Bu hodisa mineral zichligiga bog'liq emas, ko‘pchilik hollarda og‘ir gidrofob zarrachalar yuzaga qalqib chiqadi, yengillari esa cho‘kadi. Zarrachaning o‘lchami qanchalik kichik bo‘lsa, ho‘llanish kuchliroq bo'ladi. Pulpa orqali havoning mayda pufakchalari puflansa, o‘zi bilan birga gidrofob zarrachalarini ham olib yuzaga qalqib chiqadi. Qattiq zarrachaning ho‘llanmaslik darajasi va ho‘llanish chekka burchagi qanchalik katta bo‘lsa, uning havo pufakchasiga yopishish va yuzaga qalqib chiqish ehtimoli shunchalik katta bo'ladi. Natijada suyuqlik yuzasida gidrofob material zarrachalarini olib chiqqan ko'pikchalar qavati hosil bo'ladi. Uni osongina ajratib olish mumkin. Yaxshi ho'llanadigan zarrachalar asta-sekin suyuqlik ostiga cho‘kib to‘planadi.
Tabiiy minerallar ho‘llanish darajasi bilan bir-biridan kam farq qiladi. Shuning uchun ham flotatsiyaga qulay muhit yaratish uchun
pulpaga turli flotareagentlar qo‘shiladi. Barcha flotareagentlar: ko'pik hosil qiluvchilar, yig‘gichlar va to‘g‘rilagichlar (regulyatorlar)ga bo‘linadi.
Ko‘pik hosil qiluvchilar organik sirt aktiv moddalar bo‘lib, ko'pikning tashqi qavatida adsorbsion parda hosil qiladi hamda ko‘pik- ning barqarorligini, mustahkamligini oshiradi. Ko‘pik hosil qiluvchi sifatida qarag‘ay moyi, yog‘och qora moyi (qatroni, toshko‘mir smolasining ba’zi fraksiyalari, OH—guruh saqlovchi moddalar (yu- qori alifatik spirtlar, fenollar, krezollar) va boshqalardan foydalaniladi.
Yig'gichlar — organik moddalar bo‘lib, molekulasi qutbsiz (uglevodorodli) va qutbli (karboksil, gidroksil, amin va boshqa) qismlardan tuzilgan bo'ladi. Bunday moddalar o‘zining qutbli guruhlari bilan qattiq zarracha yuzasiga absorbsiyalanib, uning gidrofobligini keskin oshiradi. Natijada unday zarrachalar pufakchalar (ko‘pikchalar) sirtida yig‘iladi va suyuqlik yuzasiga qalqib chiqadi. Yig‘gichlar sifatida, sulfidli rudalar uchun kisantogenotlar va ditiofosfatlar, ishqoriy yer elementlari tuzlarini yoki metall oksid- larini (Sn0
2, Fe
20
3, Mn0
2) saqlovchi minerallar (appatit (Ca
3 (P0
4)
2 • CaF
2), flyurit (NaAlF
6), barit (BaS0
4) va boshqalar) uchun yuqori alifatik aminlar ishlatiladi.
Regulyator — to‘g‘rilovchi, reagentlarning tanlab ta’sir etish xossasini oshirish uchun xizmat qiladi. To‘g‘rilovchilardan bir xillari yig‘gichlarni absorbsiyalanishini tezlashtirsa, boshqalari esa flotatsiyalanishi kerak bo'lmagan zarrachalarga absorbsiyalanib, ulaming gidrofilligini oshiradi. Regulyatorlar, molekulasida gidrofob guruhlari bo‘lmaydi. Masalan, suyuq shisha silikat minerallami va ohakning flotatsiyalanishini kamaytiradi. Shunday qilib, ko‘p marta selektiv flotatsiyalash natijasida nafaqat foydali komponentni, bekorcha jinslardan ajratib boyitish, balki ulami to‘liq ajratish ham mumkin. Flotareagent sarfi katta bo'lmaydi. Bir tonna jinsga 100 grammgacha flotareagent sarflanadi xolos.
Xomashyoni boyitish uchun ikki tipdagi flotatsiya mashinalari ishlatiladi:
Kamerali (bo‘lmali) mashina. Bunda pulpa havo bilan mexanik usulda aralashtiriladi.
Tog'orali mashina. Pnevmatik (siqilgan havo yordamida ish- lovchi) usulda aralashtiriladi.
Kamerali mashinalarda bir necha bo‘lmalar bir-biri bilan tutashtirilgan bo‘lib, har bir bo‘lma (kamera) ichida va bo‘lmalar tutashgan joyda: teshiklari bo‘lgan disk (to‘garak) panjara, to‘siq, otseklar (bo'lmalami ajratuvchi bo'shliq) joylashtirilgan bo‘lib ular
yordamida pulpa sathi har xil darajada saqlab turiladi va flotatsiyaga turli sharoit yaratiladi. 8- rasmda bu mashinaning bitta bo‘lmasini uzu- nasiga kesmasi ko'rsatilgan. Bo‘l- maning ostki qismida quvurchalar orqali ko‘pik hosil qilish uchun havo hamda flotoreagentlari bo‘lgan toza pulpa kiritiladi.
B
8- rasm. Aralashtirib flotatsiyalash mashinasining bo‘lmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: