Koroundli o‘tga chidamli materiallar asosan aluminiy oksididan iboratdir.(A1203 s.t. 2050°C). Bunday materiallar haroratning keskin o'zgarishiga chidamli bo‘lib, ulardan tigellar (shisha suyuqlantirish pechlari tayyorlanadi. Ular yuqori harorat va kislotali shlakka chidamli bo‘lib, asosan quyuv qoliplari, retortalar, elektr pechlarining ichki qoplamlari tayyorlash uchun ishlatiladi. Sirkoniy oksidi (Zr02 s.t. 2687°C) va toriy oksidi (Th02s.t. 3050°C) asosida tayyorlangan materiallar eng yuqori o‘tga chidamlilik xossasiga ega bo‘ladi. Ular asosan rangli metallurgiyada tigellar, quvurchalar, qayiqchalar va hokazolar tayyorlashda ishlatiladi.
Uglerodli o‘tga chidamli materiallar, maydalangan koksni toshko‘mir smolasiga aralashtirish yo‘li bilan tayyorlandi. U qizdirilganda suyuqlanmaydi. Bunday materiallar domna pechlarida, rangli metallurgiya pechlarida hamda aluminiy suyuqlantirilib olish elektrolizyorlarini tayyorlashda ishlatiladi.
Chinni va fayans. Chinni fayansdan kimyoviy tarkibi bilan farq qiladi. Chinnining shixtasi tarkibida kvars (Si02) va dala shpati (Na^K^O) • A1203 • 6Si02 )miqdori ko‘p bo‘ladi va chinni fayansga nisbatan yuqori haroratda kuydiriladi. Shuning uchun ham chinni zarrachalari zich joylashgan, tiniq va mustahkam, qattiq bo‘ladi,
fayans esa g‘ovak, tiniq emas, bo‘sh bo‘ladi. Chinni buyumlar mexanik mustahkam, termik chidamli, kislota va ishqorlaiga chidamli hamda yuqori elektr o'tkazmaslik xossasiga ega. Chunki ikki xil: qattiq va yumshoq bo‘ladi.
Qattiq chinni ko'pincha kimyoviy idishlar, yuqori voltli va izolyatorli (tok o'tkazmovchi buyumlar) va boshqa texnik buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Yumshoq chinni mustahkamligi biroz past, ammo yaltiroq, tiniq bo‘ladi. Undan asosan xo'jalik idishlari (choynak, piyola, kosa, tavoq va hokazolar) hamda san’at buyumlari tayyorlanadi. Qattiq chinnini tayyorlash uchun 45—55 % tuproq minerallari (30—40 % kaolin, keramik massaga yetarlicha plastiklik berish uchun 10—15 % o‘tga chidamli giltuproq ) 25—30 % kvars yoki toza oqqum va 15—20% dala shoati olinadi. aralashtirib loy qoriladi vashakl berilib, 1350—1450°C haroratda kuydiriladi. Yumshoq chinni uchun shixta tarkibi 25—40 % giltuproq minerallaridan (kaolin) 20—45 % kvars, 30—35 % dala shipatidan iborat bo‘ladi va 1300— 1350°C da kuydiriladi.
^ Fayans ham ikki xil qattiq va yumshoq bo‘ladi. Qattiq fayans sanitariya texnik buyumlari (rakovinalar, vannalar va boshqalar) devorlaming sirtini qoplash uchun glazurlangan plitalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Yumshoq fayansdan esa chinnidan ancha arzon bo‘lgan xo‘jalik buyumlari tayyorlanadi. Qattiq fayans shixtasi tarkibida 25—30 % kaolin va giltuproq, 25-30 % kvars va 10 % dalashipati kiradi. Yumshoq fayans 30—35% kaolin va tuproq, 36% kvarsdan tayorlanadi. Fayans 1200—1270°C haroratda kuydiriladi.
t Chinni va fayans uchun ishlatiladigan xomashyo toza bo‘lishi kerak, ayniqsa, tarkibida temir va boshqa zararli aralashma miqdori bo‘lmasligi yoki juda kam bo‘lishi keraly Tabiiy kaolin suv bilan suspenziya hosil qilib tinch qoldiriladi. Dala shpati va kvarsni maydalash quruq usulda amalga oshiriladi, maydalangandan so'ng elanadi, so‘ngra ho‘l usulda sharchali maydalagichda kukun holga keltiriladi.
Ko‘pchilik chinni va fayans buyumlari 15-25% suv saqlovchi plastik massasidan g‘ovakgipsdan yoki po'latdan yasalgan qoliplarda tayyorlanadi. Plitalar esa yarim xo‘l usulda presslarda shakl beriladi. Murakkab shaklli buyumlar mayin dispersli suvli suspenziyadan quyish yo‘li bilan tayyorlanadi. San’at buyumlari va standart
bo‘lmagan buyumlar qo‘lda shakl beriladi, shuning uchun ham ustadan katta mahorat talab qilinadi. Shakl berib havoda quritilgan buyumlar o‘tga chidamli materiallardan yasalgan qopqoq bilan yopiladigan maxsus g'ilofga solinib keyin kuydiriladi. G‘ilof kuydiriladigan buyumlarning tashqi yuzasini yoqilg'i gazning ta’siridan himoya qiladi. Agar kuydirish pechi kuydiriladigan buyumlarga yoqilg£i gazi tegmaydigan qilib yasalgan bo‘Isa, u holda buyumlar g£ilofsiz bevosita pech ichiga qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |