152
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
konferensiyasi, davra suhbati kabi o‘yinlarni belgilash imkonini beradi. Taʼlim
jarayonida bu o‘yinlarni qo‘llash o‘quvchilarning bilimlari va malakalari sifatiga sezilarli
ravishda taʼsir qiladi, fanga bo‘lgan barqaror qiziqishni shakllantirishga yordam beradi.
Situatsion-o‘yinli metodlar xarakteriga ko‘ra imitatsion (taqlidli) va noimitatsion
metodlarga ajratiladi. Imitatsion metodlar - pedagogik usullar va mashg‘ulot
o‘tkazishning maxsus shakli bo‘lib, o‘quvchilarni o‘quv jarayonida maʼlum soha
mutaxassislariga taqlid qilishlariga asoslangan situatsion-o‘yinlar zaminiga quriladi. Bu
metodga ishbilarmonlik o‘yinlari, o‘yinli loyihalashtirish va boshqa metodlarni kiritish
mumkin. Masalan: Ilmiy tadqiqot ishida maʼruza, bahs-munozara turidagi o‘yinda, asosiy
rollar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: - Boshlovchilar – o‘qituvchi yoki talabalar
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan ishlab chiqarish ilmiy muassasa mutaxassisi.
Tajriba to‘planib borgani sayin o‘quvchilar ham boshlovchilarga aylanadilar;
Yo‘lboshchilar – muhokama qilinayotgan muammoning muayyan masalalari bo‘yicha
vaziyatni
muhokamaga
olib
chiquvchi
maʼruzachilardir; Bezatuvchilar –
yo‘lboshchilarning maʼruzalari va chiqishlarini ko‘rgazmali ravishda taqdim etuvchi va
tushuntiruvchi o‘yin qatnashchilari; Assistentlar – yo‘lboshchining yordamchilari. Ular
yo‘lboshchiga va opponentlarga barcha ko‘rgazma materiallarini namoyish qilishda
ko‘maklashishlari kerak;
Rasmiy opponentlar- yo‘lboshchilar tomonidan tayyorlangan maʼruzalar va boshqa
materiallar bo‘yicha mulohaza bildirish vazifasi rasmiy topshirilgan o‘yin qatnashchilari;
Norasmiy opponentlar – muammo bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boruvchi
qolgan barcha talabalar, o‘yin qatnashchilari;
Provokatorlar – ishlab chiqarishda ilmiy muassasada mavjud salbiy hodisalar,
dalillar va shu kabilarni qo‘shimcha bayon qilish asosida, o‘yin qatnashchilarining
faolligini oshirishga undovchi, muammolar qo‘yishi kerak bo‘lgan o‘yin qatnashchilari
(ishlab chiqarish yoki ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o‘quv yurtining o‘qituvchilari
yoki ilmiy xodimlari, aspirantlar, magistrlar va talabalar).
Qayd qiluvchilar – munozaraning borishini qog‘oz tasmaga, foto yoki disklarga
yozib boruvchi o‘yin ishtirokchilari. Ishbilarmonlik o‘yini metodi - berilgan
topshiriqlarga ko‘ra yoki o‘yin ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan har xil vaziyatdagi
boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishni imitatsiya qilish (taqlid, aks ettirish) metodi
hisoblanadi. Masalan, Mini avtozavod o‘yini. Ushbu o‘yinni iqtisodiy fanlarni o‘qitishda
hududiy ishlab chiqarish majmualari, mehnat taqsimoti va boshqa bilimlarni egallashda
qo‘llash maqsadga muvofiq. Situatsion-o‘yinli metodlardan yana biri - rolli o‘yinlardir.
Bu metod -taʼlim oluvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-
sharoitlarini sahnalashtirish orqali ko‘rsatib berishi bilan xarakterlanadi.
Ushbu metodni qo‘llash uchun ssenariy o‘qituvchi tomonidan ishlab chiqiladi.
Baʼzi hollarda o‘quvchilarni ham ssenariy ishlab chiqishga jalb etish mumkin. Bu
o‘quvchilarning motivatsiyasini va ijodiy izlanuvchanligini oshirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |