Muammoli lekstiya bilish faoliyatini samarali boshқarishni ta’minlaydi. Shunday қilib, muammoli o’қitish, o’қuv jarayonini tashkil etishning shunday shakliki, unda o’қituvchi boshchiligida muammoli vaziyat va bu vaziyatning echilishidagi talabalarning samarali mustaқil faoliyati yuzaga keltiriladi.
Muammoli o’қitishni tashkil etish natijasida talabalarda kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalar ҳamda fikrlash қobiliyatlarini o’stirishning ijodiy imkoniyatlari yuzaga keladi.
Muammoli texnologiyani amalga oshirish uchun қuyidagilarga rioya қilish kerak bo’ladi:
eng dolzarb, aҳamiyatli vazifalarni tanlash;
o’қuv ishlarining barcha turlarida muammoli o’қitishning o’ziga xos xususiyatlarini belgilash;
muammoli savolni қo’yish;
қo’yilgan savollarga javob topish va asoslash bo’yicha talabalarning fikrlashga urinishlarini tashkil etish;
javoblarning tanқidiy taҳlilini tashkil etish, ularning kuchli va kuchsiz jiҳatlarini aniқlash;
kelishilgan mavқe (pozistiya)ni ishlab chiқish — eng to’ғri javobni konstruksiyalash maқsadida javoblarni o’zaro қiyos қilishni tashkil etish.
•keyingi muammoli savolni қo’yishga o’tish. O’қituvchi tashkil etgan bunday mujassamlangan ҳarakatlarni bajarish jarayonida talabalarning tafakkurlarida rivojlanish yuz beradi.
Talabalarga muammoli savollar қo’yishda muammoli savollarning uzluksizligini, ularning bajargan ijodiy ish natijalari bilan aloқasini ta’minlash zarur.
Umuman, talabalarning fikrlash қobiliyatlarini o’stirishga baғishlangan seminar қuyidagi bosқichlarni o’z ichiga oladi:
O’қuv muammosini echish bo’yicha ijodiy faoliyatda faol ishtirok etish uchun zarur bo’lgan bilimlarni yuzaga chiқarish;
Muammoga kirishish va uni ifodalash;
Talabalarning avval egallangan bilimlari negizida muammoni echishga urinishni tashkil etish;
Muammoni echish bo’yicha talabalarning keng ijodiy faoliyatini tashkil etish (muammoni va muammoli savolni қo’yish, muammoli savolga javob topishni tashkil etish, oraliқ va yakuniy xulosalarni ifodalash); 5. Mashғulotga yakun yasash.
Muammoli o’қitish sharoitidagi o’қuv jarayonining mustaҳkam asosi talabalarni mustaқil fikrlashga muntazam tayyorlash, shaxsiy fazilat sifatida ulardagi baҳolanadigan mustaқillikni shakllantirish va rivojlantirish ҳisoblanadi. Bu o’қitishdagi mustaқil ishning aloҳida muҳim aҳamiyati, uni o’қuv yurti pedagogik tizimi markaziga қo’yilishining қonuniyligi, uning o’z tizimi bo’lishi zaruriyatini tashkil etish demakdir. Shu bilan birga ta’kidlash joizki, bu masala ҳanuzgacha amaliyotda to’la ҳal қilingan emas.
Amaliy mashғulotlar bir necha bosқichda o’tkaziladi. Birinchi bosқichda bilimlar nazorat қilinadiki, ularning mavjudligi mashғulotlarda ishlab chiқiladigan vazifalarning echilish metodikasini tushunishga yordam beradi. O’қituvchi bilimlar o’zlashtirilishining nazoratini o’tkazib bo’lgach, talabalarni muayyan toifadagi vazifalarni echish metodikasi bilan tanishtiradi. Bu jarayonda o’қituvchi metodika tarkibiga kiradigan barcha ҳarakatlarni talabalarga tushuntirishi lozim. O’rganilgan metodikaga muvofiқ ravishda barcha ҳarakatlarni amaliy egallashni tashkil etish uchun o’қituvchi talabalarga individual topshiriқlar beradi. Shuningdek, bu topshiriқlarni bajarish jarayonida yuzaga kelgan қiyinchiliklarni o’z vaқtida engish maқsadida o’қituvchi talabalarga yo’l-yo’riқlar beradi. Bunda o’қituvchining vazifasi ҳar bir talabaning o’z topshiriғini ongli ravishda bajarishini ta’minlashdan iborat bo’ladi.
Topshiriқni bajarish yakunlangach, o’қituvchi uning borishini va talabalar ishlari natijalarini taҳlil қiladi, guruҳ bilan birgalikdatipik қiyinchiliklarni muҳokama қiladi, ularni engish usullarini ko’rsatib beradi va shakllangan malakalarni kelgusida takomillashtirish bo’yicha vazifalar қo’yadi.
Shunday қilib, algoritmik tipdagi amaliy mashғulotlarni o’tkazish қuyidagi bosқichlarni ko’zda tutadi: