206
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
6) Qo’shilgan erituvchi massasi: 83,33 g, qo’shilgan erigan modda massasi: 50 g. Ularni
nisbatlab qo’yamiz:
83,33
50
:
50
50
1,666:1
Demak massa nisbat 1,666:1 ga teng ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.P.N. Mirzayev, M.P.Mirzayeva. Kimyo. Toshkent.2017-y
2.A.Karimov, X. Xoshimov. “Umumiy kimyodan masalalar va testlar to’plami”
QANDAY YOG‘LAR ORGANIZM UCHUN FOYDALI?
Dilfuzaxon Umurzoqova,
Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar 12-umumiy o‘rta maktabi oliy toifali kimyo fani
o‘qituvchisi
Inson vujudining yog‘ga ehtiyoji bor: hujayra devorlarida 50-60% yog‘ bor. Yog‘ teri
ostida, a’zolarning va muskullarning atrofida to‘planadi va a’zolarni tashqaridan kelgan
xavflardan saqlaydi. Badanning issiq va suv yo‘qotishining oldini oladi. Teri ostidagi yog‘ teri
ostiga elastiklik va go‘zallik beradi, yaralanish va yallig‘lanishdan saqlaydi. Soch, qil, terilarni
yumshatadi va porlatadi. Bundan tashqari, yog‘da erigan vitamin va oziq moddalarni tashiydi
va singishiga yordam beradi. Oshqozonni sekin tark etishi sababli to‘qlik hissini beradi.
To‘yinmagan yog‘lar “Omega–3” va “Omega–6” hujayra devorlarining tuzilishi,
hujayralarning o‘sishi va bo‘linishi, qon bosimi va xolestrin miqdorining
muvozanatlashishiga, tomirlarda qon quyuqlashuvi va yog‘ birikishining oldini olishda,
tomirlar zararlanishining kamayishi va tuzalishiga hamda immunitet tizimining ishlashiga
yordam beradi.
Inson tanasi “Omega” yog‘larni zaytun yog‘i, yong‘oq, yong‘oq yog‘i, zig‘ir urug‘i va
yog‘i, baliq, yangi tuxum, semizo‘ti va urug‘i, qichitqi o‘ti va urug‘i va barcha yashil bargli
sabzavotlardan oladi.
Kungaboqar va loviya yog‘lari ham omega yog‘iga boy, faqat bugungi kunga kelib ular
yog‘ safidan chiqish arafasida. Chunki loviya va kungaboqar yog‘larini ishlab chiqarishda
faqatgina GM (genetik modifikatsiyalashtirilgan) urug‘lar qo‘llaniladi. GM makkajo‘xori, GM
kungaboqar va ko‘plab GM urug‘lardan olingan yog‘lar gidrogen qilinmagan bo‘lsalar ham,
hazm bo‘lmaydi. Chunki tabiatda mavjud bo‘lmagan, yaratilmagan taom uchun hazm tizimi
ham yaratilmagan.
O‘simlik yog‘lari azaldan urug‘lardan sovuq siqish yo‘li bilan olinar edi. Bugun esa yog‘
ekstrakti siqish mashinalari tomonidan 110
0
C issiqlikda va yuqori bosimda toksik kimyoviy
yog‘ ajratuvchilar yordamida olinadi. Qo‘llanilgan bu issiqlik, bosim va kimyoviy
Do'stlaringiz bilan baham: |