§. Kimyoviy reaktorlar va ishlab chiqarishning kimyoviy texnologik sistemalari
Har qanday kimyoviy texnologik sistemalarning (KTS) asosiy elementlaridan biri kimyoviy reaktor hisoblanadi. Kimyoviy reaktor deb, kimyoviy reaksiyalarni, massa va issiqlik ko‘chirish (uzatish) bilan qo‘shib olib bornvchi jarayonlar amalga oshiriladigan apparatga aytiladi.
Reaktorgacha o'matilgan barcha apparatlar xomashyoni kimyoviy qayta ishlashga tayyorlash uchun mo‘ljallangan, reaktordan keyingi apparatlar esa hosil bo‘lgan tayyor mahsulotni ajratib olish uchun xizmat qiladi. Tipik reaktorlarga: sanoat pechlari, kontakt apparatlari, mexanik pnevmatik, oqimli aralashtiriladigan reaktorlar, pishirish qozonlari, gidratatorlar, sintez kolonnalari, adsorberlar va boshqalar misol bo‘la oladi. Barcha texnologik jarayonlaming
samaradorligi reaktorni to‘g‘ri tanlay bilish va uning takomillash- ganlilik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Sanoat reaktoriga bo‘lgan asosiy talablar, kimyoviy ishlab chiqarishning xarakteriga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan iborat: 1. Yuqori mahsuldorlik vajadallikni ta’minlashi. 2. Ekzotermik reaksiya issiqligidan va endotermik jarayonlarni borishi uchun tashqaridan beriladigan issiqliklardan to‘liqroq foydalanish imkoniyatini berishi.
Reagentlami aralashtirish va bir joydan boshqa joyga ko‘chirish, tashish kabilar uchun sarflanadigan energiyadan ratsional foydalanib sarfiyotni kamaytirishni ta’minlashi lozim. 4. Tuzilishi juda oddiy, oson boshqariladigan va xavfsiz, shu bilan bir qatorda arzon materiallardan (qora metallar, silikatli materiallar, arzon plastmassalar va hokazolar) yasalgan bo‘lishi. 5. Imkoni boricha to‘liqroq mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirishni ta’minlash. 6. Rejimning asosiy parametrlari (C, T, R) katta qiymatlarda o'zgarganda ham reaktor barqaror ishlab turadigan bo'lishi kerak.
Bu ko‘rsatilgan talablar ko‘pincha bir-biriga teskari, ya’ni qarama- qarshi xarakterga ega. 23- rasmda gazning tezligini oshirish reaktor ishining intenvisligini kamaytirishi (X — egri chizig‘iga qarang) yaqqol ko‘rinib turibdi. Shu bilan bir qatorda dastlabki moddalaming tayyor mahsulotga aylanish darajasi ham kamayadi va apparatda bosimning o'zgarishi (gidravlik qarshilik) ortadi, ya’ni gazni tashish uchun (reaktordan jadal o‘tkazish uchun) sarflanadigan energiya miqdori ham ortadi.
Demak, umumiy mahsuldorlikni istagancha emas, faqat ma’lum bir chegaragacha oshirish mumkin. Ushbu qarama-qarshilikni boshqa misolda ham ko'rish mumkin. Masalan, issiqlikdan foydalanishni yaxshilash, issiq almashtirish qurilmalarini murakkablashuviga olib keladi, bu holat esa reaktoming tannarxini oshirib yuboradi. Shuning uchun ham yuqorida aytilgan talablami hisobga olgan holda, chuqur kompleks iqtisodiy hisob-kitoblar qilingandan keyingina reaktor tipi tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |