10-chizma. Yalpi taklif egri chizigi.
iktisodiyot ishlab chikarish omillari to‘lik band bo‘lmagan sharoitda amal kiladi;
baxolar, nominal ish xaki kayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam ta’sirlanadi;
Кўтарилиб борувчи
ёки оралиқ кесма
Баҳолар
даражаси
Горизантал ёки
кейнс кесмаси
Вертикал ёки
классик кесма
54
real mikdorlar (ishlab chikarish, bandlilik, real ish) xaki xarakatchan va bozor
tebranishlaridan tez ta’sirlanadi.
Vertikal yoki klassik kesmada iktisodiyot to‘lik bandlik sharoitiga yoki ishsizlikning
tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni ko‘ramiz. Iktisodiyot egri chizikning bu
kesmasida o‘zining ishlab chikarish potensiali darajasida bo‘ladi. Bu shuni bildiradiki,
baxolarning xar kanday oshishi ishlab chikarish xajmining oshishiga olib kelmaydi. Chunki,
iktisodiyot to‘lik kuvvatda faoliyat ko‘rsatayapti. To‘lik bandlik sharoitida ayrim firmalar
boshka firmalarga nisbatan resurslarga yukorirok baxolarni taklif etish orkali ishlab
chikarish xajmini oshirishga xarakat kiladi. Ammo, bunday xolatda ayrim firmalarning
resurslar va ishlab chikarish xajmini oshirishi, boshkalari uchun yo‘kotishga olib keladi.
Natijada bu maxsulotlar baxosi oshishi mumkin, lekin ishlab chikarishning real xajmi
o‘zgarmay koladi.
Klassik nazariyada yalpi taklifni taxlil kilish kuyidagi shartlarga tayanadi:
ishlab chikarish xajmi fakatgina ishlab chikarish omilari xajmiga va
texnologiyalarga boglik va baxolar daoajasiga boglik emas;
ishlab chikarish omillari va texnologiyalarda o‘zgarish sekinlik bilan ro‘y beradi;
iktisodiyot to‘lik bandlik sharoitida amal kiladi, ya’ni ishlab chikarish xajmi
potensial darajaga teng;
baxolar va nominal ish xaki o‘zgaruvchan, ularning o‘zgarishi bozorlarda
muvozanatni ta’minlab turadi.
Oralik kesma
– ishlab chikarish real xajmining o‘sishi narxlar darajasining o‘sishiga mos
ravishda o‘sib boradi. Nima uchun? Chunki, iktisodiyotning pasayish xolatidan to‘lik bandlikka
o‘tishi noteks va turli vaziyatlarda ro‘y beradi. Masalan, ayrim tarmoklarda resurslarning
etishmasligiga duch kelinsa, boshka tarmoklarda xozircha ortikcha resurslar mavjud bo‘ladi.
Shuningdek, ular ishlab chikarishni kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish va
malakasiz mutaxassislardan foydalanishiga to‘gri keladi. Bu esa maxsulotlar birligiga ketadigan
xarajatlarning oshishiga va natijada baxolar darajasining o‘sishiga olib keladi.
Ishlab chikarish xajmi ko‘payishi yoki kamayishi baxoga boglik bo‘lmagan omillar
xisobiga xam ro‘y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizigini o‘ng yoki chap tomonga
siljitishi mumkin. Baxoga boglik bo‘lmagan omillarnig xususiyati shundaki, ular maxsulot
birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta’sir kiladi va shu orkali jami taklif egri chizigining
siljishiga sabab bo‘ladi.
Bu omillarga texnologiyalardagi o‘zgarishlar, ishlab chikarish omillari mixdorining
o‘zgarishi, resurslar baxolarining o‘zgarishi, firmalarni solikka tortishdagi o‘zgarishlar boshkalar
kiradi..
4.AD-AS modelida makroiktisodiy muvozanat.
AD va AS egri chiziklarining kuesishish nuktasi ishlab chikarishning muvozanatli xajmi
va
baxolarning muvozanatli darajasini belgilaydi. Baxolarning muvozanatli darajasi
deganda baxolarning shunday darajasi tushuniladiki, unda jami talab va taklif bir-biriga mos
kelishi yoki teng bo‘lishi kerak. Modlelda makroiktisodiy muvozanatga erishish mexanizmini
dastlab oralik kesmada ko‘rib chikamiz (11-chizma). Dastlab muvozanat e nuktasida
o‘rnatilgan. Baxolarning muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chikarish xajmining muvozanatli
xajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Pe narxlarning muvozanatli
darajasini va Ye esa yalpi ishlab chikarishning muvozanatli xajmiini bildirishini ko‘rsatishimiz
uchun baxolarning muvozanatli darajasi Pe emas, balki P1 deb xisoblaymiz.
55
R
AS
Pe
e
P1
AD
Y
Y 1 Y e Y 2
Do'stlaringiz bilan baham: |