648
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
ilm bilan hosil bo‘ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko‘rgan emas. Ilmni egallab olish
esa bir san’atdir.”
Sharq hikmatidan
Bola bilimga qiziqmasdan turib, o‘qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli o‘qiy
olmaydi. Bolada o‘z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o‘qishga jalb etish, ilk
yutuqlari uchun rag‘batlantirish ayniqsa ahamiyatlidir. Boladagi o‘qishga qiziquvchanlik
yengishga, faolligini oshirishga ishonch uyg‘otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib
keladi.
O‘quv mehnatiga ongli munosabatda bo‘lishlik ta’limning ijtimoiy, o‘qishning
shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir. Sinf rahbari o‘quvchilarga ularning bosh
vazifasi – o‘qish ekanligini tushuntirishi kerak. O‘qishga mas’uliyat hissi, faqat Vatan
oldidagi burchigina emas, keng ijtimoiy qamrovli – jamoa, o‘qituvchilar, ota – onalar va
o‘z oldidagi mas’uliyat, ularning fikrlari, ma’qullashlarini eshitishga intilish, sinf, o‘quv
jamoasida munosib o‘rinni egallashga ham tegishlidir.
O‘zlashtirishning past bo‘lishi esa aksariyat hollarda, o‘quvni tizimli va rejali olib
borish iqtidori va ko‘nikmasining bolalarda shakllanmaganligidan kelib chiqadi.
Sinf rahbarining va fan o‘qituvchilarining asosiy vazifasi har bir o‘quvchining
faoliyatini quyidagi shartlar asosida qurish bilan bog‘liq:
1. Faoliyatni reja asosida qurish.
2. Qunt bilan ishlash.
3. Saranjomlikka o‘rgatish.
4. Bilim sifatini oshirish.
5. Qiyinchiliklarni yengish.
6. O‘quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish. (Bu degani o‘quv mehnatini
o‘quvchining dam olishi bilan to‘g‘ri almashtirib borishlidir.)
7. O‘qishda o‘zaro yordan uyushtirish. (Sinfda vaqt tejaladi, sinfning birdamligini
oshiradi, jamoatchilik ruhining shakllanishiga olib keladi.)
8. Sinf o‘qituvchilari bilan hamkorlik. (Sinf rahbari ta’lim – tarbiyaviy ishlarni
yakka o‘zi emas, balki shu sinfda dars beruvchi boshqa o‘qituvchilar bilan
hamkorlikda olib boradi.)
Endi bevosita ana shu ishlar mazmuni bilan tanishib chiqamiz.
Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish jarayonida o‘qish nafaqat har
kimning ishi, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ish ekanligini o‘quvchilarga
tushuntirib boradi. Mustaqil davlatimiz, butun xalqimiz maktab dargohidan chuqur
bilimli, hayotga har tomonlama tayyorlangan o‘quvchilarni yetishib chiqishini kutmoqda.
Bular haqida sinf majlislarida, har bir o‘quvchi bilan alohida yoki bir guruh o‘quvchilar
bilan o‘tkaziladigan suhbatlarda, turli tarbiyaviy tadbirlarda sinf rahbari batafsil gapirib
beradi. O‘qish bu jiddiy mehnat ekanligini va bunga astoydil yondashish, katta mas’uliyat
Do'stlaringiz bilan baham: |