Toshkent yangiyul poligraph service



Download 0,69 Mb.
bet164/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

A1203 • nH20 + 2NaOH = NaA102 + (n+1) 2 H20 Si02 + 2NaOH = NaSi03 + H20

Pulpa avtoklavdan olinadi, yuvuvchi suv bilan suyultiriladi (Na20 ning konsentratsiyasi 150 g/1 bo‘lguncha suyultiriladi). Natijada erimay qolgan qo‘shimchalar qizil shlam (qo‘shimchalar tarkibidagi temir oksidi unga qizil rang beradi) tarkibiga kirib, uning cho'kishini tezlashtiradi. Bundan tashqari, hosil bo‘lgan natriy aluminatning NaA102 bir qismi natriy silikat — Na2Si03 bilan o‘zaro ta’sirlashib, erimaydigan natriy alyumosilikatga aylanadi:

2NaA102+2Na2Si03 +4 H20 =

=Na20 • A1203 • 2 Si02 • 2 H20+4 NaOH

Alyumosilikat cho‘kmasi qizil shlam bilan birga tindirgichlarda so‘ngra filtr eritmalaridan ajratiladi. Cho‘kma suv bilan yuviladi, filtrat (yuvuvchi suv) esa pulpani suyultirishga yuboriladi.

Ba’zan boksitni ishqorda eritishdan oldin boyitiladi, masalan, boksit tarkibidagi qum , tuproq kabi aralashmalar suv bilan yuviladi. Natijada boksit tarkibidagi begona aralashmalar ancha kamayadi. Uchinchi bosqich, qayirish (vikruchivaniye) deyilib, unda to‘xtovsiz aralashtirib turgan holda, 60-90 soat mobaynida suyultirilgan natriy aluminat eritmasining asta-sekin 60° dan 40° gacha sovitish yo‘li bilan parchalantriladi. Eritmadan natriy aluminatning gidrolizi reaksiyasi natijasida aluminiyning 50% ga yaqin qismi A1 (OH)3 ko‘rinishida cho‘kmaga tushadi.

NaA102 + 2H20 = A1 ( OH )3 + NaOH

Qayirish oldidan eritmaga toza cho£ktirib olingan kristallaridan qo'shiladi. U qo£r vazifasini o'taydi, ya’ni Al(OH)3 yaxshi filtrlanadigan shaklida tez cho'kishini taminlaydi. Pulpa tindirgichda tindiriladi va barabanli vakuum - filtrda filtrlanadi. Tarkibida gidrolizlanmay qolgan NaA102 va NaOH saqlovchi filtrat -qo‘r eritma (matochniy rastvor) bug'lantiriladi. Boshlang'ich konsentratsiyaga (tarkibida Na20 ning miqdori 30 g/1 bo‘lguncha) kelguncha NaOH qo£shiladi va boksitni suyuqlikda maydalash va eritish uchun yuboriladi.

To£rtinchi bosqich kuydirish - kalsinatsiya. Bunda olingan Al(OH)3 cho‘kmasi aylanuvchi barbanli pechlarda suyuq yoki gaz yoqilg‘ilaryoqilib 1200°C haroratda kuydiriladi-kalsinatsiyaladi.

2A1(0H)3 =A1203+3H20

Natijada tarkibida 0,06-0,15 % gacha Si02 saqlovchi juda toza aluminiy oksidi-gilinozyom olinadi.

Quruq ishqoriy usul. Amalda har qanday miqdorda va har qanday birikma shaklidagi aluminiy saqlovchi ashyolami qayta ishlashga yaroqli hisoblanadi. Shu jumladan tarkibida Si02 ko£p bo£lgan boksit va nefelin rudalarini ham qayta ishlashga yaroqli. Bu usulda boksit ohaktosh va tarkibida soda saqlovchi qo‘r eritma hamda oq shlam (alyumosilikat) bilan aralashtiriladi. Ular shunday nisbatlarda aralashtiriladiki, bunda 1 mol A1203 va 1 mol Fe203 ga bir 1 Na2C03 hamda 1 mol Si02 ga 2 mol CaC03to£g£ri keladi. Shunday nisbatlarda aralashtirib tayyorlangan shixta sharli maydalagichlarda yaxshilab maydalaniladi. So‘ngra hosil bo£lgan suyuq pulpa forsunka orqali aylanuvchi barabanli kuydirish pechiga (pechning uzunligi 150 m, diametri 5 m) solinadi. Shixta navbat bilan pechni quritish, parchalash, zarrachalaming bir-biriga yopishib yaxlitlanish va nihoyat sovush zonalari orqali o£tadi. Yaxlitlanish (yopishish) jarayoni asosiy bosqich bo‘lib, 1000-1200°C haroratda boradi.

Na2C03+Al203=2NaA102+C02

2Ca0+Si02=2Ca0Si02,

Na20(K20)Al203-2Si02+2Ca0=2Na(K)A102+2(Ca0Si02)

Bu reaksiyalarning tezligi yuqori haroratda kalsiy aluminat va alyumosilikatlar hosil bo‘lishi reaksiyasi tezligidan ancha kattadir. Kremnezyomning ozroq qismi Na2Si03 shaklida, temir oksidi esa Na20 Fe203 shaklida bog‘lanadi. Hosil bo‘lgan spyok (suyuqlanib bir-birisiga yopishgan aralashma) maydalaniladi va ishlatiladigan kuchsiz ishqor eritmasi bilan aralashtirilib tuigan holda ishlov beriladi. Natijada natriy aluminat va qisman natriy silikat eritmaga o‘tadi. Kremniyni butunlay yo'qotish uchun (kremniysizlash uchun) eritmaga ohakli suv qo'shiladi va avtoklavda 150-160°C haroratda qizdiriladi.

2Na2Si03+2NaA102+Ca(0H)2+4H20=

=CaOAl203-2Si02-2H20+6Na0H

Hosil bo‘lgan oq shlam (alyumosilikat) cho‘kmaga tushadi. Cho‘kma tindirish va filtrlash yo‘li bilan ajratib olinadi. Filtrat (eritma)ga esa spyoklash vaqtida hosil bo‘lgan tarkibida 10-14 % C02 saqlangan tutun gazi bilan ishlov beriladi. Bunda natriy gidroksidi neytrallanganligi uchun, natriy alummati gidrolizlanadi. Hosil bo‘lgan A1 (OH)3 cho‘kmaga tushadi.

2Na0H(K0H)+C0=Na2C03(K2C03) +H20 NaA102+2H20=Al(0H)3l+Na0H

Bu usulda NaOH (KOH) ni to‘xtovsiz neytrallab turilishi sababh eritma holdagi aluminatni parchalash, Bayer usuliga qaraganda ancha tez va to'liqroq bo‘ladi.

Yopishish usulida glinozyom- A1203 ning unumi 80 % ga etadi. Ishqoriy ho‘l usulda esa 55% bo‘ladi. Bundan tashqari ancha arzon reagentlar: Na2C03 va CaO qo‘llaniladi. Glinozyomning tan narxini chiqindilarini qayta ishlash yo‘li bilan yanada arzonlashtirish mumkin. Buning uchun aluminiy gidroksid cho‘kmasi filtrlab olingach, qolgan filtrat tarkibida (agar xomashyo sifatida nefelin minerali olingan bo‘lsa), natriy va kaliy karbonatlarini saqlaydi. Ular kristallanib filtratdan ajratib olinadi. Qolgan qismiga shlamga ohaktosh qo‘shib qayta ishlash yo‘li bilan uni portlandsementga aylantiriladi.

11. A1203 olganda chiqindisidan qo‘shimcha 1 tonnaga yaqin soda va potash, 7—8 tonna sement olinadi. Ishlab chiqarishda biror chiqindining bo‘lmasligi bu usulni juda samarali ekanligidan dalolat beradi. Bu usul xomashyoni kompleks foydalanishga yaqqol misol bo‘la oladi.

Aluminiy oksidini vodorod yoki biror metall bilan qaytarib olib bo‘lmaydi. Uglerod esa 2100°C haroratdagina qaytara boshlaydi, ammo bunday haroratda u aluminiy karbid hosil qiladi. Toza aluminiy oksidi elektr tokini o'tkazmaydi. 2050°C da suyuqlanadi. Shuning uchun ham A1203 suyuqlanish haroratini pasaytiruvchi hamda elektr o'tkazuvchanlik xossasini oshiruvchi qo‘shimchalar qo‘shmay turib amalda elektroliz qilib bo‘lmaydi. A1203 ni yaxshi eritadigan va uning suyuqlanish haroratini keskin kamaytiradigan modda sifatida kriolitdan Na3AlF6(3NaF AlF3) foydalaniladi. Kriolit tabiatda kam tarqalgan. Shuning uchun ham uni aluminiy gidroksidiga plavik kislotasi va soda qo'shib sun’iy yo‘l bilan olinadi:

