633
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Mustaqillikka erishgach, ta’limda, umuman, barcha jabhalarda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, hech qanday to‘siqlarsiz axborot izlash,
olish, tekshirish, uzatish hamda axborotlarni yanada takomillashtirish yuzasidan qator
chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinmoqda. Ushbu chora-tadbirlarning
uzluksiz amalga oshirilib borilishi O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi
prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi
to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan.
Axborot texnologiyalari qo‘llanadigan darslarning qulayligi shundaki, unda
o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy ketma – ket
kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak holarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat
yaratiladi.
Shuning uchun ham axborot texnologiyalari asosidagi darslarda qiziqish, o‘zini -
o‘zi boshqarish, yangi bilimlarni o‘zlashtirib borishga intilish dars oxirigacha saqlanib
qoladi. Bunday darslarda o‘quvchining bilim olish motivatsiyasi oshib boradi.
Axborot texnologiyalarining ta'lim jarayoniga kirib kelishi bilan “Inson va
kompyuter” muammosi markaziy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ta'lim jarayoni
- axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta
ishlash va amalga oshirish jarayonidir. Bu jarayonning to‘g‘ri, maqsadli tamonga
qaratilgan yo‘nalish, imkoniyatlarini topishga to‘g‘ri keladi.
O‘quv jarayoni axborotni taqdim qilishdek alohida va muhim funksiyani bajarishi
lozim. Bu jarayonda “Inson – inson” va “Inson – kompyuter” o‘rtasidagi aloqa bog‘lovchi
vosita “axborot” hisoblanadi. Ta’lim sohasining asosiy resursi – axborotdir, shuning
uchun axborot tushunchasiga kengroq to‘xtalib o‘tamiz.
Yer yuzida jonli mavjudotlarning paydo bo‘lishi bilan birgalikda ularning
taraqqiyoti hamda atrof muhit to‘g‘risidagi, voqea-hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
bilish va ular to‘g‘risida axborot olish, shu axborotlar asosida yashash sharoitlarini
belgilash, rivojlanish taraqqiyotini anglash katta ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, vaqt o‘tishi bilan birgalikda tabiatning insonlar tomonidan
o‘rganilishi davomida bu axborotlarga yaratilayotgan va ishlatilayotgan mashinalar,
apparatlar, o‘lchov asboblari, texnologik jarayonlar haqidagi axborotlar qo‘shilib bordi.
Axborot odamlar o‘rtasida uzatiladigan ma’lumotlar hisoblanib, ijtimoiy - iqtisodiy
taraqqiyot darajasini belgilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.
Axborot - agarda tayyorlangan ma’lumotlardan biror narsa (jarayon, hodisa)
to‘g‘risida aniqlikni oshirish maqsadida foydalanilsa, u holda foydalanilgan ma’lumotlar
axborot deb ataladi.
Axborotlar ta’lim – tarbiya jarayonlarini boshqarishda asosiy manbaa bo‘lib
hisoblanadi, chunki ular obyektdan olingan axborotlarni tizimlarga (qismlarga) ajratish
va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo‘yicha uzatish algoritmlarini amalga joriy
etishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |