48
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
ko‘nikmalarini hosil qila borishga qaratilgan ishning muvaffaqiyatli chiqishi ko‘pgina
shart – sharoitlarga bog‘liq. Тarix o‘qituvchisi, birinchi navbatda, u yoki bu sinfda yoxud
o‘rta maxsus ta’lim tizimi bosqichida bundan ilgari hosil qilingan bilim va malakalarning
qanday doirasiga tayana olishi mumkinligini, ayrim o‘quvchilarda qanday malakalar
yaxshi hosil bo‘lganligi yoki yo‘qligini aniqlab olishi lozim. Ana shu asosda
o‘quvchilarning turli guruhlariga hamda ayrim o‘quvchilarga nisbatan bundan keyin
differensial yo‘sinda yondoshishga o‘tiladi.
O‘qituvchi ish jarayonida har bir ta’lim bosqichida o‘quvchilarning bilim va
malakalar hosil qilishda qanday darajaga erishganliklarini doim tekshirib va hisobga olib
borishi lozim. U o‘quvchilarga bu yo‘lda shu paytgacha nimalarga erishganliklarini va
bundan keying ta’lim bosqichlarida ular nimalar ustida ishlashlari kerakligini bildirib
borishi, ish jarayonining har qaysi bosqichida ular oldiga aniq vazifalar qo‘yishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘quvchilarda birorta malakani, masalan, tarixiy hodisalarni taqqoslash, isbotlab
berish malakasini hosil qilmoq uchun, o‘qituvchi o‘sha mantiqiy operatsiyaning maqsadi
va mohiyatini hamda uni bajarish usullarini tushuntirib, ularni aniq tarixiy materialga
tatbiq etgan holda ko‘rsatib beradi. Ko‘rsatib berish paytida, mazmuni uncha murakkab
bo‘lmagan material: taqqoslash uchun — moddiy madaniyatga doir ikki narsa, xulosa
chiqarish uchun — mavzuning bir necha bo‘limidan iborat matni va shu singarilar
tanlangani ma’qul. Masalan, umumiy o‘rta ta’lim tizmida insoniyat tarixida ilk davlatning
paydo bo‘lishi jarayonlari xususida fikr bildirilganda bir necha qadimgi davlatlarning
(Qadimgi Gretsiya, Qadimgi Rim, Qadimgi Xitoy va h.k.) paydo bo‘lishi, ularning
insoniyat tarixida tutgan o‘rni xususida o‘quvchilarda bilimlar shakllantiriladi. Ular har
bir qadimgi davlatlar haqidagi mavzularni o‘tganda qadimgi davlatlarni bir – biri bilan
taqqoslash ko‘nikmasini egallagan bo‘lishi lozim. O‘rta maxsus ta’lim tizmida esa shu
davlatlarning XX – XXI asrdagi tarixi, ularning rivojlanish bosqichlari, jahon
hamjamiyatidagi o‘rni xususidagi bilim va malakalarni qiyosiy taqqoslagan holatda
o‘rganishlari lozim. O‘quvchilarning malaka va ko‘nikmalarini hosil qiluvchi topshiriqlar
tizimini ishlab chiqishda biz ko‘pgina o‘qituvchilar hamda metodistlarning adabiyolarda
yoritilgan kuzatishlari va tajribalarini hamda professor – o‘qituvchilarning o‘gitlarini
hisobga olib, o‘z tajribamizda kichik tajriba o‘tkazishga harakat qildik.
O‘tkazilgan tajriba natijasida VI – VII sinf o‘quvchilari va o‘rta maxsus ta’lim tizimi
o‘quvchilari tomonidan bajariladigan topshiriqlarning hamda ularning fikrlashga
asoslangan eng muhim malakalarini o‘stira borishning taxminiy (namuna tarzidagi) izchil
tartibi belgilandi, o‘quvchilarning tafakkurini o‘stiradigan eng samarali topshiriqlar va
ularni bajarishga doir ish usullari tanlab olindi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, uzliksiz ta’lim tizimining o‘rta ta’lim va o‘rta
maxsus ta’lim tizimi bosqichlarida tarix darslarida o‘quvchilarda malaka va
ko‘nikmalarni hosil qilinishi natijasida sog’lom e’tiqodli, o‘tkir hissiyotli, yuksak didli,
Do'stlaringiz bilan baham: |