Nazorat savollari:
1. Homila ichi infeksiyalarini (HII)paydo bo’lish sabablari
2. HIIlarining klinik shakllari.
3. HIIda qanday asoratlar paydo bo’ladi
4. HIIda tashxis usullarini nima tashkil qiladi
5. HIIning davolash usullari.
6. HIIlarining profilaktikasi
7. HIIlarida hamshiralik jarayoni.
8. HIIlarida bemorning asosiy muammolari.
OIV/OITSda HAMSHIRALIK JARAYONI. PARVARISHLASH USULLARI
OIV/OITS (orttirilgan immuntanqislik sindromi) - immun tizimining virusli kasalligi bo’lib, organizmning umumiy himoya funksiyasining shartli-patogen mikroorganizmlarga nisbatan pasayishi va kasallikning og’ir kechishi, oqibati o’lim bilan tugallanishi bilan xarakterlanadi. OITS birinchi bo’lib, 1978 yilda AqShda aniqlangan. Turli davlatlarda ko’pgina tekshiruvlar natijasi, shuni ko’rsatdiki, OITS patogenezida T-hujayra immuniteti buzilishi yotadi. Odam immuntanqislik virusi (OIV) T-limfosit-xelperlarga, shuningdek, monosit/makrofaglar va mikrogliy hujayralariga nisbatan yemiruvchi hisoblanadi, ularning membranalarida SD4 reseptorlari joylashgan. Birinchi navbatda bu tizimlar funksiyalari buziladi, keyinchalik immun tizimi butunlay parchalanadi, natijada organizmning turli xil infeksiyalarga bo’lgan himoya reaksiyasi pasayadi. Natijada, shartli-patogen mikroorganizmlar chaqiradigan yuqumli kasalliklarning generallashgan shakllari yuzaga keladi, bu esa letal oqibat bilan tugaydi.
OIV (HIV I, II) retroviruslar oilasiga kiradi. Atrof-muqit narsalarida qonda, 14 kungacha zararliligini saqlaydi, quritilgan substratlarda - 7 sutkagacha zararliligi saqlanadi. Virusning biologik faol optimalligi neytral va kuchsiz-ishqoriy muqitda (rN 7,0-8,0) yuzaga keladi, pH ko’tarilganda yoki pasayganda virus faolligi qam o’zgaradi. OIV yuqori haroratga yuqori sezuvchandir: 560ºC gacha 30 minut keyin virus to’liq faolligini yo’qotadi, 1000ºC 1 -minut ichida o’ladi.
OIV organizmning ko’pgina biologik suyuqliklaridan (so’lak, qon, ko’z yoshi, orqa miya suyuqligi, ko’krak suti, maniy, qin sekreti) ajralgan. OITS epidemiologiyasida zararlanishga yuqori moyillik guruhidagilar (gomoseksualistlar, foqishalar, narkomanlar, gemofilik bemorlar) muhim o’rin tutadi.
Hozirgi vaqtda bolalarning OITS bilan zararlanishida ikkita asosiy infisirlanish yo’li o’rganilgan:
- onadan yoki qon maqsulotlari orqali zararlanish. Infisirlanish homila ichi davrida (transplasentar - 20-25 %. yoki tug’ruq vaqtida homila tug’ruq yo’llari orqali zararlanishi-75%), ko’krak suti bilan ovqatlantirilganda (15-20 %) kuzatiladi.
Inkubasion davri bolalarda bir necha oydan 2-4 yilgacha bo’ladi. Bola tug’ilishi bilan OITS birinchi simptomlari paydo bo’lguncha o’rtacha davr 4 oygacha bo’ladi. Ona OITS bilan kasallangandan keyin birinchi yilida homilador bo’lsa, homilaning homilaichi zararlanishi moyilligi yuqori bo’ladi.
OIV- infeksiyasining klinik tasnifi - (Pokrovskiy V.I, Pokrovskiy V.V., Yurik O.G., 2000y).
1. inkubasion bosqich;
2. birinchi klinik ko’rinishlari bosqichi
Kechish variantlari:
A -simptomsiz serokonversiya;
B - o’tkir OIV - ikkilamchi kasalliklarsiz infeksiya;
V - o’tkir infeksiya ikkilamchi kasalliklar bilan kechishi;
3. latent bosqichi;
4. ikkilamchi kasalliklar yuzaga chiqish bosqichi: A, B, V;
5. terminal bosqich.
OIVning asosiy klinik simptomi bola tug’ilganda tana vaznining kamligi, jismoniy va psixomotor rivojlanishdan orqada qolishi, uzoq muddatli bezgak, tarqoq limfoadenopatiya, gepatosplenomegaliya, atopik ekzema, diareya, residivlanuvchi bakterial va virusli infeksiya, embriogenez stigmlari (OITS- embriopatiya: gipertelorizm, yassi keng peshona, burun pachoqligi), teri va shilliq qavatlarning kandidozi, pnevmosistli pnevmoniya.
Bolalarga OITS tashhisini qo’yish kompleks yondoshishni talab etadi, kasallikga moyil guruhni aniqlash, asosiy klinik va laborator ko’rsatgichlarni aniqlash (OIVga qarshi sirkulyasiyalovchi antitanalarni - immunoferment usul IFA bilan aniqlash, qattiq fazali IFA, oxirgi xulosa - immunnobloting hisoblanadi, immunoglobulinlar va immunn komplekslar miqdorini aniqlash, sirkulyasiyalovchi T4-limfositlar (xelperlar) subpopulyasiyasini aniqlash, T4 (xelperlar) / T8 (supressorlar) munosabati koeffisientiga baqo berish, kasallangan bolalarda birdan kam bo’ladi (N 1,8 - 2,2), polimeraz zanjir reaksiyasiga (PSR) tekshirish o’tkaziladi.
OIV/OITSda bemor parvarishi:
OIV bilan zararlangan bolalarda parvarish xususiyatlari:
- bola organizmiga opportunistik infeksiyalar tushishini oldini olish;
- parvarish vaqtida bola terisi va shilliq qavatlarini zararlanishini oldini olish, chunki infeksiya qon orqali organizmga tarqalishi mumkin;
- oilaning boshqa a'zolari ishlatadigan buyumlardan chaqaloq uchun foydalanmaslik: qaychi, taroq va boshqalar.
- bolani parvarishlaydigan odam terisida tirnalgan yoki jaroqatlar bo’lsa, nam o’tkazmaydigan leykoplastir yopishtirish yoki qo’lqop bilan ishlash tavsiya etiladi.
Zamonaviy tibbiyot amaliyotida OITSni davolash murakkab vazifalardan biridir. Chaqaloqlarga virusga qarshi dori vositalaridan azidotimidin (zidovudin, AZT, retrovir) 0,9 -1,4 mg/kg/soatda qo’llaniladi (tomir ichiga uzoq vaqt tomchilab yuboriladi, davo kursi 4 - 6 haftagacha); ribavirin (virazol) sutkalik dozasi 6 - 10 mg/kg (aerozol, davo kursi 5 - 7 kungacha); foskarnet - 20 mg/kg (tomchilab, bir sutka davomida, davo kursi 14 - 21 kun); amfoterisin V - sutkalik dozasi 0,5 - 1,0 mg/kg (sxema bo’yicha, davo kursi 2 - 3 hafta, kurs dozasi 25 mg/kg, 5 - 6 hafta davomida, kurs dozasi 35 mg/kg).
Immunitetni tiklash uchun timalin, T-aktivin, interleykin - 2, dekaris, nukleinat natriya, turli xil antibiotiklar qo’llaniladi. Chaqaloqlarda OIV rivojlanish moyilligini pasaytirish maqsadida AZT (sirop ichishga 2 mg/kg, qar 6 soatda 6 hafta davomida) buyuriladi.
Nazorat savollari:
1. OIV abbreviaturasini aytib bering.
2. OITS nima
3. OIV ni yuqish yo’llarini ayting
4. Chaqaloqlarda infeksiyani yuqish yo’llarini ayting
5. OIV/OITS bilan kasallangan ayol bolani emizishi mumkinmi
6. OIV/OITS da qamshiralik jarayonini tuzing.
7. Bolalarda OITS ni asosiy klinik ko’rinishlari qanday
8. OITS bilan zararlanganbolada parvarish xususiyatlari
GLOSSARIY
Neonatologiya – uchso’zdantashkiltopgan: yunoncha «neos» — yangi, lotincha«natus»—tug’ilganvayunoncha «logos»—ta’limot, ya’niyangitug’ilganchaqaloqto’g’risidagita’limot.
Perinatologiya – tibbiyotning bir qismi bo’lib,homilaning28 haftasidan hayotining 7 kunligigachao’rganadi. Perinatologiya uch so’zning birikmasidan tashkil topgan: peri (yunoncha) — atrofida; natus (lotincha) — tug’ilish; logos (lotincha) — ta’limot.
Perinataldavr–uchta davrni o’z ichiga oladi:tug’ruqqachabo’lgan — antenatal, tug’ruq vaqtida — intranatal va tug’ruqdan keyingi — neonatal.
Tiriktug’ilganlik - homiladorlik davrining muddatidan qattiy nazar homilaning ona organizmidan to’liq chiqishi bo’lib, bunda homila nafas oladi yoki hayotning biron belgisi namoyon bo’ladi: yurak urishi, kindik pulsasiyasi yoki mushaklarning ixtiyoriy harakati.
O’liktug’ilish(o’liktug’ilganhomila) — homiladorlik davrining muddatidan qattiy nazar homilaning ona organizmidan to’liq chiqishidan oldin o’lishi bo’lib, bunda hayotning biron bir belgisi bo’lmaydi (yurak urishi, kindik pulsasiyasi yoki mushaklarning ixtiyoriy harakati).
Gestasiya yoshi – ohirgi hayzning birinchi kunidan tug’ish davrigacha bo’lgan to’liq haftalar soni.
Asfiksiya – tirik tug’ilganlikning boshqa belgilari bo’lishiga qaramay bolada tug’ilgandan keyin o’pkada gazlar almashinuvining yo’qligi
Apgar shkalasi – birlamchi asfiksiyaning og’irlik darajasini aniqlash uchun qo’llaniladi
Muddatida tug’ilgan chaqaloq– gestasiya muddatining 37 dan 42 haftasigacha bo’lgan vaqtda tug’ilgan bola (260–294 kun).
Chalatug’ilganchaqaloq– gestasiya muddatining to’liq bo’lmagan gestasiya muddatining 37 haftasidan (259 kun) to 22 (154 kun) haftasigacha, tana vazni 2500 dan 500 gr gacha, tana uzunligi 47(46) smdan kam tug’ilgan bola.
Muddatidan o’tib tug’ilgan chaqaloq – tana vaznidan qat’iy nazar, gestasiy muddati 42 haftadan (295 kun) oshib tug’ilgan bola
Arlekinsimptomi - tananing normal rangli qismi bilan qizargan qismi o’rtasidagi aniq chegaralovchi chiziq
Oddiyeritema — terining reaktiv qizarishi bo’lib, bolaning terisi tug’ruq moyidan tozalanganda paydo bo’ladi
Toksikeritema —bolahayotining 2-5 kunlaridaallergoid (80-85%) – noimmun yoki allergic reaksiya hisobiga (15–20%) markazidaeritematoz dog’ yoki pufakcha paydo bo’lishi
Tug’ruqjarohati- tug’ruq vaqtida bola organlari va to’qimalarining butunligining buzilishi bilan kechuvchi patologiyalar.
Kefalogematoma – mehanik jarohat turiga mansub bo’lib, bosh suyagining biron qismiga subperiostalqon quyilishi.
Tug’ruq o’smasi - bola tanasining qaysi qismi bilan tug’ilayotgan bo’lsa shu joyda paydo bo’ladi: boshida, yuzida, dumbasida, oyoq-qo’llarid yoki vacuum-ekstraktorqoyilgan joyda.
Adiponekroz– akusher yoki neonatology qo’li bilan bosgan joydapaydo bo’luvchi teriosti yog’ qavatining o’choqli aseptic nekrozi.
Terlatma(potnisa) –bola terisi yahshi parvarish qilinmaganda yoki isib ketgandapaydo bo’ladi.
Piodermiya— terining yiringli-yallig’lanish kasalligi.
Omfalit —kindik atrofidagi teri va teri osti yog’ qavatining yallig’lanishi.
Sklerеdema – son,boldir, oyoq yuzi, qov supachasi, genitaliy sohasida o’ziga hos shish bo’lib, keyinchalik teri va teri osti yog’ qatlamining qattiqlashishiga olib keladi.
Sklerema – teri va teri osti yog’ qoplamining og’ir kasalligi bo’lib, odatda chala tug’ilgan va kuchsislangan bolalarda hayotining birinchi haftasi so’ngida rivojlanadi.
Sepsis — yallig’lanish o’chog’i bo’lganda organizmning mahalliy va umumiy immunitetinig susayishi natijasida rivojlanuvchi umumiy og’ir infeksion kasallik.
Septizemiya — sepsisning aniq infeksiya o’chog’isiz kechuvchi shakli bo’lib, ko’pincha chala tug’ilgan bolalarda uchraydi.
Septikopiemiya – zararlangan a’zolarning belgilari bilan harakterlanadi.
Sariqlik – qonda va organizmning to’qimalarida bilirubinnig to’planishi bilan boruvchi sindrom bo’lib, teri, shilliq qavatlar va skleraning sariq rangi bilan harakterlanadi.
Ilovalar
Dubovis-Ballard
Nevrolik etuklikni bahlash
1971 yildaPetrussetuklikdarajasinibaholovchijadvalnitaklifqilganищэдшибunda 5 tatashqimorfologikbelgilarkeltirilgan:
Quloq chig’anog’i;
So’rg’ich oreolasining diametri;
Oyoq yuzining chiziqliligi;
Tashqijinsiya’zolar;
Teri rangi.
PETRUSS JADVALI
Belgilar
|
0
|
1
|
2
|
Teri
|
qizil, shishgan, yupqa
|
qizil, shishinqiragan
|
Розовая
|
Quloq chanog’i
|
Shakilsiz, yumshoq
|
Quloqgajaginingmavjudligivagajakqarshisiningyo’qligi
|
Твердая,
оформленная
|
Oyoq yuzining chiziqliligi
|
1–2 черты в дистальном отделе
|
distal qismning 1/2
|
Почти полностью
|
Ko’krak bezi
|
Pushti rangli nuqta
|
So’rg’ich oreolasining diametri
<5 mm
|
So’rg’ich oreolasining diametri
>5 mm
|
Tashqijinsiya’zolar
|
Moyaklar chov kanallarida
|
Moyaklar moyak haltasiga kirishda
|
Moyaklarmoyak haltasida
|
|
Kichikuaytlablarikattasidanustun, uyattirqishiochiq, klitorigipertrofiyalangan
|
Katta va kichik yuat lablari o’lchamlari teng
|
Katta uyat lablari kichik lablarini to’sib turadi
|
Har bir belgi 0 dan 2 balgacha baholanadi. Hosil bo’lgan yig’indi 30ga qo’shiladi. Olingan natija chaqaloqning morfologik etukligiga mos keladi. Agar bu ball gestasion yoshga teng bo’lsa, bola o’z gestasion yoshiga nisbatan etuk hisoblanadi. Hammachalatug’ilganchaqaloqlaretilmaganhisoblanadi.
Kam vaznli bola
5>
Do'stlaringiz bilan baham: |