Taymsher. (Timshare, inglizchadan tarjima qilinsa «Vaqt qismi» degan ma’noni beradi) - bu birgalikdagi egalik, aniqrog‘i klubli joylashtirish vositalarini ulardan ma’lum vaqt ichida foydalanish huquqi bilan uzoq muddatga ijaraga olish (misol uchun, 30-50 va ko‘proq yil davomida har yili bir haftaga) dir. Klassik taymsher xususiyatlari shundan iboratki, dam olishning ma’lum davriga mulk egasi ekanligi haqida sertifikat mavjud bo‘ladi. Bir qator mamlakatlarda taymsher meros qilib berilishi, garov vositasi, kreditni ta’minlash va boshqa vositalar sifatida foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |