Umum ped na amal-O`um 13-14


Birinchi bosqich (1997-2001 yillar)



Download 3,16 Mb.
bet6/186
Sana11.03.2022
Hajmi3,16 Mb.
#489268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Bog'liq
Umumiy pedagogika ma\'ruza

Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish.
Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) - Milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Bu bosqichda, shuningdek, ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to’ldirish ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadini ro’yobga chiqarishning ikkinchi bosqichda ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o’quv-tarbiya jarayonining yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish vazifalarining ham hal etilishi alohida urg’u beriladi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to’plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Bu bosqichda, yana shuningdek:

  • ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash;

  • o’quv-tarbiya jarayoni yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlanishi;

  • milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish;




    1. chizma




  • ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog’iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog’i bilan to’liq qamrab olinishiga erishish kabi vazifalarning ham ijobiy yechimi ta’minlanadi.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy, tarkibiy qismlari. Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta’lim-tarbiya jarayoninigina qamrab olmay, ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni ham o’z ichiga oladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o’zaro hamkorligi, ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik asosida «yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha hisoblanadi
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosida kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati yoritiladi. Milliy modelning o’ziga xos xususiyati mustaqil ravishda to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etilishi bilan belgilanadi. Bu esa o’z navbatida umumiy ta’lim dasturlaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga o’tilishiga zamin yaratadi.
Ta’lim qonunining 2-bobi “Ta’lim tizimi, turlari va shakllari” deb nomlangan. Uning 6-moddasi ta’lim tizimi, 7-moddasi Ta’limn turlari haqida va ularda shunday ko`rsatilgan
6-modda. Ta’lim tizimi
Ta’lim tizimi:

  • davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o’quv rejalari va o’quv dasturlarini;

  • davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o’quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini;

  • ta’lim sifatini baxolashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni; ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bulgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy- pedagogik muassasalarni;

  • ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlarni o’z ichiga oladi.

Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
7- modda. Ta’lim turlari
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat: maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
9-moddada Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’limga to`xtab o`tilgan
Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim umumta’lim o’quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko’nikmalarni o`zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o’rta ta’lim (I-XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang’ich ta’lim (I—IV sinflar);
tayanch o’rta ta’lim (V-IX sinflar);
o’rta ta’lim (X-XI sinflar).

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish