137
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
noan’anaviy usulda o‘tish o‘qituvchi mahorati hisoblanadi. Internet resurslaridan har bir
darsda foydalanish o‘quvchilarni mustaqil ishlashga undaydi, chunki turli xil ma’lumotlar
bilan ishlash, o‘quvchilar mavzularni anglashi va tushunib yetishi uchun barcha
imkoniyatlarni yaratadi. Kompyuter orqali har bitta ko‘rsatmani, krossvordni yoki
topshiriqni tayyorlash juda oson, darslar ham unumli o‘tadi. O‘quvchilarning guruh-
guruh qilib, har bir guruhga krossvord yechish yoki qo‘shimcha krossvord tayyorlash
mashg‘uloti doimiy berib borilsa, ularni ko‘proq izlanishga va o‘qib o‘rganishga undagan
bo‘lamiz. Ushbu usullar orqali ta’lim berish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash
qobiliyatini oshirishga, ularni kelajakka to‘g‘ri ko‘z bilan qarashga har qanday masalani
mustaqil yecha olishga yordam beradi.
O‘quvchilarni darsning faol ishtirokchisi sifatida jalb etish, ularning o‘zlarini
harakat qilishga undash juda yaxshi natija beradi. Hozirda biologiya fanidan sinflar
kesimida elektron darsliklar va o‘quv filmlari yaratilgan. Videodarslar, ko‘rsatilgan
tasvirlar, ovoz, musiqa o‘zaro hamohang bo‘lib, o‘quvchi uchun qiziqarli, e’tiborini jalb
qila oladigan, o‘quv dasturiga mos tarzda yaratilgani dars jarayoninig samarali bo‘lishiga
zamin bo‘lmoqda. Elektron darsliklardan muntazam foydalanish, darslarni zamonaviy
ruhda tashkillash o‘quvchilar bilimida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini oladi.
Ta’lim tizimida pedagogik faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning oldidagi
muhim vazifalardan biri o‘quvchilarning fan asoslarini o‘zlashtirishga bo‘lgan
qiziqishlarini orttirish, mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish asnosida
ularning barkamolligini ta’minlash sanaladi. Ushbu muammolarni hal etishda axborot
texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyalaridan foydalanilgan darslar axborotlarga boy, ko‘rgazmali,
interfaol bo‘lib, vaqtdan unumli foydalanish, har bir o‘quvchining bilim olish,
o‘qituvchida esa o‘quvchilar bilan tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan ta’limni
amalga oshirish imkoniyati vujudga keladi, shu bilan bir qatorda, o‘qitishda natijalarini
nazorat qilish va baholash uchun zamin yaratadi.
Biologiya darsida animatsiyalardan foydalanish darsning barcha bosqichlarida
o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga olib keladi.
Biologiya fanini o‘qitishda quyidagilardan foydalanish mumkin: har bir mavzu
mazmuniga asosan ko‘rgazmalilikni amalga oshirish, ya’ni multimediali taqdimot
materiallari yaratish. O‘quvchilarning mavzular bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini
nazorat qilish o‘quvchilarning mustaqil ta’limi va ishi uchun o‘quv-axborot saytlaridan
unumli foydalanish.
Axborot texnologiyalaridan, shuningdek, quyidagi maqsadlarda foydalanish
mumkin: modul dasturlari orqali o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish-
boshqarish; qo‘shimcha materiallar to‘plash va ular ustida mustaqil ishlash; didaktik
o‘yinlar, boshqotirmalarni yechish.
“Raqamlar so‘zlaganda” o‘yinida mos qushlarni nomi qo‘yib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |