Qiyoslash guruhlari - bu shunday guruhki, shaxs o’sha guruhga kirishni, uning ma’qullashiga muxtoj bo’lmaydi, lekin o’z harakatlarini yo’lga solishda unga asoslanadi va korrekstiya qiladi. Masalan, o’quvchilar guruhida shunday yoshlar bo’lishi mumkinki, shaxs ular bilan umuman muloqotda bo’lmaydi, ularning fikrlari yoki qarashlarini yoklamaydi, lekin bu guruh aynan o’shalarga o’xshamaslik va o’z ustida ko’prok ishlashga o’zini safarbar qilish uchun kerak. Yoki talaba yoshlar sessiya yakunlariga ko’ra differenstial stipendiya oladilar. A’lochi o’quvchilar o’zlarini nafaqat oddiy, o’rtachalar bilan balki, davlat olimpidalarida oladiganlar sovrunlar bilan ham solishtiradi. Ko’rsatgichlar kanchalik yuqori bo’lsa, shunga mos da’vogarlik darajasi ham yuqori bo’ladi, shaxsning kiyoslash guruhlari ham ortiqroq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |