Umumkasbiy fanlar bloki


Maktab jamolarda psixologik o’zaro moslik



Download 0,74 Mb.
bet34/67
Sana25.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#410204
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67
Bog'liq
psixologiya

4.4. Maktab jamolarda psixologik o’zaro moslik.

Guruh hayoti va undagi a’zolarning o’zlarini yaxshi his qilishlari ko’p jihatdan ularning hamkorlikda ishlay olishlari va bir - birlariga ijobiy munosabatda bo’la olishlariga bog’liq. Bu hodisani tushuntirish uchun psixologiyada psixologik moslik tushunchasi mavjud. Psixologik moslik deganda, guruh a’zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarining mos kelishi, qolganlarining kerak bo’lsa, tafovut qilishi nazarda tutiladi. Moslikning mezoni sifatida N. Obozov quyidagilarni ajratadi: a) faoliyat natijalari; b) a’zolarning sarflagan kuch - energiyalari; v) faoliyatdan qoniqish.

Ikki xil o’zaro moslik farqlanadi: psixofiziologik va ijtimoiy psixologik. Birinchi holatda faoliyat jarayonida odamlarning bir xil va mos tarzda harakat qila olishlari, reakstiyalar mosligi, ish ritmi va tempidagi uyg’unliklar nazarda tutilsa, ikkinchisida ijtimoiy xulqdagi moslik - ustanovkalar birligi, ehtiyoj va qiziqishlar, qarashlardagi monandlik, yo’nalishlar birligi nazarda tutiladi. Birinchi xil moslik ko’proq konveyer usulida ishlanadigan sanoat korxonalari xodimlarida samarali bo’lsa, bu oliygoh o’qituvchilari, ijodiy kasb egalarida iloji yo’q va bo’lishi mumkin emas, ularda ko’prok ijtimoiy psixologik moslikning ahamiyati kattadir.

O’tkazilgan tadqiqotlar psixologik moslikning ko’plab qirralari bo’lishi mumkinligini isbot qildi. Asosan shuni unutmaslik kerakki, qaysi faoliyat va uning maqsadi odamlarni birlashtirgan bo’lsa, o’sha maqsadni idrok qilish va birgalikda anglash istagida uygunlikning bo’lishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi.

Ishga ikki xil prinstipial jihatdan bir-biridan farq qiluvchi yondoshuv ko’rinib tkribdi. Birinchi xolatda o’qituvchi faol, ijodiy shaxs sifatida qaraladi. Bu holda rahbarning vazifasi- o’qituvchining bunyodkorlik kuch-g’ayratini rag’batlantirish orqali uning shaxsi rivojlanishiga yordam berishdan iboratdir. Ikkinchi holda o’qituvchi passiv ob’ekt sifatida qaraladi, uning faoliyati direktorning metodik maslahatlariga, uning talabchanligi va nazoratiga bevosita bog’liq bo’ladi.

1 guruh maktablarining o’z ishidan qanoatlanganlik darajasi 2 guruh maktablari pedagoglarining qanoatlanganlik darajasidan barcha ko’rsatkichlar bo’yicha ustunligi bejiz emas. 1 guruh maktablaridagi pedagogika sovetlarida ko’proq o’qituvchilarning mahoratini oshirish masalalari jamoa muxokamasi mavzusi bo’lsa, 2 guruh maktablarida o’zlashtirish va davomat foizlari, tadbirlar o’tkazilganligi haqida hisobotlar, hujjatlarni rasmiylashtirish mavzu bo’ladi. Boshqacha aytganda, bu erda jamoatchilik fikri dastavval ishning rasmiy ko’rsatkichlariga jalb etiladi. 1 guruh maktablarida jamoatchilik fikri 2 guruh maktablariga nisbatan o’qituvchilar faoliyatidagi ijobiy jihatlarni 3 baravar ko’proq, xato va kamchiliklarni esa 2,5 baravar kamroq qayd etadi. 2 guruh maktablarining o’qituvchilari anketalarda o’qituvchilarning qimmatli vaqtini oladigan va o’z o’stida ishlashga to’sqinlik qiladigan tinimsiz majlislar va kengashlardan shikoyat qiladilar.

Pedagogik jamoaning ma’naviy hayoti muammosini har doim birinchi o’ringa qo’ygan V.A.Suxomlinskiy bunday deb yozgan edi: «maktabga rahbarlikning ko’p yillik tajribasi shunga ishonch tug’diradiki, o’qituvchilarni turli-tuman yozuv-chizuvlardan holi etish va himoya qilish kerak… »

Bizning pedagogik jamoa quyidagilarni qoida qilib olgan edi: o’qituvchi darslardan keyin haftasiga faqat ikki kun band bo’lishi mumkin (metodik ish, pedagogika kuni, sinfdan tashqari ish). Iloji boricha ko’proq vaqt mustaqil o’qishga, madaniyatning eng muhim manbai bo’lmish kitob bilan ma’naviy muloqotda bo’lishga sarflanishi kerak edi. Bu jamoa ma’naviy turmushining asosidir.

V.A.Suxomlinskiy ajoyib kutubxona va fonoteka tashqil etilgan edi. «Kitobga qiziqish, kitobga muhabbat va hurmat vaziyatni stixiyali ravishda yoki rahbarlik ko’rsatmalari natijasida tug’ilmaydi. Ma’muriy yo’l bilan bu erda hech nimaga erishib bo’lmaydi» - deb yozgan edi pedagog.

Avval o’qituvchilar xonasida ijtimoiy, madaniy, pedagogik, axloqiy muammolarga doir kitoblar stendi paydo bo’ldi. Shundan keyin eng qiziqarli kitoblarni muxokama qilish uchun to’plana boshladilar, ularga yuqori sinf o’quvchilari ham taklif etilardi. Xullas, xoxlaganlargina kelishardi.

V.A.Suxomlinskiyning haqqoniy hisoblashicha, tadqiqot elementlarisiz pedagogik mehnatning bo’lishi mumkin emas. U odatdagi kundalik mehnat jarayonida pedagogga tadqiqot o’tkazish imkoniyatini yaratib berishni maktab direktorining vazifalaridan biri deb belgilagan edi. O’qituvchining tadqiqotchilikka oshno etishni u ko’zatish, o’rganish, faktlarni taxlil etish metodikasini ko’rsatishdan boshlash kerakligini maslahat beradi. Maktabda ijodiy faoliyatni vujudga keltrishda ta’lim va tarbiya ishida katta tajribaga ega bo’lgan pedagogik mehnat ustalari namuna bo’lishlari kerak.

«Maktabga rahbarlik qilishning mohiyati tarbiyadek qayin ishda o’qituvchilar ko’z o’ngida ilg’or pedagogik g’oyalarni o’zida mujassamlashtirgan eng yaxshi tajriba vujudga kelishi, etilib borishi va qaror topishidan iboratdir. Bu tajribaning ijodkori bo’lgan, mehnati boshqa tarbiyachilar uchun namuna bo’lgan kishi maktab direktori bo’lishi kerak. Eng yaxshi tarbiyachi bo’lgan ana shunday direktorsiz bugungi kunda maktkbni tasavvur qilib bo’lmaydi». Aynan shuning uchun V.A.Suxomlinskiy maktabida pedagogik va bolalar jamoalariga o’zluksiz ma’naviy o’sish muhiti singib ketgan edi.

Lekin bir kishi, u juda iste’dodli bo’lsa ham, ko’pchilik pedagoglarning qo’llav-quvvatlashisiz o’z ishida cheklanib qoladi. Faqat jamoaga pedagog mahoratining o’sishi va shakllanishini ta’sinlaydi. Bu fikrni A.S.Makaronko doimo ta’kidlaydi: « pedagogik jamoaning birligi-mutlaqo hal qiluvchi narsadir, eng yosh, eng tajribasiz pedagog yaxshi mahoratli pedagog bosh bo’lgan yagona uyushgan jamoada pedagogik jamoaga zid ish tutadigan har qanday tajribal va iste’dodli pedagogdan ko’proq ish qiladi. Pedagogik jamoadagi shaxsiyatparastlik va bo’zuqchilikdan xavfliroq, jirkanchroq, zararliroq hech narsa yo’q».

A.S.Makarenkoni pedagogik jamoalar o’zoq vaqt mavjud bo’lishi foydasiga quyidagi dalillarni keltiradi:

Pedagog «xo’jalik va tashkilotchilik tajribasi»ni egallaganida tarbiya muassasasi uchun eng ko’p foyda keltiriladi, buning uchun esa vaqt kerak.«Joyida o’rnashib qolgan, o’zining jamoa bilan bog’liqligini qasqa bir davr deb emas, jiddiy va o’zoq davom etadigan, o’z turmushining bir davri deb his etadigan tarbiyachi, faqat shunday tarbiyachigina biron narsa qilishga qodir. Faqat o’zoq saqlanadigan jamoagina katta tarbiyalanuvchilar bilan ko’agina mustahkam va ko’pgina o’ziga xos aloqalarni vujdga keltiradi, juda zarur bo’lgan yagona jamoani barpo etadi. Shaxsan ko’zatmay turib, tarbiyachilar bilan tarbiyalanuvchilar o’rtasida vujudga keladigan jozibaga boy munosabatlarni tasavvur etish qayin… ularni hech qanday revizor yoki inspektor seza olmaydi, chunki ular tumtaroq shakllardan, alohida ifodalardan holidir. Bu munosabatlar osoyishta, o’ziga ishonchlidir. Birgalikda boshdan o’tkazilgan tajriba, muhtojlik, quvonch va jilmayish-bo’larning barchasi xuddi ish kabi odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi».

Lekin pedagog haddan tashqari o’zoq davom etadigan jamoaning salbiy oqibatlarini ham inobatga oladi, chunki bitta bolalar muassasasidap o’zoq vaqt mehnat qilish ayrim pedagoglarda ishlarni haddan tashqari yuzaki bajarish odatini, nihoyat shunchaki charchoqlikni vujudga keltiradi. Hozir ijtimoiy psixologiyada tarkib topgan jamoaga yangi kishilarning muntazam qo’shilishi «zarurligi» anglab etilgan.

Makarenko hozirgi jamoa ruhiy xolati g’oyasini oldindan aytib bergan edi. U huqqoniy ravishda tajribali xodimning ijobiy fazilatlari ham doim foydali bo’ladi, lekin butun bir jamoa albatta o’z tarkibida «yosh, hatto mutlaqo tajribasiz yoshlarga» ham ega bo’lishi kerak, deb hisoblardi. «gap shundaki,-deb yozgan edi A.S.Makarenko,-tarbiyalanuvchilarimizning pedagoglarning g’oyat tajribaliligi bilan ezib qo’ymaslik kerak. qaerdadir ularning rahbarlik qiloish, buyruq berish, ko’rsatish, hal qilishga bo’lgan intilishlarini namoyon etishlari uchun yo’l qoldirilishi kerak. Chumasi, bu huddi o’sha xavaskorlik bo’lib, bu haqida ko’pdan buyon ancha yaxshi gaplar aytilgan.

Pedagoglarning ajoyib bilimdonligi, ularning echimini topish, shartlarni topish va belgilash, hech nimani unutmaslik va haddan oshirib yubormaslik ko’nikmalari,-pedagoglarning g’oyat zarur qobiliyatlari, agar ular ortiqcha miqdorda namoyon bo’lsa, bolalar havaskorligini ancha cheklab qo’yadi…

Yosh, tajribasiz tarbiyachilar ko’pgina yaxshi jihatlarga egadirlar, lekin ular orasidagi eng muhimi shundaki: ular soxta, xo’jako’rsinga emas, balki haqiqiy, xavaskorlik uchun tabiiy sog’lom muhitni tashqil etishlaridan iboratdir.»

Hozirgi tadqiqotlarning ko’rsatishicha, jamoa muhiti ko’p jihatdan tajribali va yosh mutaxassislarning hamkorligi bilan belgilanadi. «Bunday holatda yosh va qobiliyatli kishili kishilarga ko’rsatiladigan madad eng muhim jihatlardan biridir. Ko’proq mustaqillikka intilayotgan ana shunday kishilardan iborat jamoalarda bunday intilishni qondirishning o’ziyoq jamoa kuch-g’ayratining ko’pgina resurslarini bo’shatadi va ularni ijodiy izlanishlarga yo’naltiradi.»

Biroq xozirgi pedagogika jamoalarida psixologiyada «adaptastiya paradoksi» deb nomlangan xolat keng tarqalganki, unga muvofiq yangi jamoada o’z xatti-harakatlarida kamroq mustaqil bo’lgan yosh mutaxassislar muvaffaqiyatliroq moslashadilar, ko’proq ijodkor bo’lgan bog’lovchi pedagoglar esa ko’proq «ziddiyatli vaziyatlar» manbai bo’lib qoladilar. Bu shunday achinarli faktga olib keladiki, yosh ijodkor o’qituvchilar ko’pchilik xollarda maktabdan ketib qoladilar, halol ijrochilar esa qoladilar.

Kattalar jamoasini shakllantirish o’z qiyinchiliklariga ega. Dastavval, pedagogik jdamoaning barcha a’zolari-bu qadriyatlar va normalar, yo’lqyo’riqlar va andozalar, afsuski har doim ham ularning imkoniyatlariga mos kelavermaydigan baholar va o’z-o’zini baholash sistemasi tarkib topgan katta kishilardir.

Bolalar jamoasida ruhiy muhat ko’p jihatdan pedagogning, ya’ni jamoa tepasida turgan kishining xulq-atvor borasida tutgan yo’li bilan belgilanadi.. kattalar jamoasida ruhiy muhitni rahbariyatning hulq-atvor sohasidagi yo’li ham, jamoa barcha a’zolarining kuch-g’ayrati ham belgilaydi. Ularning barchasi, shu jumladan, rahbar ham, jamoa ichida mehnat qiladi, shu sababli pedagoglarning refleksiv fazilatlari (ya’ni vaziyatni va unda o’zini chetda ko’ra bilish qobiliyati) nihoyatda muhim o’rin tutadi.

Bizga ma’lumki, emostional bexbudlikning mavjudligi-jamoadagi yaxshi ruhiy muhitning shartlaridan biridir. Har bir odam har qanday yoshda hayrixohlikka, e’tirof etilishga, hamjihatlikka muhtoj bo’ladi. Emostional behbudlikning o’zi uchun zarurligini hamma vaqt ham tushunavermaydi. Bu erda ichki yo’l-yo’riqlarning turli variantlari bo’lishi mumkin: «boshqalarni yuz-xotir qilmay emostional behbudlikni xohlayman…» yoki «har qanday yo’l bilan boshqalarning hisobiga bo’lsa ham emostional behbudlikni xohlayman».

Turmushning boshqa sohalarida bo’lganidek, mulqotda ham o’ziga yo’naltirilgan «iste’molchilar»ham, boshqalarga yo’naltirilgan, muloqotning emostional markazi, «katalizatori» hisoblangan «muhit tashqilotchilari» ham bo’ladi. qulay muhit uchun safsatabozlikka, munofiqlikka, loqaydlikka qarshiko’rashish kerak. Bu borada mardlik, donolik, sabr-bardosh kerak.

Lekin aniq-ravshan qarshiliklardan tashqari, qulay muhitni faol va ishonchli tarzda yoqlaydigan, ammo jamoa uchun hech nima qilmaydiganlarga qarshiko’rashishga ham to’g’ri keladi.




Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish