88 -rasm. Po‘lat eritish uchun elektr yoy pechi.
Bunday pechda 11. po‘lat olish uchun 400—1000 kvt/s elektr energiyasi sarflanadi. Suyuqlantirish jarayonini jadallash uchun toza kislorod ishlatiladi. Uning xomashyosi temir-tersaklardir.
Po‘lat ishlab chiqarishning istiqbolli usullardan yana biri elektron nurlanishi yordamida po‘lat ishlab chiqarish usulidir. Bu usul o‘ta toza po‘lat olish imkonini beradi. Unda po‘lat suyuqlantirish yuqori vakuumli pechlarda (0,133 MPa) olib boriladi. Bunda xomashyoga elektron oqimi yuborilganda metallning qattiq sirtiga elektron oqimi kelib urilganda kinetik energiyaning issiqlik energiyasiga aylanishi natijasida ajralib chiqqan issiqlik po'latni suyuqlantiradi.
Hozircha laboratoriya usuli bo‘lib tuigan plazma holatiga keltirilgan ruda yoki temir-tersaklardan juda yuqori haroratda po‘lat olish o‘ta istiqbolli usul deb qaralmoqda. Bu usulda domnalar ham, konvertorlar ham, elektr pechlari ham kerak bo‘lmaydi. Biroq bu usulni ng juda katta energiya sarflashga asoslanganligi, uni ishlab chiqarishgajoriy etishga to'siq bo‘lib turibdi.
Po‘lat qo‘llanish sohasiga qarab ikkiga: instrumental (turli asboblar, uskunalar, har xil qurollar yasash uchun) va maxsus (zanglamaydigan o‘tga chidamli va boshqalar) po‘latlarga bo‘linadi. Tarkibiga qarab ham ikkiga: uglerodli va ligerlangan po‘latlarga bo‘linadi. Uglerodli po‘latlaming xossasini belgilovchi eng muhim komponenti uglerod bo‘lib begona aralashmalari esa (0,3-0,8 % Mn, 0,2-0,4 % Si, 0,005 % gacha P va 0,04 % gacha S) uning xossalariga sezilarli ta’sir etmaydi. Bu po‘lat tarkibidagi uglerodning miqdoriga qarab kam uglerodli (0,25 % gacha C), o'rtacha uglerodli (0,25 dan ta 0,6 % gacha C) va ko‘p uglerodli (0,6 % С dan ko‘p) po'latlaiga bo‘linadi. Kam uglerodli po‘latdan u plastik bo‘lganligi uchun bug‘ qozonlari, turli qalinlikdagi tunukalar, yumshoq simlar va boshqalar tayyorlanadi, o‘rtacha uglerodlisidan relslar, qalin tunukalar, simlar, quvurlar va boshqalar tayyorlanadi, ko‘p uglerodlisi asbobsoz po‘lat bo'lib, turli tuman asbob-uskunalar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Ligerlangan po‘latlar tarkibida ugleroddan tashqari maxsus ligerlovchi elementlar, masalan: W, V, Cr, Mo, Ni va boshqalar ushlaydi. Ulardan ayniqsa, xrom keng qo'llaniladi. Ozgina (1-1,5 %) qo‘shilgan xrom ham po‘latning qattiqligi va mustahkamligini uglerodli po‘latga qaraganda keskin oshiradi va bunday po‘lat avtomashina va traktorlarning turli qismlari, sharikopodshipniklar tayyorlash uchun ishlatiladi. Agar 12-17 % gacha xrom qo‘shilsa, bunday po‘lat zanglamaydi, 25-28 % gacha xrom qo‘shilsa, po‘lat o‘tga chidamli bo‘ladi. Agar unga xromdan tashqari yana nikel ham qo‘shilsa xromanikelli po‘lat (1,5% gacha Cr va to 4 % gacha Ni) yuqori plastiklikka ega bo‘ladi, mo‘rtligi keskin kamayadi.
Shuning uchun ham bunday po‘lat porshenlar, tishli uzat- gichlar (shesternalar) dvigatel vallari va boshqalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Zanglamaydigan po'latdan (17-20 % gacha Cr va 10 % Ni) samolyot qismlari kimyo sanoati apparatlari, oshxona idishlari, pichoqlar, qoshiq-vilkalar va shu kabilar tayyorlanadi. 0‘tga chidamli po‘lat (15-25% gacha Cr va 15-27% gacha Ni) esa gaz trubinalari, reaktiv va raketa dvigatellari va boshqalar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |