchi uzun qillari - vibrissalari borligini qarab chiqamiz.
Quyonga sabzi yoki yosh novdani uzatib, uni qanday kem irishini kuzatamiz. Quyon ustki labining ikkiga bo'linganligi, bunday lab ildizmeva, novda, o't va boshqa o'simliklarni kemirganda unga halal bermasligini ko'zdan kechiramiz. Lab ostidagi oldingi kurak tishlarini topamiz. Quyon kemirganda yuqorigi kurak tishlarining pastki kurak tishlariga nisbatan qanday holda bo'lishini va jag'lar yumil- ganda bulardan qaysilari tashqi tomonda va qaysilari ichki tomonda yotishini kuzatamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |