Barabanli aylanuvchi pechlar. Po'latdan yasalgan ichi o‘tga chidamli g'isht bilan qoplangan baraban (mashina apparatlarning uzun silindrsimon qismi) g'ildirakchali tayanchga 3 — 4° burchakda qiya qilib gorizontal o'matiladi. Baraban elektromotor uzatmasiga va pechga o‘matilgan tishli g‘ildirak (shestema) yordamida bir soniyada 0,5 — 2 martagacha tezlik bilan aylanadi (39- rasm).
Baraban aylanganda qattiq material pechning yuqori qismidan pastiga to‘kiladi, pech ichida qarama-qarshi oqimda issiq yoqilg‘i — gaz harakat qiladi. Bunday pechlar glinazyom va sement klinkeri, soda, ishqor va boshqalami ishlab chiqarishda: turli materiallarni quritish va kuydirish uchun ishlatiladi. Hozirgi zamon sement pechlarining uzunligi 200 m., diametri 5 m. gacha bo'ladi. Barabanli pechlaming konstruksiyasi va uni ishlatish juda oddiy, universalligi hamda mahsuldorligi yuqori bo‘lganligidan keng tarqalgan.
Tunnel (kanalli) pech (40- rasm) uzun (200 m. gacha), chuqur kanal bo‘lib, ichki devorlari o‘tga chidamli g‘isht bilan qoplangan, ichida relslar o‘matilgan, unda bir-biriga yaqin holda o£matilgan ichida kuydiriladigan material ortilgan vagonchalar harakat qiladi. Vagonchalar ham o£tga chidamli g‘isht bilan qoplangan va tashqi yon tomonlari temir qalqon bilan o£ralgan. Vagonchalar harakat qilganda yon qalqon qumga botib (100—150 mm gacha botadi) yuradi, natijada pech bo£shlig‘ini vagonchalar ostidagi kanal va rels- larni ajratib turadi. Shuning uchun ham issiq gaz, vagon ostiga, kanalga kira olmaydi. Bu narsa vagonchalaming ostki qismini va relslami harorat ta’siridan himoya qiladi.
Vagonchalar harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda issiq gaz yoki havo oqimi harakat qiladi. Pech kanali qizdirish, kuydirish va sovitish zonalariga bo£linadi. Kuydirish zonasida forsunka (yoqilg'ini yoqadigan asbob) yordamida gazsimon, qattiq yoki suyuq yoqilg‘ilar yoqiladi. Tunnel pechini boshqarish, uning ishini avtomatlashtirish oson. Pech uzluksiz ishlaydi, mahsuldorligi yuqori (200 t/sutka va undan ortiq). Tunnel pechlari o‘tga chidamli materiallar va keramik buyum- larni kuydirishda, slaneslami yarim kokslashda, yog'ochni quruq haydashda, oltingugurt suyuqlanmasini rudadan ajratib olishda va boshqalarda ishlatiladi.
Kamerali pechlar har xil shakldagi yopiq kameralar bo‘lib, bir- biridan ishlash sharoiti, konstruksiyasi, qizdirish usullari bilan farq qiladi. Bunday pechlar ko£p tonnali ishlab chiqarishlarda, masalan, toshko‘mimi kokslashda, keramik buyumlami kuydirishda ishlatiladi. Tuzlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan kamerali pechlarni mufel yoki retorta deyiladi. Laboratoriya amaliyotida ham ishlatiladi.
Vannali pechlarda qattiq materiallar suyuqlanadi va suyuq holatda termik yoki kimyoviy qayta ishlanadi. Keng tarqalgan qudratli vannali pech tiplariga alangali qaytargichli (issiqlik, nur, to‘lqin kabilami qaytaradi) pechlar kiradi. Masalan, marten pechlari (50- rasm) rangli metal lurgiyaning qaytargichli pechlari, shisha pishirish pechlari hamda metallurgiya konvertorlari va tigel pechlari va boshqalar.
Elektr pechlari elektrotermik jarayonlarda foydalaniladi. Unda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi va harorat 3000°C gacha ko‘tariladi. Elektr pechlari: qarshilik ko‘rsatish pechlari, yoy pechlari, quramalashgan (kombinirlangan) va induksion pechlariga bo'linadi.
Qarshilik ko‘rsatish pechlarida tok o‘tkazgich sifatida katta qarshilik ko'rsatish xossasiga ega bo‘lgan kuydiriladigan materiallar (to‘g‘ridan- to‘g‘ri qizdirish) yoki maxsus o‘tkazgichlar (vositali qizdirish) ishlatiladi va pechlarida elektr toki yordamida hosil qilingan yoy issiqligidan foydalanib qizdiriladi. Yoy elektrodlar va qizdiriladigan materiallar orasida (to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizdirish) yoki ikki elektrod oralig‘ida (vositali qizdirish) hosil qilinadi. Qurama pechlarda har ikkala prinsip ham qo‘llaniladi, ya’ni ham yoydan ham material qarshiligidan foydalaniladi.
Induksion pechlarda esa material qizdirilayotgan obyektning (odatda metall) o‘zida induksiyalangan tok, ya’ni hosil bo'lgan o‘zga- ruvchan tok bilan yoki qizdiruvchidan issiqlik uzatish orqali qizdiriladi.
Elektrotermik jarayonlar metallurgiya sanoatida, ligerlangan po‘lat, rangli va siyrak metallar ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Elektrotermik pechlarda: po‘lat, kalsiy karbidi, ozon, kremniy, kvars shisha, korund, fosfor, uglerod sulfidi, asetilin, grafit va boshqalar ishlab chiqariladi 51- rasmda kalsiy karbid ishlab chiqaruvchi pechning kesimi ko‘rsatilgan elektrotermik ishlab chiqarishlarda turli quwatga (bir necha yuzdan 50 ming kVt gacha) ega bo‘lgan elektr pechlar qo‘llaniladi.
Elektrotermik ishlab chiqarish ko‘p energiya talab qiladi. Masalan, quyida 1 t moddalami ishlab chiqarish uchun sarflanadigan energiya miqdori berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |