pasayish (retsessiya)
boskichidir. Bunda ishlab chikarish va bandlik
darajalari kamayadi, ammo baxoning o‘sish darajasi pasaymaydi. Bu boskich faol va uzok
davom esagina baxoning o‘sish darajasi sustlashishi mumkin.
Pasayishning kuyi
nuktasida
ishlab chikarish va bandlik eng kuyi darajaga tushadi va turgunlik davri boshlanadi.
Ko‘tarilish
boskichida ishlab chikarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab
chikarish kuvvatlaridan to‘lik foydalanish va to‘lik bandlik darajasiga erishiladi.
Yukorida ta’kidlaganimizdek, iktisodiy davrlar bir xil boskichlarga ega bo‘lsada, ammo
ular davomiyligi va faolligiga ko‘ra o‘zaro fark kilib turadi. Shuning uchun xam iktisodchilar, bu
jarayonlarni iktisodiy davrlar deb emas, balki iktisodiy tebranishlar deb atash to‘gri bo‘ladi deb
xisoblashadi. Iktisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iktisodichilar uch omilni
ko‘rsatadi.
Birinchi gurux olimlar iktisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va texnologiyalarda
ro‘y beradigan o‘zgarishlar deb xisoblaydilar. Ularning fikricha fan-texnika yutuklarini ko‘llash
natijasida iktisodiyotda o‘sish ro‘y beradi. Masalan avtomobilning yaratilishi yokilgi sanoati,
neft kazib chikarish, ximiya, yo‘l kurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab
bo‘ldi. Yangi texnologiyalar ishlab chikarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari
foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar
doim xam yaratilavermasligi iktisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo‘ladi.
Olimlarning yana bir guruxi iktisodiy boskichlarni siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga
boglashadi.
Bu jarayonni monetar siyosatga boglaydigan olimlar xam mavjud. Ya’ni, davlat kanchalik
ko‘p pul bosib chikarsa, uning kadri shunchalik kamayib boradi, va aksincha, pul mikdori
kanchalik kam bo‘lsa, ishlab chikarish ko‘lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi
shunchalik tezlashadi. Xullas, iktisodiy boskichlarni baxolashga turli xil yondashuvlar mavjud.
Ammo barcha iktisodchilar, ishlab chikarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshkacha
aytganda yalpi xarajatlar mikdoriga boglik, degan fikrni ko‘llab-kuvvatlaydilar. Chunki,
korxonalar o‘z tovar va xizmatlarini ularga talab bo‘lsagina ishlab chikaradi. Boshkacha
aytganda, talab katta bo‘lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta mikdorda ishlab
chikarish foydali emas. O‘z navbatida, ishlab chikarishda bandlilik va daromadlar darajasi xam,
aynan shu sababli, past bo‘ladi. Yalpi xarajatlar mikdori kanchalik ko‘p bo‘lsa, ishlab
chikarishning o‘sishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chikarish, bandlilik va
daromadlar darajasi ortib boradi. Iktisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi
omillarni o‘rganish, iktisodiy tebranishlar amplitudasini kiskartirish barcha xukumatlar
makroiktisodiy siyosatining muxim maksadlaridan biridir.
2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o‘lchanishi.
Iktisodiyotning bekaror rivojlanishi okibatida, iktisodiy pasayish davrida ishlab chikarish
resurslari to‘lik foydalanilmay koladi.
YaIMni yaratishda katnashadigan iktisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri bo‘lgan
mexnat resurslaridan to‘lik foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo‘ladi.
Makroikisodiy taxlilda mexnat resurslari emas balki ishchi kuchi kategoriyasidan ko‘prok
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |