2. Buyruq-istak mayli. Ish-harakatni bajarish-bajarmaslik haqida buyurish,
istash, so‘rash, iltimos, maslahat,chaqiriq kabi ma’nolarni ifodalaydi. Buyruq-istak
maylidagi fe’l xabar maylidan farqli ravishda maxsus mayl ko‘rsatkichlariga ega
bo‘lib, bu mayl quyidagicha tuslanadi:
Birl i k
K o‘ p l i k
1-
shaxs
2 -haxs
3- haxs
yoz+ay, ishla+yin
yoz (yoz+gin),
ishla(ishla+gin)
yoz+sin,
ishla+sin
yoz+aylik, ishla+ylik
yoz+ing,
ishla+ng,
ishla+ngiz yoz+sin
(lar),
ishla+sin (lar)
Birinchi shaxs birligi -(a)y va -(a)yin affiksi yordamida yasaladi: boray,
so‘zlayin. Bu shaxsda so‘zlovchining harakatni bajarish istagi, harakatga bo‘lgan
rag‘bati ifodalanadi: Mana bu kitoblarni o‘quvchilarga yetkazay.
So‘zlovchining o‘ziga o‘zi buyruq berishi mantiqqa to‘g‘ri kelmay-di,
shuning uchun birinchi shaxs sof buyruq ma’nosida ishlatilmaydi.
Xususan, o‘zgaga bo‘lgan murojaatda istak bilan birga iltimos ham
ifodalanadi: Siz bilan boray. Xuddi shuningdek ba`zi hollarda buyruq, do‘q ham
ifodalanishi mumkin:
Bu qilig‘ingni ikkinchi ko‘rmay!
Birinchi shaxs ko‘plik faqat istakni emas, harakatga da’vat, iltimos kabi
ma’nolarni ham ifodalaydi. Chunki bu shakl so‘zlovchidan tashqari u bilan birga
bo‘lgan shaxslarni ham o‘z ichiga oladi:
Bir yoqadan bosh chiqaraylik.
Keling, mana shu ona-yer oldida so‘z beraylik. (P.Qodirov)
Qat’iy buyruq ma’nosi ikkinchi shaxs vositasida ifodalanadi. Chunki bunda
nutq qaratilgan shaxsning o‘zi qatnashadi: Salim qoraga ayting, fermada hisob-
kitobni to‘g‘rilab qo‘ysin. (H. F.)
Bu shaklda sof buyruq bilan birga do‘q qilish, iltimos, hatto yalinish kabi
munosabatlar ham ifodalanishi mumkin:
Yo‘qol, dedim!
Ko‘zimga ko‘rinma!(do‘q).
Stol ustiga qo‘ya qol (iltimos).
Yo rabbiy, ilmimni ziyoda qilg‘il (o‘tinch).
Ikkiichi shaxsning –gin\\ -gil affiksi bilan yasaluvchi shaklida esa buyruq
ma’nosi kuchsizlanadi. Bu shakl ko‘proq iltimos yoki oddiy undash, da’vat uchun
qo‘llanadi:
Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘risini gapirgin.
Otangga bo‘lmagil arzanda bandi, Bandidan chiqib bo‘l hunar farzandi. (
A.Jomiy)
Uchinchi shaxsda harakatga undash, buyruq ma’nolari ikkinchi shaxs orqali
bo‘ladi:
Odamlar bilan yaxshi tanishsin, keyin menga uchrasin. (H. F.)
Uchinchi shaxsning sof buyruq uchun qo‘llanishi, asosan, majhul nisbatdagi
fe’llarda uchraydi:
Tuyaning dumiga bog‘lab sazoyi qilinsin. (As.Muxtor.)
Shuningdek, 3-shaxs istak, iltimos kabi ma’nolarni ifodalash uchun ham
qo‘llanadi:
Farzandlarimiz murod-maqsadlariga yetishsin, qo‘sha qarishsin.
Buyruq-istak maylining birinchi va uchinchi shaxs so‘roq, taxmin, o‘ylash
kabi ma’nolarni ifodalovchi vositalar bilan qo‘llana oladi. Ikkinchi shaxs shakli esa
bunday xususiyatga ega emas. Bunga bu shaxs shakllarining ma’no xususiyatlari
sabab bo‘ladi.
Masalan, ertaga kelaymi, ertaga kelsinmi, ertaga kelaymikin, ertaga
kelsinmikin kabi qo‘llanish ko‘p uchraydi.
Buyruq-istak maylining bo‘lishsiz shakli harakatning bajarilish ehtimoli
borligi, unga ogohlantirish kabi ma’nolarda ham qo‘llanadi:
Otlariga ishonib biror falokatga yo‘liqishmasin, tag‘in.
Yordamchi fe’llardan faqat edi to‘liqsiz fe’li buyruq-istak mayli-dagi
fe’llarning ikkinchi va uchinchi shaxs shakli bilan qo‘llana oladi: borgin edi,
borsin edi kabi.
Bunday qo‘llanish natijasida:
1) buyruq-istak mayli shakliga xos ma’no butunlay yo‘qoladi: bor — borgin
edi, aytma — aytmagin edi;
2) buyruq — istak maylida harakatning bajarilishi mantiqan kelasi
zamonga, edi to‘liqsiz fe’li bilan qo‘llanganda esa o‘tgan zamonga oid
bo‘ladi: kelsin — kelsin edi;
3) buyruq-istak shakli edi to‘liqsiz fe’li bilan yoki usiz qo‘llanganda ham
istak ma’nosi ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |