107
oshdi.
Bu esa Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asosan kollejlar va litseylar sonining
kengaytilganligi natijasi hisoblanadi. Sog’liqni saqlashga xarajatlar ijtimoiy xarajatlarning 22,4
%ini tashkil etdi (2006 y. 22,6 %).
2007 yilda “Ijtimoiy himoya yili” dasturini amalga oshirish munosabati bilan va aholini
ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish hamda ko’lamini kengaytirish borasida qo’shimcha chora-
tajbirlar amalga oshirilishi natijasida
ehtiyojmand, nogiron va yolg’iz keksa odamlarga yordam
ko’rsatish uchun byudjetdan 226,5 mlrd. so’m ajratildi.
Bu yillarda boshqaruv organsarini moliyalashtirish xarajatlarining YAIMdagi ulushi keskin
o’zgarmadi va 0,5-0,6 % darajasida saqlvnib qoldi.
Iqtisodiyotga qilingan xarajatlar suv xo’jaligi ob’yektlari va aholi punktlari infratuzilmalari
faoliyatini va zaruriy moddiy texnika taraqqiyotini ta’minlagan bo’lsa-da, jami xarajatlar
tarkibida xarajatlar tarkibida ularning ulushi 2004-2007 yillar davomida qisqardi va 2007 yilda
YAIMga nisbatan 2,3 % nitashkil etdi.
Tahlil qilinayotgan davrda markazlashgan investitsiyalarning byudjet xarajatlaridagi
ulushining kamayishi tendensiyasi barqaror bo’ldi.
Agar 2002 yilda Markazlashgan investitsiyalarning YAIMdagi ulushi 4,7 %ni ( Byudjet
xarajatlaridagi ulushi 18 %ni) tashkil etgan bo’lsa 2005 yilda bu ulush 2,4 % (10,7%)ni tashkil
etdi. 2007 yilda markazlashgan investitsiyalarning YAIMdagi ulushi 1,7% ni , jami byudjet
xarajatlaridagi ulushi esa 8.2 %ni tashkil etdi. Soliq stavkalarining pasaytirilishi , soliq
imtiyozlarining ko’paytirilishi natijasida korxonalar moliyaviy ahvolining yaxshilanishi
natijasida ularning jami investitsiya manbalaridagi ulushining ortishi investitsiya loyihalarini
moliyalashtirishda davlat byudjeti mablag’lari sarfini kamaytirish va tejalgan mablag’larni
ijtimoiy sohaga yo’naltirish imkonini berdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo’lib
o’tdi. Deputatlar O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli
jamg’armalarining byudjetlari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlarini
ko’rib chiqdilar.
Deputatlar ta’kidladilarki, joriy yilda belgilangan chora-tadbirlarni o’z vaqtida va to’liq
moliyalashtirishni ta’minlashga qaratilgan kuch-g’ayratni safarbar etish yuzasidan talay tizimli
ishlar amalga oshirildi. Bunda mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirish, daromadlar
tushumlarining qo’shimcha manbalarini aniqlash, shuningdek ularni jalb etish hisobiga
byudjetning daromad qismini shakllantirish borasida sifat jihatidan yangicha yondashuvlardan
foydalanildi. Bularning barchasi pirovard natijada belgilangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga
erishish imkonini berdi. Joriy yil byudjeti barcha nazarda tutilgan xarajatlar bajarilgan va
tasdiqlangan dasturlar moliyalashtirilgan holda
Do'stlaringiz bilan baham: