111
Soliqlarning umudavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bulinishi xukumat idoralarining
respublika xukumati va mahalliy xukumatlarga bo’linishi asosida kelib chiqadi. Har bir
xokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, O’z byudjetiga va
uni ta’minlaydigan soliqlarga ega bo’lishi kerak. Respublika xukumati umumdavlat mikyosida
katta vazifalarni mudofaa, xavfsizlikni saqlash, tartib intizom infrastrukturasini yaratish,
mexnatkashlarga ijtimoiy ximoyasini tashkil etish va boshqa bir kator yirik vazifalarni bajaradi.
Shuning uchun uning byudjeti ham soliqlari ham salmoqli bo’lishi shart. QQS, aksiz solig’i,
yuridik shaxslarning daromadi (foydasi)dan, fuqarolar daromadidan olingan soliqlar respublika
byudjetiga tushadi. Umumdavlat soliqlar ining muhim xususiyati shundaki, respublika
byudjetiga tushadigan soliqlar dan mahalliy byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida
tushushi mumkin. Bordi-yu, ajratma yetmasa subvensiya yoki sub’sidiya beriladi. Agar kelgusi
yil mahalliy byudjetlarning o’z manbalari (soliqlar i) kupayib kolsa, respublika soliqlar dan
ajratma berishning xojati kolmaydi. Respublika va mahalliy soliqlar yagona mohiyatiga ega
bo’ladi, byudjetga tulanishi lozim bo’lgan to’lovlardir.
Mahalliy soliqlar xukumatlar bajaradigan vazifalariga karab belgilanib, ularga doimiy va
to’liq biriktirib beriladi. Mahalliy hukumatlar asosan mexnatkashlarga yakin bo’lganligidan
ularga ijtimoiy masalalarni maktab, sog’likni saqlash, madaniyat, maorif, shahar va kishloklar
obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin bu soliqlar va yig’imlar ularning byudjet
Harajatlarining 30-40 foizini koplaydi, holos. Keyingi vaktlarda mahalliy byudjetlar daromadlari
salmog’ini 50-60 foizga yetkazish kabi xukumat karorlari mavjud. Mahalliy byudjetlar
daromadlarini kupaytirish eng dolzarb masalalardan biridir. Fakat o’z daromad manbaiga to’liq
ega bo’lgan mahalliy xukumatlar o’z faoliyatlarini to’liq amalga oshirishlari mumkin. Aks holda,
har xil moliyaviy kamchiliklarga yo’l qhyish zhtimoli bor. Mahalliy soliqlarning muhim
xususiyati shundaki ular fag’at shu xududning byudjetiga tushadi. Boshqa byudjetlarga
ajratmalar berilmaydi.
Mahalliy byudjetlarning soliq va yig’imlari kam bO’lganligidan bu byudjetlarning
daromadlar va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir. Bu masalani
yechishda ilgari ko’rsatganimizdek xududdan respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan
ajratmalar beriladi. (masalan, QQS, daromad solig’i va boshqalar). Amaliyotda shu soliqlardan
mahalliy byudjetlarga ular byudjetini barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha ajratma bermasdan
turib subvensiya (maksadli yordam) berish hollari uchraydi. Vaholanki, mahalliy hukumatlarni
o’z xududlaridan tushadigan soliqlarni undirishga qiziktirish uchun 100 foizgacha ajratmalar
berish maqsadga muvofiqdir.
Subvensiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy hukumatlarning respublika hukumatiga
murojaat etish lozimligini bildirib, ularni o’z xududlaridagi soliqlar to’liq undirilishini
qiziktirmaydi, ulardagi boqi beg’amlik kayfiyatini kuchaytiradi.
Soliq tizimining takomilashganliligi soliq turlari, stavkalari, soliqlarning davlat byudjeti
tarkibidagi daromadining nisbati mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qay darajada
mos kelishi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish
maqsadlariga mutanosibligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: