1a – shakl - Amaliy mashg’ulotlar bajarish; Amaliy mashg’ulotlar talabada texnik bilimni mustahkamlashga, ularni yangi vaziyatga ko’chirib, amaliy masala hamda vaziyatlarni hal qilish uchun umum-pedagogik tushunchalar va asosiy pedagogik malakalarni rivojlantirishga qaratilgan.
v) auditoriyadan tashqarida tashkil etiladigan mustaqil ta’lim shakllari:
1v - shakl – O’quv adabiyotlari bilan ishlash - auditoriyadan tashqarida o’quv adabiyoti bilan ishlash mustaqil ta’lim olishning eng asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. O’quv adabiyoti bilan ishlash juda oson va qulay usul hisoblanadi. O’quv adabiyotlari bilan ishlashni barcha ta’lim oluvchilar yaxshi o’zlashtirgan bo’lishlari lozim. O’quv adabiyotlari deganda, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, texnik adabiyotlar, ma’lumotlar yo’riqnomalar va hokazolarni tushunish mumkin.
2v – shakl - Ma’ruza tayyorlash - Oliy ta’lim muassasalarida o’qitish jarayonida ta’lim berishning turli shakl va metodlaridan foydalanilmoqda. Ta’limning asosiy shakli esa ma’ruza hisoblanadi. Ma’ruza tayyorlash ancha murakkab va ko’p mehnat talab qiladigan ishdir. Bo’lajak harbiy ta’lim bakalavr o’qituvchilari «YoChQBT metodikasi» fanida, pedagogik amaliyot jarayonida ma’ruza tayyorlashlariga to’g’ri keladi.
3v – shakl - Masofaviy ta’lim texnologiyasi - masofaviy ta’lim texnologiyasi an’anaviy ta’lim tizimini amalga oshirishda duch kelingan muammolarni hal etish yoki shart–sharoit ushbu jarayonni taqozo qilganda qo’llaniladi. Bu jarayon zamonaviy texnoloniyalardan ta’lim samaradorligini oshirishda foydalanishga zamin yaratadi.
«Masofaviy ta’lim» tushunchasi fanga o’tgan asr 90 – yillarida kirib kelgan. Ingliz tilida «Masofaviy ta’lim» (distant education) «Masofada o’qitish» (distant learning) kabi variantlarda ham qo’llaniladi. Ta’lim jarayonlarini
telekomunikatsiyalardan foydalangan holda tashkil etishni esa (tele training) deb yuritiladi.
«Masofaviy ta’lim» tushunchasi-ta’lim o’quv axborotlarini oluvchiga masofada turib, etkazib berishni ta’minlovchi (sun’iy yo’ldosh, televidenie, kompyuter tarmoqlari va boshqalar orqali) yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan maxsus ta’lim xizmatlari to’plami sifatida e’tirof etilgan.
Masofaviy ta’lim afzalliklari:
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarining mustaqil bilim olishlari - kasbiy-pedagogik takomillashish uchun zarur bo’lgan idrok etish faoliyati maqsadga muvofiq, muntazam jarayondir.
Funktsional mazmunda - bu psixologik-pedagogik bilimlar bilan bog’liq idrok etish faoliyati turlaridan biridir. Nihoyat pedagogika o’quv yurtlari talabalarining mustaqil bilim olishlari - bo’lajak o’qituvchi shaxsini har tomonlama va to’la rivojlantirish masalasini hal etishning zarur shartidir.
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchisi bakalavrlarni pedagogik mustaqil bilim olishga tayyorlash muammosini o’rganishda ularni faqat qo’shimcha, yanada chuqurroq pedagogik bilimlar olishga, buning uchun - zarur bo’lgan amaliy bilimlarini, malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishga emas, balki shaxsning ma’lum sifatlarini shakllantirishga, ularni rivojlantirishga yo’naltirish muhim - bo’lajak o’qituvchi bakalavrlarni pedagogik mustaqil bilim olishlari g’oyasi aynan ana shundan iboratdir.
Hamma ko’rsatilgan vazifalar birgalikda amalga oshiriladi. Kunduzgi va o’qish jarayonlarini tashkil etish o’quv va o’qishdan tashqari: umumauditoriyali (frontal), guruhli va individual. Shu jumladan ulardan birgalikda foydalanish.
O’qitish jarayonini, shu jumladan mustaqil bilim olishni muvaffaqiyatli amalga oshirishda axborotlar turli vositalari, ayniqsa kompyuterli axborotlar xizmat qiladi. O’qitish auditorlik va mustaqil bilim olish bilan (mustaqil) amalga oshiriladi.
Bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini
Do'stlaringiz bilan baham: |