51
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
tasavvurlarida qayta tiklab, beixtiyor o‘tmishni hozirgi zamon bilan taqqoslaydilar.
Manba va dalillarni loyiha asosida ko‘ngilli va mustaqil o‘rganayotgan o‘quvchida yangi
tasavvurlar paydo bo‘ladi. Bu tasavvurlar asosida u yangi tushuncha hosil qiladi. Yangi
tushunchalar o‘z navbatida o‘rganilgan ma’lum bir manbalar, dalillar va ma’lumotni
umumlashtiriladi, shu asosda xulosalar chiqariladi. Demak, o‘quvchi an’anaviy dars
mashg‘ulotidan farq qilgan holda loyiha metodi asosida yangi bilim oladi. Hozirgi maktab
partasida o‘tirgan o‘quvchi katta bo‘lgandan so‘ng hozirgi katta yoshlilardan tubdan farq
qiladi, ularning kelajakdagi faoliyati yanada mahsuldor bo‘lib, uning jamiyatda yashashi
uchun qulay, foydali shart sharoit yaratilishiga tayyor omil bo‘ladi. Loyihalash ishlari
oldindan tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi, shuning uchun vazifa oldindan aniqlanadi.
O‘quvchilar ishlab chiqilgan topshiriqlarni mustaqil ravishda o‘zaro taqsimlashadi. Tarix
o‘qitish jarayonida loyihalash faoliyatini amalga oshirishda o‘quvchilarning yoshga doir
xususiyatlarni hisobga olgan holda loyiha metodidan foydalanish lozim. Xususan, 5-sinf
tarix darslarida o‘quvchilar bilan birgalikda “Qadimgi odamlar izlaridan” mavzusidagi
amaliy loyiha ishlab chiqilsa, ishning maqsadi qadimgi odamning yaratgan
kashfiyotlarini og‘zaki yoki illustratsiyalar vositasida o‘rganishdan iborat bo‘ladi. 6-sinf
tarix darslarida o‘qib chiqilgan manbalar dialog, rasm solish grafikasi asosida surat
yaratish, sahnalashtirish bo‘lsa, 7-sinf tarix darslarida tarixiy shaxslarga (podshohlar,
sarkardalar, olimlar va boshqalar) xatlar yozish, qahramon nomidan kundaliklar yozish,
mustaqil asarlar yaratish mumkin.
Umumta’lim maktablari 8-9-sinf tarix darslarida esa, tarixiy voqealarni davom
ettirish (qo‘zg‘olon, isyon, inqilob), shaxsiy taqlidiy tarixiy asarlar va prezintatsiyali
loyihalar yaratiladi. Umumta’lim maktablarining yuqori sinflari tarix darslarida
o‘quvchilar izlanishlar natijasida amalga oshirilgan ishlar, annotatsiyali axborot
resurslarini sharhlash, matnli materiallar, shaxsiy asarlar yaratish, tok-shou ko‘rinishidagi
ko‘rsatuvlar, teatr tomoshalari orqali taqdimot o‘tkazishadi. O‘quvchilarga turli
manbalardagi ma’lumotlar, faktlar, materiallarni o‘rganish va umumlashtirish bo‘yicha
mavzular taklif etiladi. Loyihalashtirish metodidan samarali foydalanish o‘quv yurtida
tegishli ijodiy muhitni yaratishni talab etishini hamda mazkur jarayonlar o‘quv jarayoni
bilan birga darsdan tashqari faoliyatni qamrab olishi bilan xususiyatlanadi.
Loyiha metodida ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda darslik, qo‘llanma, sxema,
tarqatma materiallar asosida topshiriqqa oid ma’limotlar yig‘adi. Asosiysi, ta’lim
oluvchilar mustaqil ravishda ish reja tuzish ko‘nikmasiga ega bo‘lib, unda ish bosqichlari,
ularga ajratilgan vaqt va texnologiyani ketma-ketlik, material va yordamchi vositalarni
rejalashtirib, ish rejasida kichik guruh a’zolari orasida vazifalar taqsimlanib mustaqil
harakat, mustaqil mushohada yuritish malakasiga ega bo‘ladilar.
Hozirgi kunda hayotning barcha jabhalaridagi o‘zgarishlar misli ko‘rilmagan
darajada tez ro‘y bermoqda. Ma’lumotlar hajmi doimo o‘sib bormoqda. Shuning uchun
ta’lim tizimining vazifasi nafaqat ma’lum bir bilimlar berish emas, balki o‘quvchilarni
Do'stlaringiz bilan baham: |