212
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
standartlarining joriy etilishi umumiy o‘rta ta’lim maktabi kimyo fani o‘qituvchilari
zimmasiga qator dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Shu bilan birga, 2017-2018-o‘quv
yilidan boshlab maktablarda 11 yillik o‘rta ta’limning joriy etilishi ham, o‘z navbatida,
kimyo o‘qituvchilarining o‘quvchilar bilimini oshirishga bo‘lgan yangi ehtiyojlarini
keltirib chiqardi.
SH. Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvar kuni Oliy Majlisga qilgan
Murojaatnomalarida ilm-fan va texnologiyalar, xususan, kimyo sohasi rivojiga alohida
ahamiyat qaratdilar.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari kimyo fani o‘qituvchilarining zamonaviy
innovatsion pedagogik texnologiyalar va metodlardan foydalanish kompetensiyalarini
rivojlantirishdan iborat.
Kimyo fani o‘qituvchilarining zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar
haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirib borish hamda kimyo fani
o‘qituvchilarida dars jarayonida samarali metodlarni qo‘llash ko‘nikmalarini
shakllantirib borish zarur.
O‘qituvchida barcha insoniy fazilatlar mujassam bo‘lishi lozim.
Albatta, o‘qituvchi ma’naviyatli, bilimdon, siyosiy bilimlarga ega bo‘lsagina,
o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim-tarbiya bera oladi.
Dars jarayonida o‘quvchilarni kimyo faniga qiziqtira olish zarur. Chunki o‘quvchilarda
kimyo faniga qiziqish bo‘lsa, o‘rganishi oson va samarali bo‘ladi. Albatta, qiziqish bilan
o‘rganilgan bilim esa o‘quvchilar xotirasida uzoq yillar saqlanib qoladi. Kimyo darslarida
o‘quvchilarning kimyoviy bilimlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berish zarur.
Masalan: men dars boshida o‘quvchilarga bugungi kun sanasini kalendar sana bilan birga
kimyoviy sana yozishlarini taklif qilaman:
12.02.2020 Mg. Ne.Sa ya’ni kimyoviy elementlar davriy jadvalida 12-tartib raqamli
magniy, 2- tartib raqamli geliy, 20- tartib raqamli element kalsiy ekanini yana bir bor esga
oladi va eslab qoladi.
Kimyo darslarida o‘quvchilarni o‘z ismlari bilan ( Nodir, Laylo, Jasur) emas balki
kimyoviy elementlar ( Natriy –Na, Xlor- Cl, Temir -Fe) bo‘lib ishtirok etishlari ham
kimyo faniga o‘quvchilarni qiziqishlarini orttiradi. Bunda guruhlarga ajratish ham oson
bo‘ladi.
Masalan: Metallar birinchi guruh, Metalmaslar ikkinchi guruh, Amfoter elementlar esa
uchinchi guruh bo‘lib qatorlarga joylashadilar.
Dars jarayonida o‘quvchilar doskagacha bo‘lgan masofani shunchaki bosib o‘tmasdan
balki “Qadamma-qadam” metodidan foydalanib chiqadilar. Bunda o‘quvchilar kimyoviy
elementlarni nomlarini har bir qadamlarida bittadan (Mg, Ca, Al, Cu, Fe, Cr….) aytib
yoki o‘tilgan mavzuga oid kimyoviy moddalar, tayanch so‘zlarni, kimyoviy atamalarni
nomlarini : masalan oksidlar mavzusi o‘tilganda CaO, ZnO, NO, FeO, SO
2
, CO, CO
2
,
K
2
O,….. aytib chiqadilar.