AI(0H)3+6HF=H3A1F6+3H20

2H3AlF6+3Na2C03-2Na3AlF6+3H20+3C02

Kriolit I000°C ga yaqin haroratda suyuqlanadi. Unda 8-10 % aluminiy oksidi eriydi. Nazariy jihatdan ularning evtektik aralashmasi tarkibi 10 % A1203 va 90 % Na3AlF6 bo‘lib, bunday aralashma 962°C da suyuqlanadi. Ishlab chiqarish sharoitida esa shixta, ya’ni aralashma tarkibi 8-10 % A1203 va 90-92 % Na3AlF6 dan iborat bo'ladi. Shixtaning suyuqlanish harorati 980°-1000°C. Bunday aralashmaning elektr o‘tkazuvchanligini oshirish hamda kriolit tarkibidagi dissotsiyalangan A1F3 ning o‘rnini to'ldirish, ya’ni kompensatsiyalash uchun elektrolitga A1F3, SaF2 va MgF2 lar qo‘shiladi.

Suyuqlanmada kriolit ionlariga dissotsiyalanadi. Shuning uchun ham u elektmi yaxshi o‘tkazadi:

Na3AlF6^3Na++ A1F63-

Hosil bo'lgan A1F63_ ioni Al3+va F ionlariga qisman ajraladi. Elektroliz inert elektrodlarda (uglerodli) olib boriladi. Elektrolizyor- ning ostida presslangan ko‘mir bloklar qo‘yilgan bo‘lib, katod vazifasini bajaradi. Aluminiydan yasalgan ichi ko‘mir briketi bilan to'latilgan karkaslar eletrolizyoming yuqori qismiga o‘rnatilgan bo‘lib, anod vazifasini bajaradi. Suyuq A1203 ionlarga ajaraladi.

A1203 ^ Al3+ + AIO33-

Katodda birinchi navbatda Al3+ qaytariladi (normal potensiali - 1,66 V):

Al3++3e->Al°

Anoda esa A102 va A103 ionlari zaryadsizlanadi.

2A10]- -6e--*Al203 +1,5 02 2A102 -2e-^A1203 +0,5 02

Ajralgan 02 anod ko'miri bilan birikib qo'shimcha reaksiyalarga sabab bo‘ladi. Natijada anoddan chiqadigan gaz tarkibida 02 dan tashqari CO va C02 ham bo‘ladi. Katodda ajralgan A1 metalining zichligi (p=2,73g/sm3)suyuqlanmanikidan (p=2.35g/sm3) katta bo‘lganligi uchun elektrolizyoming ostida to‘planadi.

Ishlab chiqarishda kuydirilgan yoki o‘zi kuyuvchi anodli elek- trolizyorlar qo‘llaniladi (89- rasm). Eni 3 m, qalinligi 1 m bo‘lgan po‘lat kojux (qoplama)ga o‘rnatilgan, anod (1) yuqori qismi anod ramasiga (2) mahkamlangan. Kojux ko‘targichga (3) ulangan, uning yordamida yuqoriga ko‘tarish yoki pastga tushish mumkin. Kojuxga cho‘yan qo‘ng‘iroq (4) ham o'matilgan. Elektroliz paytida ajralib chiqqan gazlar glinozyom va kriolit changlari ventilyatsiya qurilmasi yordamida unda yig‘iladi. So‘ngra CO garelkada (5) yoqiladi.

Anodli kojuxga yuqori qismiga yarim suyuq holdagi plastik anod massasi (6) solinadi ( anod massasi kulsiz neft koksi yoki pyok koksiga pyok qo‘shib tayyorlanadi). Anodning ostki qismi yonib kamayishi bilan u pastga tushaveradi va yarim suyuq massa yuqori harorat ta’sirida kokslanib, elektrni yaxshi o'tkazuvchi qattiq uglerodli anod massasiga (7) aylanadi. Tok o‘tkazish uchun anodga po‘lat steijen (8) qoqiladi. Anod pastga tushgach, steijin sug'urib olinadi va yana qaytadan qoqiladi. Elektrolizyor tashqi tomoni po‘lat bilan qoplangan g‘ilofdan (11), uning ustiga chidamli g‘ishtdan qilingan devorlardan (10) iborat. Elektrolizyoming ostki va yon tomonlari ko‘mir bloklar va plitalardan (9) iborat.

89- rasm. Anodga yuqoridan tok beruvchi uzluksiz o‘zi quyuchi aluminiy suyuqlantirish uchun anodli elektrolizyor.

1 — anod g‘ilofi; 2 — anod ramasi; 3 — ko‘targichlar; 4 — gaz yig‘gich; 5 — uglerod(ll) oksidini yoqish uchun gorelka; 6 — yarim suyuq anod massasi; 7 — qattiq anod massasi; 8 — po‘lat shtir(mixlar); 9 — ko'mir blok va plitalar; 10 — o‘tga chidamli g‘isht; 11 — elektrolizyor g'ilofi; 12 — po‘lat sterjen;

13 — elektrolitning qotgan po‘stlog‘i.

Tok berish uchun bloklar orasiga po‘lat steijin o‘rnatiladi. Elektrolizyor devori yaqinida va elektrolit ustida elektrolitning qotgan po‘slog‘i (13) hosil bo'ladi. Bu po'sloq ham issiqlikni izolyatsiyalaydi (o'tkazmaydi) va devomi elektrolitning yemirilishdan himoya qiladi. Aluminiy oksidi har ikki daqiqada solinib turiladi. Buning uchun po‘stloq teshiladi va qo‘ng‘iroq (4) ostidan tamov orqali A1203 solinadi.

Zaharli gazlar atmosferaga chiqarib yuborishdan ilgari tozalanadi, ftor birikmalari esa ushlab qolinadi. Suyuq aluminiy sutkada bir marta elektrolizyordan olinadi. Buning uchun po'stloq teshilib, u teshikka quvur tushuriladi va mana shu quvur orqali tortib olinadi va turli shakllarda qoliplarga quyulib, quymalari olinadi.

Shunday elektrolizyorlarda tok kuchi 150 ming Abo'lib, 1 sutkada 1100 kg aluminiy ishlab chiqariladi. 1 tonna aluminiy ishlab chiqarish uchun 16—20 ming kVt/s. elektr energiyasi sarflanadi. Kuchlanish 4,2—4,5 V. Tok bo'yicha unumi 85-90 %. Olingan aluminiy 99,5— 99,8 % li bo‘ladi, uning tarkibida asosiy begona qo‘shimcha temir va kremniydir. Zamonaviy aluminiy zavodlarida elektrolizyorlar seriyalar shaklida o'matiladi. Har bir seriya 150 ta elektrolizyordan iborat bo'ladi.

VIIIBOB. YOQILG‘INI KIMYOVIY QAYTA ISHLASH

  1. §. Energetika muammolari va istiqbollari

Hozirgi vaqtda jamiyatning moddiy farovonligi darajasi aholi jonboshiga ishlab chiqariladigan energiya miqdoriga qarab belgilanadi. Uylami isitish, tezyurar transportdan foydalanish imkoniyati va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘p jihatdan energiyaning yetarli bo‘lishiga bog‘liq. Eneigetik muammolar hoziigi kunda mohiyat e’tibori bilan insoniyat moddiy madaniyatining yanada o‘sishi uchun real to‘siq bo‘lib qoladi.

Energetikaning rivojlanish istiqbollariga noto‘g‘ri baho berish natijasida ahvol mushkullashdi. Birinchidan, qazib chiqariladigan yoqilg‘i (ko‘mir, neft, gaz) zaxiralari shu ma’noda bitmas-tuganmas deb taxmin qilinganki, yangi konlarning ochilishi yoqilg‘ining sarflanishidan anchagina oshib ketgan. Ikkinchidan, dastlabki atom reaktorlari muvaffaqiyatli ishga tushirilgandan keyin atom eneigetikasi yaqin vaqt ichida boshqa energetik manba’laming o‘mini bosadi deb taxmin qilingan. Bu ikkala taxmin (prognoz) noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Afsuski, mutaxassislar tabiiy yoqilg‘ining umumiy zaxiralarini emas, balki ularni qazib chiqarishning muhimligini juda kech tushunib etdilar.

Tabiiy yoqilg‘ini qazib olish darajasi texnologiya bilan belgilanadi. Masalan, ko'mir qazib chiqarishning mavjud texnologiyasida jahondagi ko‘mir zaxiralarining atigi 1/4 qismini qazib chiqarsa bo'ladi.

Energetik muammolar energetika, shu jumladan, atom energetikasining rivojlantirish ekologik oqibatlariga yetarlicha baho bermaslik tufayli yanada qiyinlashadi. Shunday qilib, energetika muammolari energetik resurslarining yetishmasligida emas, balki jamiyatning energiyani iqtisodiy va ekologik jihatdan oqilona usulda olishga layoqatsizligidan iborat. Aholining turmush darajasining o‘sib borishi, energiyaga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishiga olib keladi.

Butun dunyoda energiya iste’moli jadal sur’atda o‘sib bormoqda, bu o'sish texnika taraqqiyoti, sanoatning rivojlanishi hamda aholining ko‘payishi bilan yanada tezlashadi. XX asming boshlarida dunyoda

energiyaga bo‘lgan talab har 50 yilda ikki barobar oshgan bo‘lsa, hozirgi paytda esa 15-20 yilda ikki barobar ortmoqda. Hozir Yer shari aholosining energetik ehtiyojini qondirish uchun 10 mlrd tonna neft yoqilg‘isi ekvivalenti miqdorida energiya ishlatilyapti. Natijada atrof-muhitga 24 mlrd t zararli chiqindi chiqarilib, tabiatga jiddiy zarar yetmoqda. Tabiiy energiya manbalarining taxminan 20 % elektroenergiya hosil qilish uchun, 20 % transport uchun, 30 % sanoat uchun va 30 % binolami isitish va boshqa turmush ehtiyojlari uchun sarflanadi.

Mavjud energiya manbalari ikkiga, asliga qaytadigan va asliga qaytmaydigan manbalarga bo‘linadi. Asliga qaytadiganlariga quyosh energiyasi, shamol, suv, geogermal energiya manbalari kiradi. Asliga qaytmadiganlarga esa turli yoqilg'ilar neft, gaz ko‘mir. slanets. torf kiradi. Eneigiyaning yangi turlaridan biri bu atom energiyasidir. Ammo «Trimayl aylends» (AQSh) va Chernobil avariyalari sohasida hali yechilmagan muammolar (AESlaming xavfsizligini to‘la ta’minlash, radioaktiv chiqindilar, texnik jihatdan takomillashmaganlik va boshqalar) ko‘p.

Hozirgi paytda insoniyat o‘z ehtiyojlari uchun asosan asliga qaytmaydigan yoqilg'i turlaridan ko‘p foydalanmoqda.

Jahondagi hamma energetik ehtiyojlaming 95% hozircha uglerod saqlaydigan tabiiy birikmalar — neft, gaz va ko‘mimi yoqish hisobiga qondirib kelinmoqda. Tabiiy yoqilg‘ining jahondagi zapaslari 12 800 mlrd. t. shartli yoqilg‘i deb hisoblanadi (1 kg shartli yoqilg‘i, energiya miqdori 29 mj. bo'lgan 1 kg toshko‘mirga teng). Bu miqdorning taxminan 11 200 mlrd tonnasini toshko‘mir, 740 mlrd tonnasini neft va 630 mlrd tonnasini tabiiy gaz tashkil etadi.

Asliga qaytadigan eneigiya turlari va potensial zaxirasi katta bo‘lsa ham ulardan yetarlicha foydalanishmayapti. Masalan, Yer kurrasidagi gidroenergiyaning umumiy potensial zaxiralari 73 trillion kVt/soatini tashkil etgani holda hoziigi vaqtda ulaming salkam 3 % foydalaniyapti xolos.

1970- yillarda dunyoda eneigetika taqchilligi boshlandi. Shu yiliyoq neft va gazning narxi bir necha marta oshdi. Hozirgi davrda Yer sharining 70 % energiyasi neft va gaz hisobiga olinmoqda. Chunki ular foydalanishga qulay. Ammo neft va gaz nafaqat energiya manbai, balki minglab kimyoviy mahsulotlar olish uchun xomashyo hamdir.

Shuning uchun ham neft va gazni kimyo sanoati uchun homashyo sifatida qoldirish, energiya manbai sifatida nisbatan istiqbolli bo‘lgan atom va termoyadro reaksiyalari hamda ko‘mir energiyasidan foydalanish juda muhimdar.

Toshko‘mirning dunyo zaxirasi neft va gazga nisbatan 5 marta ortiq. Ammo toshko‘mir atrof-muhitni ko‘p ifloslaydi. Ekologik toza energiya manbai bu asosan vodorod va metanoldir. Ma’lumki, vodorodning yonishidan suv hosil bo‘ladi. Suv bug‘lari esa atrofni tozalaydi. Uning yonishidan juda katta issiqlik chiqadi (125 510 kJ/ kg), ko‘mirdan 4 marta ko‘p (uglerod 32 800 kJ/kg) energiya beradi. Vodorod suvdan olinadi, demak, uning xomashyosi bitmas tuganmasdir. Hozirgi paytda vodorod avtomobillaming yoqilg‘isiga qo£shilib (5-10 %) foydalanilmoqda. Bunday qilinganda avtomobillardan chiqiladigan zaharli gazlar miqdori ancha kamayadi. Benzinga metanol ham qo‘shib yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.

Vodorod bevosita samolyotlar va avtomobillar uchun yoqilg‘i sifatida ishlatilishi mumkin, biroq uni metallurgiya va kimyoviy texnologiyada qoMlanilishi ayniqsa, istiqbolli hisoblanadi. Temir oksidlarini metallgacha qaytarish uchun uglerod (koks) o‘miga vodorod qo‘llanilayotgan zavodlar hozirgi kunlarda ham ishlab turibdi. Uni rangli metallaming rudalaming qayta ishlash jarayonlarida qo'llanilishi juda foydalidir. Odatda, mis, nikel va boshqa metallar saqlagan sulfidli rudalami havoda yoqiladi. Bunda oltingugurt (IV) - oksidi va tegishli metallar oksidi hosil bo'ladi. Agar rudaga vodorod bilan ishlov berilsa, faqat oltingugurt va suv chiqindi hisoblanadi. Vodorod kimyoviy texnologiyada metanol va ammiak olish uchun boshqalarda qollaniladi.

Vodorodni katta miqyosda olish uchun bir necha alternativ usullar taklif qilingan, bulardan eng istiqbollari termokimyoviy va elektrokimyoviy usullar hisoblanadi. Hoziigi paytda vodorodni suvdan va ko‘mirdan nisbatan arzon olish usullari ishlab chiqilmoqda. Yapon olimlarining yangi usuli nisbatan ancha arzon vodorod olish imkonini beradi. Bu usul quyidagi reaksiyaga asoslangan.

2NH4I+Ni=NiI2+2NH3+H2

NiJ2 800°C da parchalanadi. NiJг -> Ni + J2 so‘ngra, J2 ga soda qo‘shib 600—700°C da qizdiriladi.

I2+Na2CO -2NaI+C02+ ^02

Hosil bo‘lgan NaJ va C02 ga reaksiyaning birinchi bosqichida hosil boigan NH3 ni qo‘shib yana NH4J olinadi:

2Nal+2NH +CO+H,0=Na,C0 +2NH I

3 2 2 2 3 4

Dunyoda 1977- yilda 30 mln.t. vodorod ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1985- yilga kelib bu ko'rsatgich 50 mln. t. bo‘ldi.

Ayniqsa, termoyadro reaksiyalari ning energiyasidan foydalanish juda istiqbollidir. Chunki bu reaksiyada ishlatiladigan xomashyo manbai ham bitmas tuganmasdir. Bunda vodorodning og‘ir izotopi deyteriy va ozgina tritiy ishlatiladi.

2D+3T->42H-e+J,n+17,6 MeV

Bu reaksiya uranni parchalanish reaksiyasidan (AES lardan uranni parchalanishidan chiqadigan energiyadan foydalaniladi). Farqi va ajoyib ustunligi shundaki, bu reaksiyada radiaktiv moddalar hosil bo‘lmaydi. Demak, atom egnegiyasi radiatsiya xavfidan batamom ozod bo‘ladi. Bunday qurilmalaming avariyasi ham xavfli hisoblan- maydi. Bundan tashqari termoyadro reaksiyasi natijasida olingan energiya miqdori ham ko‘p bo'ladi. 1 g D va T aralashmasi ning termoyadro reaksiyasi natijasida 35-107 kJ energiya ajralib chiqadi, bu 1 guran 235 ning parchalanishidan ajralib chiqqan, energiyadan 5 marta ortiqdir. 1 litr suvdagi deyteriy energiyasi 300 1 benzin yonganda chiqadigan energiyaga ekvivalentdir. Yerda esa 14.1020 1 suv bor. Hoziigi hisob kitoblarga ko‘ra dengiz va okean suvlaridagi deyteriy zaxiralari 1021 tonna neftga ekvivalentdir. Deyteriyning Yer yuzasidagi miqdori taxminan 4.1019 tonna.

Termoyadro reaksiyalarini ham hozirgi paytda boshqarish yo‘llari topildi. Yaqin kelajakda asosiy energiya manbai termoyadro reaksiyalarining energiyasi bo‘lib qolishi ham mumkin.




  1. Download 0,69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish