579
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
mamlakatlaridagi boshlang‘ich maktab 4-sinf o‘quvchilari tomonidan badiiy va axborot
matnlarini o‘qish hamda o‘qiganlarini mushohada qilib, tushunishni baholab, tahlil qiladi.
PIRLS xalqaro tadqiqot monitoringi badiiy va axborot matnlari asosida
o‘quvchilarning savodxonlik va bilim darajasini, shaxsiy o‘qish ko‘nikmalarining
shakllanishini baholash, turli tadqiqot sikllaridagi o‘zgarishlarni tahlil qilish va h.k.
vazifalarni bajaradi. Sinov paytida vaqt cheklangan bo‘lib, o‘quvchilarga xalqaro
tadqiqot bankining barcha topshiriqlarini bajarish imkoniyati mavjud emas. Chunki
tadqiqotda taxminan 10 ta matn va matndan kelib chiqib 135 tadan ortiq topshiriqlar
kirtiladi. Shuning uchun, xalqaro sinovni tuzishda va natijalarni qayta ishlashda
zamonaviy sinov nazariyasi (IRT – Item Response Theogu) ishlatiladi. Ushbu nazariya
tadqiqot davomida cheklangan miqdordagi vazifalarni (30 tagacha) o‘quvchilarning
shaxsiy xususiyatlari, o‘qituvchilar va ta’lim muassasalarining xususiyatlarini hisobga
olgan holda, anketa savollariga berilgan javoblarni tahlil qilish natijasida, har bir bola va
har bir mamlakat uchun miqdoriy ko‘rsatkichlar, xalqaro ma’lumotlarni individual
o‘quvchilar yoki butun guruh o‘quvchilari tomonidan bajarishi mumkinligini tavsiflaydi.
2016-yilda o‘tkazilgan PIRLS tadqoqotida materiallar 16 variantda ishlangan bo‘lib,
ularning har biri bir xil qiyinchilik darajasiga ega bo‘lgan. Har bir o‘quvchiga ikkita ya’ni
badiiy va ilmiy-ommabop matnlar va har bir matn uchun 12-17 ta topshiriqlar berilgan.
Tadqiqot ma’lumotlarini statistik qayta ishlash natijasida har bir sinovdan
o‘tayotganlar xalqaro 1000 ballik shkala bo‘yicha baholanadi. O‘qish savodxonligini
baholash, badiiy va axborot matnlarini o‘qish sifatini baholash va o‘qish qobiliyatining
individual va guruhlarda baholash uchun alohida mustaqil shkalalar asosida olib boriladi.
PIRLS baholash mezoni xalqaro tadqiqot shkalasi 2001-yilda tuzilgan bo‘lib,
baholash mezoni tadqiqotda ishtirok etgan barcha mamlakatlarning o‘rtacha ballari
standart 100 ball farq bilan 500 ball deb qabul qilinganligini hisobga oladi. Keyingi
barcha ilmiy izlanishlarning natijalari (2006 va 2011, 2016 yillar) 2001-yil shkalasida
asosida o‘lchangan. Bu o‘z navbatida tadqiqot o‘tkazilgan yillar natijalari va ularning
o‘zgarish tendensiyalarini taqqoslash imkonini beradi.
2011, 2016-yillar ma’lumotlariga ko‘ra Rossiya, Singapur, Gonkong, Irlandiya va
Finlyandiya davlatlarida o‘quvchilarning matnni mutolaa qilishi muvaffaqiyatli
natijalarni ko‘rsatgan. Ushbu davlatlarning to‘rtinchi sinf o‘quvchilari barcha ishtirok
etgan davlatlar orasidan eng yaxshi ko‘rsatkichni namoyish etib, mamlakatlarning
o‘rtacha ballari orasidagi farq unchalik katta bo‘lmagan.
Tadqiqotning 2016-yilgi natijalariga ko‘ra boshlang‘ich maktablarni bitirayotgan
rossiyaliklarning o‘rtacha balli eng yuqori 581 ballni tashkil qildi. Singapur, Gonkong,
Irlandiya va Finlyandiya davlatlari o‘quvchilarining ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq
minimal va statistik ahamiyatga ega emas.
2016-yilda yaxshi natijalarga erishgan ko‘pgina davlatlar 2011-yilga nisbatan o‘z
ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshiladilar. 2011-yil va 2016-yilda qatnashgan 41 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |