Toshkent viloyat chirchiq davlat pedagogika instituti


O’zbekistonda opera san’ati



Download 2,15 Mb.
bet8/12
Sana02.02.2022
Hajmi2,15 Mb.
#425464
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi Jondorova Zarnigor

O’zbekistonda opera san’ati. Turkistonda uzoq yillar davomida rus ziyolilarning yashab turganlari, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishlari natijasida Toshkentda rus opera teatri ochiladi. Opera teatrining tashkil topishida asoiy turtkilarda yana biri Italiya opera guruhining 1900 yilda Toshkentda qilgan gastrollari (ijodiy safarlari) bunda asosiy sababchi bo‘lgan. Italiyaliklar Toshkentda «Rigoletto», «Traviata», «Trubadur», «Karmen», «Payatsi», «Faust» kabi operalarni rus ziyolilariga tonishtirganlar. Shu bilan birga rus ziyolilari o‘z konsert dasturlarida g‘arb va rus klassik kompozitorlarining simfonik asarlarini operalardan parchalarni, simfonik syuitalarni ijro etishlari bilan rus opera teatrining tashkil topilishida poydevor tuzganlar. Opera teatrining birinchi spektakllari Dargomijskiyning «Rusalka», Chaykovskiyning «Yevgeniy Onegin» operalari bo‘lgan. Opera janrining keng ommaga tarqalib borgani tufayli rus opera teatri sahnasida Verdining «Rigoletto», Gunoning «Faust», Rubenshteynning «Demon», Chaykovskiyning «Pikovaya dama», Musorgskiyning «Boris Godunov», Boroddining «Knyaz Igor», Verdining «Traviata», «Aida, Puchchinining «Bogema», Rossinining «Sevilskiy seryulnik» asarlari sahna yuzini ko‘rdi. Rus opera teatrining san’atkorlari O‘zbekiston viloyatlariga chiqishlar tashkil qilib opera san’atini o‘zbek xalqi orasida targ‘ibot etaboshladilar va bu xizmatlar o‘zbek operalarini tashkil topishiga asos bo‘ldi. 1930-chi yillarning II-yarmisidan boshlab birinchi o‘zbek operalari vujudga kela boshladi. Bular S.Vasilenko va M.Ashrafiylarning «Bo‘ron» operasi bilan R.Gliyer va T.Sodiqovlarning «Layli va Majnun» operalari edi.
«Bo‘ron» operasi besh pardali katta asar bo‘lib uning mazmunida 1916 yilda Jizzaxda bo‘lib o‘tgan o‘zbek xalqining chor hukumati bilan bo‘lgan to‘qnashuvlari o‘z aksini topgan. Qo‘zg‘olon bostirilgan bo‘lsa ham lekin o‘zbek xalqining ozodlikga chiqish uchun intilishlari asarda asosiy maqsad bo‘lib qolgan.
«Bo‘ron» operasini sahnalashtirishi bu ikki (rus va o‘zbek) orasidagi birodarlikni mustahkamlashda va ikki kompazitorlar S.Vasilenko va M.Ashrafiylarning ijodiy hamkorliklarini timsoli bo‘ldi.
Opera 1939 yilda Toshkentda sahnalashtirilib o‘zbek musiqali drama teatri O‘zbek Davlat opera va balet teatriga aylandi. Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri janubiy- sharqiy Osiyodagi eng katta teatr hisoblanadi. Uning tarixi «Konser- etnografik ansambli asoschisi Muhiddin Qori Yoqibov hamda nafaqat o'zbek , qolaversa jahon xalq terma folklor qo'shiqlari mohir ijrochisi 2- darajali Stalin mukofoti sovrindori Tamaraxonimlar bilan bog'liqdir. Mazkur ansambl 1929- yil M. Qoriyoqubov va Tamaraxonim sa'y – harakati bilan « O'zbek davlat musiqali teatri» ga aylantirilgan . Teatrda « Halima» , « Farhod va Shirin » spektakllari xalq cholg'ulari jo'rligida ijro etilgan. Keyinchalik 1930- yillarga kelib esa « Ichkarida» , «Layli va Majnun» , «Po'rtana» spektakllarida xalq cholg'ulariga simfonik orkest sozlari qo'shilib , professional o'zbek operasining vujudga kelishiga zamin yaratdi . 1937 – 1938- yillarda Qozoqistonlik kompozitor Ye. Bruslovskiyning « Er Tag'in» hamda Ozarbayjonlik kompozitor M. Magomayevning « Nargiz » operalarining sahnalashtirilishi esa teatr truppasining opera san'atini o'zlashtirilishida muhim rol o'ynadi. 1939- yil 11- iyun sanasida kompozitorlar S. Vasilenko va M. Ashrafiy musiqasi hamda K. Yashin librettosi asosida birinchi o'zbek operasi « Bo'ron » spektaklli sahna yuzini ko'rdi . Teatr jamoasi « Bo'ron » o'pera spektaklida erishgan yutuqlarini kompozitorlar R. Glier va T . Sodiqovlarning hamkorlikdagi ijod mahsuli «Layli va Majnun» o'perasi bilan yanada mustahkamladi. 1941- yil ulug' «Farg'ona kanali» kanali xalq tomonidan hashar yo'li orqali qurilishi munosabati bilan Farg'ona kanali quruvchilariga bag'ishlangan kompozitorlar S. Vasilenko va M. Ashrafiy hamkorligida « Ulug' kanal » operasi sahnalashtirildi . Bundan tashqari A. Kozlovskiyning «Ulug'bek» , O. Chishkoning «Mahmud Tarobiy » operalari urush yillarida yaratiladi. Teatr truppasi ijodkorlari o'pera bilan bir qatorda o'zbek baletini ham shakllantirishga urunadilar . 1933- yilda kompozitor N. Roslavets musiqasi asosida «Paxta» baleti sahnalashtiriladi , ammo ushbu balet spektaklli muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Ko'pgina izlanishlardan so'ng 1939- yilda kompozitor F. Tal musiqasi sahnalashtiruvchi baletmeysterlar A. Tomskiy , M. Turg'unboyeva va Usta Olim Komilovlarning hamkorligida «Shoxida» balet spektaklli teatr truppasi ijodkorlariga dastlabki , ilk muvaffaqiyatni olib keldi . Keyinchalik Ye. Bruslovskiyning Gulandom» , S. Vasilenkoning « Oq bilak » milliy balet spektakllari sahna yuzini ko'rdi . Jahon mumtoz repertuarlaridan J. Bize ning «Karmen» , Chaykovskiyning Qarg'a motkasi » kabi operalari bilan bir qatorda B. Asafevning «Bog'cha saroy favvorasi » , L. Delib ning «Koppeliya» baletlari sahnalashtiriladi. Teatr yruppasining o'z binosi mavjud emas edi. Avvallari barcha tomoshalar «Kolizey» sirk binosida o'tkazilar, biroq «Kolizey» ning sahnasi akustikasi opera va balet tomoshasi talablari uchun to'g'ri kelmas edi. Teatr jamoasi , tomoshabinlar soni, repertuarning boyib borishi truppaga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirdi. Teatr truppasi uchun maxsus tegishli inshootni barpo etish maqsadida davlat miqyosida tanlov e'lon qilindi .Moskvadagi Qizil maydonda joylashgan V. I. Leninning maqbarasi me'mori akademik Aleksey Shusev tanlov g'olibi deb topildi. Qurulish ishlari 1939- yilda boshlandi , ammo 1942- yilga kelib urush davri qiyinchiliklari tufayli to'xtatib qo'yiladi. 1944- yildan qurilish ishlari qayta tiklanadi. 1945- yilning noyabr oyida Kvantun armiyasining yapon asirlari Toshkentga jo'natilishi munosabati bilan qurilish ishlari jadal sur'atlarda rivojlanib , 1947- yilda tamomila qurib bitkaziladi.
1948-yilning mart oyida «O'zbek Davlat Opera va Balet teatri , Severdlov nomidagi Rus teatri» bilan birlashtirilib « Alisher Navoiy Nomidagi Davlat Opera va Balet teatri» nomini oladi. Opera va balet san'atining muvaffaqiyatli rivoji , hamda repertuar negizi akademik teatr san'ati yo'nalishida ijod etganligi bois 1959- yil teatr «Akademik» , 1966- yilda esa «Katta» maqomi beriladi. Teatr binosida sahnalashtirilgan har bir spektakllar barcha zamonlarda ham o'z tomoshabinlarini topa olgan . Milliy va zamonaviy ruhda sahnalashtirilgan spektakllar , jahonning mumtoz asari durdonalari tomoshabinlarga estetik zavq bag'ishlay olgan . Milliy ruhda sahnalashtirilgan spektakllardan «Gulsara» , «Tohir Zuhra » , Dilorom» , «Shoir qalbi » , Zaynab va Omon » , Maysaraning ishi » , «Hamza» , «Sog'd elining qoploni» , «Olovli farishta» kabi operalari ; « Suxayli va Mehri » , « Raqqosa » , « Orzu» , « Oltin kalitcha» , «Sevgi tumori» , «Qirq qiz» , «Ikki dil dostoni» singari milliy baletlar shular jumlasidan. Mumtoz asarlardan «Yevgeniy Oneygin» , Petr I» , «Porgi va Bess » , « Olovli farishta » operalari , «Spartak» , «Karmen Syuita» , «Maskarad» , «Qarsldoq», Ming bir kecha » , «Shexrizada», «Oqqush ko'li» , «Jizel» kabi balet spektakllari ham shular jumlasidandir . Mustaqillik yillariga kelib 1991- 2003- yillar muobaynid «Malikayi ayyor» , «Umar Xayyom», «Axmad al- Farg'oniy» , «Taxtga yo'l » , «Amir Temur» , «Buyuk Temur » , operalari, «Shoirona minieturalar» , «Nasriddinning qilmishlari » , « Ming bir kecha » kabi baletlar sahnalashtirildi. Teatrda turli yillarda M. Ashrafiy , B. Inoyatov , F. Shamsiddinov , N. Goldman , X. Shamsiddinov , G'. To'laganov , A. Abduqayumov , D. Abdurahmonova singari drijorlar; K. Obulov , M. Tojizoda , M. Muhamedov , E. Yungvald , Z. Xilkevich , A. Mirolimboyeva , F. Safarov kabi rejissorlar ; Tamaraxonim , M. Turg'unboyeva , V. Gubskaya , G. Izmaylova , Ye. Baranovskiy , P. Yorkin , M . Makaryans , I . Yusupov va boshqa baletmeysterlar ; M. Musayev , G. Brim , M . Gvozdikov va boshqa rassomlar , M. Qoriyoqubova , H . Nosirova , B . Mirzayev , K. Zokirov , G' . Abdurahmonov , A . Azimov , N. Ahmedova , S. Krubulova , S. Yarashev , V. Grinchenko , R. Laut , S. Benyaminov , M. Dovidov , J. Nizomxo'jayev , E. Yo'ldoshev , I. Jalilov , B. Qoriyeva , Z. Davletmurodava , V. Vasilyev , I. Kristanov kabi san'atkorlar ijod qlishgan.
Teatr binosi 2012-2015- yillar muobaynida o'z an'analariga sodiq qolgan holda qayta rekanstruksiya qilindi . Bino avvallari 760 o'rinli hajmda tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira olgan bo'lsa, bugungi kunga kelib 1500 tomoshabinni qamrab ola oladi. Hozirgi kunda repertuarda 50 ga yaqin opera va balet spektakllari tomoshabinlar e'tiboriga havola etib kelinmoqda.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish