Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet864/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   860   861   862   863   864   865   866   867   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

580

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

mamlakat  o‘quvchilari  natijalari  solishtirilganda  18  ta  davlat  4-sinf  o‘quvchilarining 

matnni o‘qib tushunish darajasi yuqorilagan. PIRLS xalqaro tadqiqotlar natijalari asosida 

boshlang‘ich  ta’limda  islohotlar  olib  borib;  Avstraliya,  Avstriya,  Bolgariya,Tayvan, 

Angliya,  Vengriya,  Italiya,  Irlandiya,  Litva,  Marokko,  Norvegiya,  Ummon,  Qatar, 

Rossiya  Federatsiyasi,  Sloveniya,  Ispaniya,  Birlashgan  Arab  Amirliklari,  Shvetsiya 

davlatlarida o‘sish aniqlandi. 

Taqqoslash  asosida  13  mamlakatning  natijalari  o‘zgarishsiz  qolgan,  bular; 

Azarbayjon,  Chexiya,  Finlyandiya,  Gruziya,  Germaniya,  Gonkong,  Niderlandiya, 

Shimoliy  Irlandiya,  Saudiya  Arabistoni,  Singapur,  Slovakiya,  Janubiy  Amerika 

Respublikasi,  Trinidad  Tobago  davlatlaridir.  Belgiya(fr),  Kanada,  Daniya,  Fransiya, 

Eron,  Isroil,  Malta,  Yangi  Zelandiya,  Portugaliya,  AQSH  (10  ta)  davlatlari 

o‘quvchilarining natijalari pastlagan. 

Tadqiqotda ta’lim oluvchilarning to‘rtinchi sinfgacha olgan bilimlari sinab ko‘riladi, 

chunki mazkur yosh bolalarning rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib hisoblanadi. 4-sinf 

boshlang‘ich sinfning bitiruvchi o‘quv yili bo‘lib, so‘ngra o‘quvchilar  yuqori sinflarda 

o‘qishlarini davom ettirishlari kerak, bu ta’lim esa keyingi ta’lim olishlarining poydevor 

vositasiga aylanadi. 

O‘zbekiston  davlati  ham  ta’limida  islohotlarni  rivojlantirib,  farzandlarimizning 

o‘qishga  qiziqishini  oshirish  uchun  2018-yil  PIRLS  xalqaro  tadqiqotlariga  qatnashish 

uchun shartnomalarga erishdi. 

2021-yildagi PIRLS xalqaro tadqiqotida O‘zbekiston ilk marotaba qatnashib, 2022-

yil oxiriga borib xalqaro ekspertlar tomonidan boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligi 

monitoring natijalari olinadi. O‘quvchilarimizning matnni o‘qishi va tushunishi bo‘yicha 

xalqaro ta’lim bilan solishtirish, tahlil qilish imkoni yaratiladi.  

2019-2020-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 9942 ta maktab mavjud, 

shundan:  shaharda  2709  ta,  qishloq  hududida  6644  ta,  olis  hududlarda  589  tasi 

joylashgan.  Mazkur  maktablarning  4-sinflarida  639  270  nafar  o‘quvchilar  tahsil  oladi, 

shundan: o‘zbek tilida 544 942, rus tilida 67 540, qoraqalpoq tilida 13 641, tojik tilida 5 

590, qozoq tilida 5 711, qirg‘iz tilida 801, turkman tilida 1 045 nafarni tashkil qiladi. 

Ta’lim oluvchilarning 309 924 nafari qiz bolalar 48,5 foizni, 329 346 nafari o‘g‘il bolalar 

esa  51,5  foizni  tashkil  qiladi.  PIPLS  xalqaro  baholash  dasturining  o‘tkaziladigan 

sinovlarida  Respublikamizning  qaysi  hududlari,  qaysi  maktablar,  qaysi  tilda  ta’lim 

oluvchi,  qaysi  jinsdagi  va  qaysi  o‘quvchilar  qatnashishi  xalqaro  ekspertlar  tomonidan 

o‘quvchilarining umumiy sonidan kelib chiqib belgilab olinadi. 

2020-yilgi  o‘tkaziladigan  PIRLS  xalqaro  sinov  tadqiqotlari  aprel-may  oylari 

(karonavirus pandemiyasi tufayli nomuayyan muddatga qoldirildi)da O‘zbekistondagi 28 

ta:  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Amudaryo  tumani  28,  31-son  umumiy  o‘rta  ta’lim 

maktab,  Qorauzak  tumani  13,  28-son  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktab,  Toshkent  shahri 

Uchtepa tumani 38-son umumiy o‘rta ta’lim maktab, Andijon viloyati Balqichi tumani 



 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   860   861   862   863   864   865   866   867   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish