Toshkent yangiyul poligraph service


rasm. Suyuqlikni sachratuvchi minora



Download 0,69 Mb.
bet60/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

rasm. Suyuqlikni sachratuvchi minora.

1 — minora korpusi; 2 — suyuqlikni bir tomonga sachratuvchi; 3 — suyuqlikni ikki tomonga sachratuvchi sachratgich.

  1. rasm. Sement klinkeri ishlab chiqarish uchun aylanuvchi barabanli pech.

1 — pechning po‘lat korpusi; 2 — futerovkasi(o‘tga chidamli qoplamasi); 3 — tayanch kamari; 4 — tishli g‘ildirak; 5 — uzatma; 6 — ta’minlagich;

  1. sovutkich-rekuperatorlar; 8 — pech ichidagi klinker; 9 — klinkerni chiqarib turuvchi konveyer.

  1. rasm. Tunnel pechi (ko‘ndalang kesimi).

1 — havo kiradigan kanallar; 2 — gorelkalar; 3 — kuydiriladigan material ortilgan vagonchalar.

Ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish uchun nafaqat reaktorlami balki barcha kimyoviy-texnologik sistemalami hisoblash va modellash zarur.

Kimyoviy-texnologik sistema (KTS). Xomashyoni (dastlabki materiallarni) qayta ishlab tayyor mahsulotga aylantirish uchun fizik va kimyoviy jarayonlar amalga oshiriladigan, o‘zaro ta’sirotda, ya’ni bir-biriga bog'liq bo‘lgan apparatlaming birgalikda hammasiga KTS deb ataladi.

Bu bo‘limgacha kimyoviy texnologik aylanishlar amalga oshadigan alohida apparatlar va jarayonlami ko‘rib o‘tdik va ularni jadallashtirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi. Amaliyotda real kimyoviy ishlab chiqarishlar, xomashyoni qayta ishlab iste’mol mahsulotlariga va ishlab chiqarish vositalariga aylantirishga mo‘ljallangan, bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan bir qancha texnologik apparatlaming umumiyligi, ya’ni birgaligidan iborat bo‘ladi. Bu murakkab kompleks bo‘lib, ko‘pchilik hollarda apparatlar ishining optimal parametrlari bir-biri bilan mos kelmaydi. Masalan, sulfat kislota ishlab chiqarish jarayoni bir necha ketma-ket bosqichlardan iborat bo‘lib, ularning harorat va gidrodinamika sharoitlari turlicha bo‘ladi:

  1. Kolchedanni kuydirish qaynovchi qavatli pechlarda (to'liq aralashtirishga yaqin rejimda) 700°C haroratda olib boriladi.

  2. Kuyindi gazlami tozalash 30°C haroratda nasadkali minoralarda (ideal siqib chiqarishga yaqin rejimda) va elektrofiltrlarda amalga oshiriladi.

  3. Oltingugurt (IV) oksidini, (VI) oksidgacha oksidlash 440— 600°C haroratda kontakt apparatlarida (masalan, tokchali kontakt apparati, qaysiki, uni yacheykali model deb qarash mumkin) olib boriladi.

  4. S03 ni suvda absorbsiyalash 50°C haroratda nasadkali minora­larda amalga oshiriladi.

Demak, butun bir ishlab chiqarish korxonasining unumli faoliyat ko‘rsatishi faqat bitta yoki ikkita apparatning to‘liq ishlashi bilangina tavsiflanmaydi. Shuning uchun ham texnologik jarayonning ayrim elementlarini tekshirish bilangina cheklanib qolmay, shu bilan bir qatorda kimyoviy-texnologik sistemani yaxlit ( butunligicha) tekshirish zarur.

KTS tarkibiga kiruvchi jarayonlar va ularga taalluqli apparatlami tartib bilan birin-ketin xarakterlab berishga texnologik sxema deyiladi.

Ishlab chiqarishning kimyoviy texnologik sistemasi va sxemasini ikki: ochiq zanjirli va siklik (aylanma) tipga bo‘lish qabul qilingan.

Ochiq zanjirli sxemadagi apparatlardan reaksiyaga kirishayotgan barcha komponentlar yoki o‘zaro ta’sirotda bo‘lgan fazolardan biri faqat bir marta o‘tadi. Agar bitta apparatning tayyor mahsulotga aylantirish darajasi kichik bo'lsa, u vaqtda bir necha bir xil tuzilishga ega bo‘lgan apparatlar ketma-ket ishga tushiriladi, masalan, reaktorlar batareyasini ko‘rsatish mumkin (41- rasmda KTS ochiq zanjirli sxemasi gaz fazali jarayonda ko‘rsatilgan).

41 - rasm. Ochiq zanjirli(batareyali) apparatlarda to‘g‘ri oqimli sistemada ammiak sintezi. 1 — yuqori bosimli kompressor; 2 — katalizatorli ammiak sintez ustuni(kolonnasi); 3 — ammiak kondensatori, sovutgichi.

Ochiq zanjirli sxema munozanat shartlariga muvofiq reaksion aralashmadan tayyor mahsulotni ajratib olmasdan tayyor mahsulotga aylanish darajasi yuqori bo‘lishiga erishish mumkin bo‘lganda ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

Muvozanat unumi katta bo‘lmagan jarayonlar siklik sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda reaksion aralashma reaksion zona orqali har gal o‘tganda tayyor mahsulot aralashmadan ajratib olinadi. Jarayonning tezligi shuning uchun ham katta bo‘ladi.

Siklik sistema reaksion aralashmani yoki geterogen jarayonda fazalardan birini toki tayyor mahsulotga aylanishning mo‘ljallangan darajasiga erishmaguncha bir apparatning o‘ziga ko‘p martalab qayta- qayta kiritilishini ta’minlovchi sistemadir. Siklik sxemaga misol qilib ammiak sintezini, spirtlar sintezini, motor yoqilg‘isi sintezini va boshqalami ko‘rsatish mumkin. Bunda bir sikl mobaynida (xomashyo reaktor ichidan bir marta o‘tganda) dastlabki moddaning ma’lum bir qismi tayyor mahsulotga aylanadi, ammo aralashmadan tayyor mahsulot ajratib olingach, reaksion aralashma yana reaktoiga qaytarib kiritiladi (chiqarib yuborilmaydi), bu jarayon dastlabki moddaning amalda hammasi tayyor mahsulotga aylanguncha davom etadi. Sirkulyatsiyalanuvchi (aylanib keluvchi) aralashmaga bir sikl mobay­nida tayyor mahsulotga aylanish uchun sarf boMgan xomashyoga teng miqdorda toza xomashyo qo‘shiladi.

Qurama texnologik sistema ham qo'llaniladi. Bunda reaksiyaga kirishayotgan fazalardan biri navbat bilan apparatlardan bir marta o'tadi, boshqalari esa sistemaning ba’zi apparatlari orqali sirkulyatsiyalanadi, ya’ni qayta-qayta o‘tkaziladi. Sanoat ishlab chiqarishi taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri, siklik KTS ni ishlab chiqishdir, qaysiki, bu sistema ochiq zanjirli sistemaga nisbatan ancha ixcham, kam mablag* talab qiladi va chiqindisiz ishlab chiqarishga yaqinlashishga imkon beradi. Ammo asosiy dastlabki moddalaming konsentratsiyasi kam bo'lganda iqtisodiy nuqtai nazardan ochiq zanjirli sistema afzal hisoblanadi.




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish