594
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini nazarda tutadigan bo‘lsak, ular tabiatan
qiziquvchan bo‘lishadi. Tabiiy hodisa va jarayonlarni o‘qituvchining tayyor axboroti yoki
darslikdagi ilmiy tilda yozilgan maʼlumotlar o‘quvchilarning qiziquvchanligini
so‘ndiradi.
O‘quv dasturidan o‘rin olgan mavzularni o‘qituvchi boshchiligida kichik “olimlar”
sifatida o‘rganish (tadqiq etish) o‘quvchilarning tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini
yanada oshiradi, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantiradi, o‘quvchilarning faol o‘quv-
bilish faoliyatini tashkil etishga imkon beradi. O‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati
orqali kompetentsiyalar shakllanishiga erishiladi.
Maktabda o‘quvchilarning o‘zaro, o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi hurmat,
darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning tashkil etilganligi, ota-onalar o‘z farzandi
va uning o‘qishiga eʼtibor qaratishlari, uyda dars tayyorlashga sharoit yaratib
berganliklari ham o‘quvchilarning natijasiga ijobiy taʼsir ko‘rsatuvchi omillar sanaladi.
O‘qituvchilarning to‘laqonli pedagogik faoliyat yuritishlari uchun bir qator
sharoitlar yaratilishi, eng avvalo, fan o‘quv dasturlari va darsliklarini ilg‘or xorijiy
tajribalar asosida takomillashtirish, maktab moddiy texnik bazasini mustahkamlash,
maktabda kimyo, biologiya, fizika fan xonalari, zarur laboratoriya jihozlari va ular
saqlanadigan laboratoriya xonalari, laborant, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma,
o‘quvchining mashq daftari bo‘lishi zarur.
Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
markazlari o‘quv dasturlaridan Xalq taʼlimi tizimida amalga oshiriladigan xalqaro
tadqiqotlarga oid mavzular o‘rin olgan, xususan, biologiya o‘qituvchilari malaka oshirish
kurslari uchun “Biologiya fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar”
moduli doirasida “Taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlar (PISА,
TIMSS)” mavzusi uchun nazariy 2 soat, amaliy mashg‘ulotlar uchun 4 soat ajratilgan.
Xalqaro tadqiqotlarga munosib tayyorgarlik ko‘rish dolzarb vazifa ekanini anglagan
holda, ushbu modulning boshqa mavzulari ham xalqaro tadqiqotlar, xorijiy davlatlarning
tabiiy fanlarni o‘qitishdagi ilg‘or tajribalari, kompetensiyaviy yondashuvni amalga
oshirish yo‘llari haqidagi maʼlumotlar bilan yo‘g‘rilgan holda tinglovchilarga taqdim
etilmoqda.
Shuningdek, malaka oshirish kursining “Biologiya fanini o‘qitish metodikasi”
modulidan o‘rin olgan mavzularni o‘qitishda ham bugungi kun talablari inobatga olingan:
“Biologiya fanini o‘qitishda faol va interfaol metodlardan foydalanish”, “Biologiya fanini
o‘qitishda zamonaviy taʼlim texnologiyalarini qo‘llash”, “Dars ishlanmalarini ishlab
chiqishga qo‘yiladigan zamonaviy talablar”, “Biologiya fanini o‘qitishda darsdan
tashqari ishlarni tashkil etish” va boshqa mavzular shular jumlasidandir. Tinglovchilarga
taqdim etiladigan malaka ishi mavzulari orasida xalqaro tadqiqotlarga oid mavzular ham
o‘rin olgan. Bunday chora-tadbirlar o‘qituvchilarning xalqaro tadqiqotlarning mazmun-
mohiyati haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilmoqda, ammo o‘qituvchilarning 5
Do'stlaringiz bilan baham: |