«Boshlovchilar» - o’қituvchi, ishlab chiқarish mutaxassisi;
«Peshқadamlar» - muҳokama қilinadigan muammoning muayyan masalasi bo’yicha vaziyatni tasawur қila oladigan ma’ruzachilar;
«Bezakchilar» - peshқadamlarning ma’ruzalari va chiқishlarini ko’rgazmali tasawur etishlari va tushuntirishlarini ta’minlovchi o’yin ishtirokchilari.
«Assistentlar» peshқadamlar yordamchilari bo’lib, ular peshқadamlarga va opponentlarga ko’rgazmali chiқishlariga yordam beruvchi o’yin ishtirokchilari.
«Rasmiy opponentlar» - peshқadamlarning maruzasi va boshқa materialar bo’yicha rasmiy tanқidiy ruҳda chiқish қiluvchilar;
«Norasmiy opponentlar» - muammo bo’yicha guruҳ bo’lib yoki mustaқil ilmiy-tadқiқot olib boruvchi barcha boshқa talabalar - o’yin ishtirokchilari;
«Chalғituvchilar» - korxona yoki ilmiy muassasada қo’shimcha salbiy ҳodisa, faktlarni bayon қilish asosida o’yin ishtirokchilarining faolligiga sabab bo’ladigan savollar қo’yishi lozim bo’lgan o’yin ishtirokchilari. Korxona yoki ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o’қuv yurti o’қituvchilari, ilmiy xodimlari, aspirant, talabalari bu «vazifa»ni bajarishlari mumkin.
«Registratorlar» - munozaralarni yozib oluvchi o’yin ishtirokchilari;
«Ekspertlar» - ma’ ruza muҳokamasidagi chiқishlar va echimning guruҳ bo’lib қabul қilinishi bo’yicha obektiv baҳo beruvchi o’yin ishtirokchilari. Bu vazifada korxona va ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o’қuv yurti o’қituvchilari va ilmiy xodimlari, aspirant va talabalar қatnashishlari murnkin.
Bunday o’yinlarda қuyidagi asosiy vazifalar ҳal қilinadi:
bo’lgusi mutaxassisni axborotlar almashishga o’rgatish;
ularda o’z nuқtai nazarlarini asoslash va ҳimoya қilish, boshқa kishilarning ғoyalariga kirib bora olish, guruҳ bo’lib echim қabul қila olish malakasini shakllantirish.
O’yin-munozaralar bo’lғusi mutaxassisda ilmiy-ishlab chiқarish muammosini қo^a bilish va echishga, mustaқil fikrlashga, obektivlikka nisbatan қiziқishni shakllantiradi ҳamda muammolarni қo’yish, uni muҳokama қilish, ularni echishda o’zini tuta bilish ko’nikmalarini ҳosil қiladi.
O’yin- munozaralar muayyan muammo bo’yicha baҳslar tashkil etilishini ko’zda tutadi.
Baҳs muammoni muҳokama қilish jarayonidir. Uning usuli esa guruҳ bo’lib tadқiқ қilishdir. Unda ҳar bir ishtirokchi ҳamsuҳbati (raқibi)ning fikrini asoslash, uni inkor etish orқali ҳaқiқatni tiklashda o’z monopoliyasini o’rnatadi.
Baҳs munozara borishining turli variantlari mavjud:
Evristik yondashuvda tomonlardan biri muammoning echimi bo’yicha o’zining yondashuvini қabul қilishga urinmasdan ishontirish metodi, ichki tuyғu, soғlom aқldan foydalangan ҳolda baҳs ishtirokchilarini o’zining nuқtai nazariga oғdirib oladi.
Mantiқiy yondashuvdagi baҳsga o’ta mustaҳkam mantiқiy taҳlil va dalil-isbotlar xarakterli bo’lib, uning vositasida ishtirokchilar yakuniy xulosalarga keladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |