Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

Daromadlar nazariyasi. Ishchilarning daromadlari, pul kapitali va 
yer  egalarining  daromadlari  to‗g‗risida  U.Petti  aytib  o‗tgan  qoidalar 
keyinchalik  klassik  iqtisod  maktabi  vakillarining  nazariy  izlanishlari 
uchun  asos  bo‗lib  xizmat  qildi.  U.Petti  ishchining  daromadi  sifatidagi 
ish  haqini  mehnatning  bahosi,  deb  hisobladi  va  uning  darajasini 
ishchining  yashashi  uchun  zarur  bo‗lgan  vositalar  minimumi  bilan 
ifodaladi.  U.Petti,  har  bir  ishchi  «yashash,  mehnat  qilish  va  ko„payishi 
uchun»  kerakli  narsani  olsa  bas,  degan  xulosaga  keldi.  Buni  u  nazariy 
jihatdan  isbotlab  bermoqchi  bo‗ldi:  agar  ishchiga  ko‗rsatilgan 
minimumdan ikki baravar ko‗p haq to‗lansa, u chog‗da ishchi ikki marta 
kamroq ishlaydi, bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy 
berilganini  bildiradi.  U.Pettining  ish  haqi  to‗g‗risidagi  mazkur  qoidasi 
«klassik  maktabning»  ko‗pchilik  vakillari  nazariy  tadqiqotlarining 
asosini  tashkil  etdi.  Masalan,  U.Pettidan  keyin  D.Rikardo  va  T.Maltus 
ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab, uni ishchining va 
uning oilasining yashashi uchun zarur bo‗lgan vositalar minimumi bilan 
bog‗lab tushuntirganlar. 
Tadbirkorlar  va  yer  egalari  daromadlari  U.Petti  o‗zi  umum-
lashtirgan  tushuncha  –  ―renta‖  sifatida  tavsiflanadi.  U  masalan, 
dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga 
ketgan  xarajatlar  o‗rtasidagi  farqni  renta,  deb  atagan  (ya‘ni  tuproq 


107 
unumdorligiga  bog‗liq  bo‗lgan  renta).  Ikkinchi  bir  misolda,  ssuda 
foizining 
kelib 
chiqish 
mohiyatini 
ko‗rib 
chiqqach, 
U.Petti 
soddalashtirib,  bu  ko‗rsatkich  ―ssudaga  beriladigan  pulga  sotib  olinishi 
mumkin  bo‗lgan  muayyan  yer  maydonidan  olinadigan  rentaga  teng‖, 
deb atadi. 
Yana  bir  joyda  yer  uchastkasining  bozorga  uzoq-yaqin 
joylashishidan  kelib  chiqadigan  renta  shakli  ko‗rsatib  beriladi.  Aholi 
yashash  joylariga  yaqin  joylashgan  yer  uchastkalaridan  nafaqat  yuqori 
renta  olinadi,  balki  yillik  renta  summasi  ham  boshqa  xuddi  shunday 
unumdor,  lekin  aholi  turar  joylaridan  ancha  uzoq  bo‗lgan  yerlarga 
nisbatan ko‗p bo‗ladi. 
Shu  bilan  U.Petti  yer  bahosini  aniqlash  bilan  bog‗liq  bo‗lgan 
muammoni  yechib  berishga  uringan.  Lekin  bu  yerda  ham  olim  mazkur 
muammoni hal etishda yuzaki yondashdi. Uningcha, yerning bahosi bir 
yillik  muayyan  miqdordagi  rentaga  teng  bo‗lishi  kerak.  Ammo  u  bu 
miqdorni  ilmiy  jihatdan  aniqlab  bera  olmadi,  ya‘ni  yerning  bahosini 
keltirib  chiqarish  uchun  bir  yillik  rentani  ko‗paytirish  mumkin  bo‗lgan 
sonni topa olmadi.  
 
Shu  bilan  birga  uning  yer  bahosini  aniqlashdan  kelib  chiqadigan 
ssuda  kapitali  bilan  yerdan  olinadigan  yillik  renta  o‗rtasidagi  o‗zaro 
bog‗liqlik g‗oyasi iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida ijobiy rol o‗ynadi. 
Buni  keyinchalik  K.Marks  qayd  qilib  o‗tadi.  Ma‘lum  ma‘noda  xuddi 
shunday  fikr  Y.Shumpetrning  iqtisodiy  qarashlarida  ham  uchraydi. 
Uningcha, birorta kapitalist yer uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi 
mumkin  bo‗lgan  rentaga  teng  foiz  keltirishi  mumkin  bo‗lgan  pul 
summasidan yuqori ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta yer 
egasi o‗z uchastkasini undan olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul 
summasidan  kamiga  sotmaydi.  Ammo  u  o‗sha  summadan  ko‗pini  ham 
ololmaydi,  negaki  bunday  summani  to‗lashga  rozi  bo‗lgan  kapitalistga 
birdaniga juda ko‗p yer uchastkalari taklif qilinadi.  
Uilyam Petti hayoti davomida faqatgina bitta asarini chop ettirgan, 
biroq  o‗limidan  so‗ng  10  yil  davomida  qolgan  4  ta  kitobi  ham  nashr 
etilgan.  Bu  kitoblar  ko‗proq  traktatlar  bo‗lib,  izchil  tuzilmaga  rioya 


108 
qilinmagan 
edi. 
Petti 
to‗quvchilar 
oilasida 
tug‗ilgan 
bo‗lib, 
kambag‗allikni  boshidan  kechirgan  yorqin  olim  edi,  u  15  yoshigacha 
navigatsiya, geometriya, arifmetika, lotin, grek, fransuz tillarini o‗rganib 
bo‗lgan  edi.  Uilyam  Petti  dengizchi,  fizik,  kashfiyotchi  va  eng  muhimi 
iqtisodiy  o‗zgaruvchanlik  o‗lchovi  mavzusini  yoqlagan  birinchi 
iqtisodchi  sifatida  faoliyat  ko‗rsatib,  hayoti  so‗nggida  nihoyatda  boyib 
ketgan.  Uning  iqtisodiy  qaydlari  umumiy  traktatlar  emas  edi,  ular 
Uilyamning amaliy qiziqishlari natijasi edi, jumladan ular soliq siyosati, 
pul va o‗lchov masalalariga bag‗ishlangan edi. 
Pettining  Siyosiy  Arifmetikasi  1676-yilda  yozilgan  bo‗lsa-  da, 
1690 – yilga qadar chop etilmagan. U siyosiy arifmetika metodologiyasi 
yangilik kiritayotganini anglab yetgan edi.  
Buni  amalga  oshirish  uchun  biroz  noan‟anaviy  usuldan  foydalanaman. 
Nisbiy  va  absolyut  so„zlarni,  intellektual  ta‟kidlarni  ishlatishdan  ko„ra 
men… son, og„irlik va o„lchovlar orqali tushuntiraman, sezgilarga ta‟sir 
qiluvchi ta‟kidlarnigina ishlatish va faqat shunday sabablarni o„rganish 
tabiiy asoslarga ega
12

U  hayoti  davomidagi  va  undan  oldingi  falsafiy  o‗zgarishlardan 
chuqur ta‘sirlangan. Aristotel va sxolastlar o‗z tahlillarini faqatgina so‗z 
orqali  ifoda  etardilar,  lekin  Dekart,  Gobbs  va  Bekonlar  ilmiy  fanga 
induksiya, empiritsizm va matematikani olib kirdilar.  
U.  Petty  ijtimoiy  voqealarni  o‗lchashda  statistik  usullarni 
qo‗llashni ochiqchasiga ma‘qullagan birinchi olim bo‗lgan bo‗lsa kerak. 
U aholi sonini, milliy daromadni, eksportni, importni va xalqning asosiy 
jamg‗arilgan  kapitalini  o‗lchashga  harakat  qilgan.  Uning  uslubi  haddan 
tashqari  xom  bo‗lib,  Adam  Smitning  siyosiy  arifmetikadan  kam 
foydalanganligini ko‗rsatar edi.  
U.  Petti  o‗z  tahlili  va  siyosiy  xulosalaridan  oddiy  merkantilist 
bo‗lib  ko‗rinsa  ham,  keyinchalik  uning  xulosalari  iqtisodiy  nazariya  va 
ijtimoiy fanlarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. 
 
                                                           
12
 Sir William Petty, The Economic Writings, 2 vols., ed. C. H. Hill (London: Cambridge University Press, 1899), I, 
244-b. 


109 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish