593
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasi quyidagi ko‘nikmalarni o‘z
ichiga oladi: tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan tegishli bilimlarni yodga olish va ulardan
foydalanish; izohlovchi modellar va tasvirlarni anglash, yaratish va ulardan foydalanish;
tegishli prognozlar qilish va asoslash; izohlovchi farazlarni taklif etish; ilmiy bilishning
jamiyat uchun amaliy ahamiyatini tushuntirish.
Ilmiy
tadqiqotlarni
loyihalash
va
baholash
kompetensiyasi
quyidagi
ko‘nikmmalarni qamrab oladi: berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini baholash;
ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo‘lgan savollarni farqlash; berilgan muammoni ilmiy
tadqiq etish usulini taklif etish; berilgan ilmiy tadqiqotda o‘rganilayotgan muammoni
aniqlash; ma’lumotlarning obyektivligi va ishonchliligini ta’minlashda olimlar
tomonidan qo‘llaniladigan usullarni tavsiflash va baholash.
Maʼlumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyasi quyidagi ko‘nikmalarni
o‘z ichiga oladi: maʼlum bir ko‘rinishdagi maʼlumotlarni boshqa ko‘rinishda ifodalash;
maʼlumotlarni tahlil va talqin qilish hamda tegishli xulosalar chiqarish; ilmiy
adabiyotlardan olingan matnlardagi faraz, dalil va xulosalarni aniqlash; ilmiy dalil va
nazariyalarga asoslangan mulohazalarni ilmiy bo‘lmagan boshqa qarashlardan farqlay
olish; turli manbalar (masalan, gazeta, jurnal, Internet)dan olingan ilmiy mulohaza va
dalillarni baholash [2].
PISA topshiriqlari mazkur tadqiqotning baholash vositasidir, yaʼni o‘quvchilarning
tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligi PISA topshiriqlari yordamida baholanadi. Har bir
PISA topshirig‘i bir yoki bir nechta savolni o‘z ichiga oladi. PISA topshiriqlarining o‘ziga
xos xususiyati shundaki, ularda hayotiy, real muammoli vaziyatlar aks etadi.
PISA tadqiqotida o‘quvchilardan test olinadi, o‘quvchi so‘rovnomasi va maktab
rahbari so‘rovnomasi to‘ldiriladi. Bularning natijalari har tomonlama chuqur tahlil
qilinadi. PISA tadqiqoti ishtirokchi mamlakatlar taʼlim tizimi yuzasidan ilmiy asoslangan
tahlillarni taqdim etadi.
Mamlakatlar esa o‘z taʼlim tizimini zamon talablari asosida rivojlantirish
strategiyasini belgilashda ushbu tahlillardan foydalanishadi. Ushbu tadqiqot reytingida
yuqori o‘rinni egallab kelayotgan davlatlarning taʼlim tizimini o‘rganish va ilg‘or
tajribalarini qo‘llashga qiziqish ortib bormoqda.
PISA tadqiqoti tahlillari o‘quvchilarning funksional savodxonlik darajasi, eng
avvalo, o‘qituvchilarning kasbiy malakasiga bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. PISА reytingida
eng yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan Singapur davlatida o‘qituvchilarni tayyorlash,
ularning kasbiy mahoratini yuksaltirishga juda katta eʼtibor qaratiladi. Bundan tashqari,
Singapur o‘quv dasturlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda o‘quvchilar tadqiqotchi,
o‘qituvchi esa tadqiqotga boshchilik qilishi qayd etilgan [3].
Tabiiy fanlarni o‘qitishda tabiiy hodisa-jarayonlar darslikda tayyor axborot holida
berilmasdan, ularni fanning ilmiy-tadqiqot metodlarini qo‘llagan holda tajriba o‘tkazish
orqali o‘rganishga urg‘u beriladi [4].
Do'stlaringiz bilan baham: |