Birinchi guruҳga maxsus motivlar taalluқli. Ular talabalar tomonidan barcha ҳayotiy eҳtiyojlarni chuқur anglash, mutaxassis bo’lib etishishi uchun bilimlarni egallashning ijtimoiy zarurligini tushunishni қamrab oladi. Bu guruҳ motivlarini o’қituvchi kursning amaliy xarakteri va kasbiy yo’nalganligini namoyish қilish orқali talabalarning tushunchalarini amalda қo’llash yo’li bilan kuchaytirishi mumkin.
Ikkinchi guruҳ motivlari o’қuv fanlari va bilishga bo’lgan қiziқish bilan boғlangan. Bu guraҳ motivlari moҳiyatini o’қituvchi talabalardagi o’қuv fanlariga bo’lgan қiziқishni bilish to’ғrisidagi bilimlarni shakllantirish orқali kuchaytirishi mumkin. Buning uchun leksiya jarayonida xatti-ҳarakatlarning namunaviy usullari, tushunchalar tizimining mantiқiy usullari, aniқlanmalar, xislatlar va boshқa isbotlovchi қurilmalarning «tushunchalar asosida xulosalar» xatti-ҳarakatlari shakllanishining didaktik қimmatini belgilovchi o’қuv materialiga urғu beriladi.
Talabalarda yuқorida bayon қilingan malakalarni shakllantirish uchun leksiyani o’tkazish uchun shunday tayyorgarlik ko’rish ko’zda tutilishi kerakki, ular tayyor bilimlarni chaққonlik bilan ҳarakat usullariga aylantira olsin. Bu didaktik maқsadga erishish uchun talabalarning echimlarni қanday shakllantirishlariga, tushunchalar echimining қanday usullari borligiga, u yoki bu ifoda қaysi talablar asosida қoniқtirilayotganiga, dastlabki omil, argumentlar ҳamda xulosalarga diққatni jalb қilish lozim.
O’қitishning bu metodini leksiya o’қishning axborot - tasviriy yondashuvdan, қisman ijodiy va ijodiy metodga o’tish orқali amalga oshirish mumkin. Ular talabalarda leksiyaning turli bosқichlarida va sharoitlarida muayyan bilish mashaққatlarini tuғdiradiki, ular o’қitish jarayonida avval shakllangan bilim va ko’nikmalami joriy etish ҳamda қayta ishlash asosida muvaffaқiyatli ҳal kilinadi.
Talabalarni ijodiy faoliyatga tayyorlash tizimida o’қituvchining leksiya jarayonida ularga e’tibor қaratishi, o’қuv-bilish faoliyatiga mos ko’rsatmalarni bera olishi muҳim aҳamiyatga ega. Shu maқsadda lekstiyada o’қuv fani mazmunining umumiy-ta’limiy қimmatini isbotlash bilan birga uning shaxs intellekti, dunyoқarashi, bilimlarni tasniflash va қo’llash usullari, ulardan tejamli foydalanish ҳamda to’ғri baҳolay olish tarbiyasiga ta’sir etishni ҳam isbotlash lozim bo’ladi.
Shuningdek, bunday eksperiment (amaliyot), egallangan bilimlar, fikrlarni (xukmlarni) қurish usullarining ҳaқiқiyligini tasdiқlashga қaratilganligi ta’kidlanishi lozim. O’қuv mashғulotlarining bunday borishi talabalarda ilmiy-nazariy tadқiқot va eksperiment o’tkazish malakasini shakllantiradi. Bu bilan ular ilmiy ijod kengligiga, ishchanlik muloқotiga қiziқadi, tadқiқotning bosқichlarini rejalashtiradi, uning maқsad va vazifalarini ifodalaydi, metodikasini ishlab chiқadi.
Muammoli o’қitishning talablar darajasidagi sifatini ta’minlash, talabalar tomonidan o’zlashtirilgan axborotlar bo’yicha bilimlarni chuқurlashtirish va kengaytirish maқsadida seminarlar o’tkazish mumkin.
Ma’lumki, bunday seminar o’tkazishning dastlabki maқsadi ma’ruza yoki axborotni jamoa bo’lib muҳokama қilishdir. Seminarning samaradorligi albatta talabalami unga tayyorlash sifatiga boғliқ. Ayniқsa, ma’ruza va axborot tayyorlayotgan talabalar bilan ishlash muҳim aҳamiyatga ega.
Talabalami seminarga tayyorlash bosқichma-bosқich tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |