Davlat byudjeti defitsiti (profitsiti).
2016 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari prognozi
101,3%ga ijro etildi. Bu esa Davlat byudjetining YAIMga nisbatan 0,1% profitsit bilan
bajarilishi va Davlat byudjeti muvozanatini ta’minlash imkonini berdi.
11.1-jadval
Davlat byudjeti daromadlar qismining ijrosi (yakunga nisbatan% da)
Ko’rsatkichlar
2011
2012
2013
2014
2015
2016
Daromadlar – jami
100
100
100
100
100
100
1. To’g’ri soliqlar
26,4
25,4
24,2
23,4
24,1
24,0
Yuridik shaxslar foyda solig’i
5,1
4,7
4,0
3,5
3,2
3,0
Jismoniy shaxslar daromad solig’i
11,2
10,8
10,4
10,3
10,4
10,1
2. Egri soliqlar
48,2
49,0
51,1
53,1
52,6
51,5
QQS
27,9
28,0
28,8
29,9
29,7
29,0
Aksiz
14,9
14,9
15,9
15,6
15,4
15,3
125
3. Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i
15,4
15,6
14,8
13,6
13,2
12,9
4. Boshqa daromadlar
10,0
10,0
9,9
9,9
10,1
11,6
Manba: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
11.2-jadval
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibi (YAIMga nisbatan%da)
Ko’rsatkichlar
2011
2012
2013
2014
2015
2016
Harajatlar – jami
100
100
100
100
100
100
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy
qo’llab-quvvatlash harajatlari
58,0
58,9
58,7
58,8
58,8
58,9
Iqtisodiyotga harajatlar
11,5
11,1
10,6
10,7
10,5
10,6
Markazlashtirilgan
investitsiyalarni
moliyalashtirish harajatlari
6,6
5,4
5,6
5,1
5,1
5,2
Davlat hokimiyati, boshqaruv, sud va
o’z-o’zini boshqarish organlarini saqlab
turish harajatlari
3,8
4,1
4,5
4,5
4,4
4,4
4. Boshqa xarajatlar
20,1
20,5
20,6
20,9
21,2
20,9
Manba: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Mamlakatimiz byudjet siyosatini takomillashtirish yuzasidan birinchi yarim yillikda qabul
qilingan, byudjetlarning daromad bazasini kengaytirishga, byudjetlararo munosabatlarni
takomillashtirishga va byudjet mablag’larining xarajatlar samaradorligini, natijadorligini
oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar hisobot davrida Davlat byudjetini mutanosib ijro etish
imkonini berdi.
Soliqqa tortish tizimini soddalashtirishga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarning va
soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy mexanizmlari joriy etilayotganligi qayd etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda mahalliy davlat
hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi hamda «Soliq
ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning
yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmonlarining tutgan o’rni alohida
qayd etilib, ushbu farmonlarga muvofiq aholining real daromadlarini, hayoti darajasi va sifatini
oshirish, respublika byudjetidan moliyalashtirishga bog’liqlikni kamaytirish, mahalliy davlat
hokimiyati organlarining mustaqilligini kuchaytirish maqsadida hududlarni kompleks
rivojlantirishning barqaror moliyalashtirilishini ta’minlash mamlakatimiz byudjet siyosatining
asosiy vazifasi etib belgilangan.
Ushbu farmon doirasida joriy yilning 1 iyulidan 31 dekabriga qadar Toshkent shahrida va
uning tumanlarida ularning byudjetlari daromadlari va xarajatlarining yangi tuzilmasini nazarda
tutuvchi tajriba o’tkazilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar byudjetlarining xarajatlari ulushi davlat byudjeti tuzilmasida hisobot yilida 53 foizgacha
o’sdi.
Hududlarning mahalliy byudjetlarni mustahkamlashga doir zaxiralaridan va resurs
imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar tufayli
o’tgan davrda bevosita soliqlardan tushgan tushumlar miqdori 5528,7 milliard so’mni tashkil
etganligi hamda 2016 yilning shu davriga nisbatan 793,8 milliard so’mga, ya’ni 16,8 foizga
o’sganligi deputatlar tomonidan ta’kidlandi.
Shu bilan birga, deputatlar Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari
byudjetlarining daromadlarini shakllantirishdagi hamda mablag’laridan samarali foydalanishdagi
xato va kamchiliklarga to’xtalib o’tdilar. Xususan, Davlat byudjetining hisobot davridagi
ijrosining borishi tanqidiy tahlil qilingan holda, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi
126
organlari
tomonidan
mavjud
zaxiralar
hamda
resurs
imkoniyatlaridan
etarlicha
foydalanilmaganligi qayd etib o’tildi.
Jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir mintaqaviy dasturlarni, ayniqsa, sanoat va
xizmatlar ko’rsatishni rivojlantirish sohasidagi dasturlarni amalga oshirish orqali tumanlar va
shaharlarning subvensiyalarga bog’liqligini qisqartirishga etarli darajada e’tibor qaratilmayapti.
CHunonchi, hisobot davrida sanoat sohasida mikrofirmalarga va kichik korxonalarga imtiyozlar
berish hisobiga Qoraqalpog’iston Respublikasining atigi 9 ta tumani hamda Xorazm viloyatining
7 ta tumani, shuningdek, 27 ta tuman va shahar subvensiyadan chiqarildi. Shu bilan bir vaqtda 73
ta tuman hanuzgacha subvensiya holatida qolmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatimiz asosiy moliyaviy hujjatining hisobot davridagi ijrosiga oid
materiallar to’liq taqdim etilmaganligi uchun moliyaviy idoralar deputatlar tomonidan tanqid
qilindi. Shu sababli deputatlar birlashmalarida va sohaga oid qo’mitada muhokamaga
tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’shimcha materiallar so’rab olindi.
Umuman olganda, majlis yakunlariga ko’ra, Davlat byudjetining va davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarining 2017 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to’g’risidagi hisobotni
tasdiqlash haqida qaror qabul qilindi.
4. O’zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
Do'stlaringiz bilan baham: |