3. Pul bozorida muvozanat Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi
Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va
(M/P)
s
darajasida qayd qilingan deb olamiz.
Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zahirasi
miqdorini ko’rsatadi.
(M/P) s = M*/P* Bu yerda: M - pul taklifi darajasini bildiradi;
P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen o’zgaruvchi )ni ko’rsatadi.
9.1-chizma real pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog’liq bo’lmagan vaziyatni
ko’rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda ko’rsatayotganimizdek vertikal
chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi. Bu holat foiz stavkasi qanchalik o’zgarishiga qaramasdan real
pul taklifi miqdori o’zgarmasdan qolgan vaziyatni aks ettiradi.
Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. Bu holatda real pul taklifi M*/P* ga
teng va grafikda Ms to’g’ri chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi.
Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proporsional egri chiziq
ko’rinishiga ega. Muvozanat nuqtasida pul talabi va taklifi o’zaro teng, (9.2-chizma).
O’zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz stavkasining
o’zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o’z aktivlari tarkibini o’zgartirgani tufayli pul bozorida
muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta’sir etib uni o’zgartirish zarur va mumkindir. Agar R
juda yuqori bo’lsa, pul taklifi unga bo’lgan talabdan yuqori bo’ladi. Iqtisodiy agentlar o’zlarida
to’planib qolgan ortiqcha naqd pullarni aksiya va obligatsiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga
intilishadi.
Yuqori foiz stavkasi, ta’kidlanganidek, obligatsiyalar kursining pastroq darajasiga mos
keladi. Shu sababli, arzon obligatsiyalarni (kelajakda foiz stavkasi pasayishi oqibatida ular kursi
o’sishini ko’zda tutib) sotib olish foydali bo’ladi.
Banklar, Ms> Md bo’lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Asta-sekin iqtisodiy
agentlar o’z avtivlari tarkibini o’zgartirishi va banklar tomonidan foiz stavkasining o’zgartirilishi
oqibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib ketgan holatda teskari jarayon
ro’y beradi.
R R
Ms
Ms
Re
MD
M*/P* M/P M*/P* M/P
9.1-chizma. Real pul vositalari zahirasi 9.2-chizma. Pul bozorida muvozanat
taklifi grafigi modeli