21
qoʻllanib kelinadi. Masalan,
sohibi karomat
– karomat egasi
24
;
farzi ayn
– har kim
oʻzi ado etishi kerak boʻlgan amallar (namoz, roʻza, zakot);
farzi kifoya
–
mukallaflar jamoasidan qandaydir adadi ma’lum amalni bajarib qoʻysa, boshqalari
soqit boʻladi, masalan, janoza namozi
25
;
nomai a’mol; shaytoni lain; faxri
koinot.B
u yerda oddiy leksik ma’no haqida gap ketmaydi, balki ularning birga
koʻchirilgan va yaratgan frazeologik ma’nolar haqida gap boradi.
Diniy tushunchalar, xalqning dunyoqarashi orqali yuzaga kelgan frazemalarni
ogʻzaki, yozma nutqda qoʻllanishiga koʻra ikki guruhga ajratish lozim. Birinchi
guruhga diniy tushunchalar asosida umumxalq tilida, ogʻzaki nutqda barcha
tomonidan qoʻllanib kelinadigan iboralar. Masalan,
qiyomat qarz; shukr qilmoq;
dargohida qabul qilsin; shak keltirmoq; shakkoklik qilmoq; xoʻja koʻrsinga; oq
fotiha; qoʻlini halollamoq; xatna qildirmoq; jonini jabborga berib ishlamoq;
jahannamga ravona qilmoq; Xizrni yoʻqlasa ham boʻlarkan; fotiha oʻqimoq;
qa’da qarimas
;
toʻrt tarafing qibla; Luqmoni hakim; luqmayi halol.
Bu kabi turgʻun soʻz birikmalarining kelib chiqishi - etimologiyasi va ular
ifodalayotgan tuygʻu-tushunchalar shu qadar rang-barangki, bizning fikrimizcha,
ularning lisoniy xususiyatlari, milliy-madaniy ahamiyati kelgusida alohida ilmiy
tadqiqot obyekti bo‘lishi mumkin. Biz tahlilga olingan frazemalarning til birligi
sifatida ba’zi xususiyatlarini tahlil qilish bilan cheklandik.
Bobning uchinchi fasli
“Ingliz tili frazemalarining shakllanishida milliy-
madaniy omillar” deb nomlanadi. Barcha tillarda mavjud boʻlgani kabi, ingliz tili
lugʻat boyligining leksik birliklari qatoridan minglab frazemalarning oʻrin olganini
koʻramiz. Bu birliklar asrlar davomida ingliz xalqining milliy-madaniy hayot
tarzini, ijtimoiy taraqqiyotini tarix zarvaraqlariga muhrlab kelayapti. Tadqiqotimiz
jarayonida frazemalarning bir qator xususiyatlariga alohida toʻxtalib oʻtishni lozim
topdik. Chunki ular nafaqat lingvistik, semiotik nuqtayi nazardan, balki Yevropa
xalqlari taraqqiyoti, adabiy va diniy muhiti bilan chambarchars bogʻliqligi
tomondan ham yaqqol koʻzga tashlanib turibdi. Qator turgʻun birikmalarning esa
tarixiy shaxslar hamda ularning adabiy meroslari bilan bogʻliqligi tahlil davomida
koʻrib chiqildi. Masalan, buyuk dramaturg Vilyam Shekspir ingliz tili frazeologik
lugʻat boyligiga oʻzining sezilarli hissasini qoʻshgan. “The Oxford dictionary”
lugʻatining ma’lumotiga koʻra ularning soni 170ga yetadi
26
. Shekspir tomonidan
yaratilgan iboralarni odatda shekspirzmlar deb ataydilar. Quyidagi shekspirzmlar
hozirga qadar ingliz tilida faol qoʻllanib kelinadi: wear your heart on your sleeves
(s.s.: yuragingni yengingga kiy) – his-tuygʻularingni ochiq ayt, idiomasi Henry V
asarida birinchi marotaba ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: